INFEKSION JARAYONIGA TEGISHLI TUSHUNCHALAR
Infeksiya manbayi turli yo‘llar bilan yuqib, kasallikka sabab
bo‘ladi:
1. Kontakt yo‘l (bevosita, bilvosita, qo‘llardan, buyum-
lardan). Kontakt yo‘l orqali asosan pedikulyoz, gonoreya, zaxm,
jarohat infeksiyasi, ichak infeksiyalari, gepatit A yuqadi.
2. Havo-tomchi yo‘li. Meningokokk meningiti, gripp, bo‘g‘-
ma, suvchechak, sil, qizamiq va boshqalar shu yo‘l bilin yuqadi.
3. Transmissiv yo‘l (qon orqali, bemorning qoni tekkan jihoz-
larni ishlatganda, hasharotlar chaqqanda) OITS, gepatit B, virusli,
gemorragik lixoradkalar va boshqalar shu yo‘l bilan yuqadi.
4. Tirik tashuvchi orqali. Brutsellyoz, kuydirgi, quturish va
boshqa kasalliklar shu yo‘l bilan yuqadi.
Har doim odamda infeksiya agenti ta’sirida kasallik kelib
chiqavermaydi. Odamning infeksiyaga moyilligi quyidagi fak-
torlarga bog‘liq:
Do'stlaringiz bilan baham: |