S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/179
Sana04.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#164258
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179
Bog'liq
Bairova-BEMORLAR BILAN ISHLASH

 
TAYANCH IBORALAR 
 
1.  Patronaj  fransuzcha  (patron  –  homiy,  homiylik)  tibbiy 
ijtimoiy yordam turi bo‘lib, uyda amalga oshiriladi. 
2.  Uydagi patronaj – shaxs va uning oilasiga uyda bevosita 
va maishiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy faoliyatdir.  
3.  Axloq – bu odamlarning jamiyatdagi o‘zlarini tuta bilish 
qoidalari bo‘lib, jamoaning hayot tarziga va jamiyatning iqtiso-
diy rivojlanishiga o‘zaro bog‘liqdir. 
4.  Burch  –  odamlarga,  jamiyatlarga  nisbatan  o‘z  majbu-
riyatlarini bajarishdir. 
5.  Javobgarlik  –  tibbiy-ijtimoiy  xodimning  o‘z  vazifasini 
bajarish  davomida  o‘z  zimmasidagi  majburiyatlarni  to‘la  ado 
etish bilan ifodalanadi. 
6.  Qadr - qimmat – bu o‘z kasbini ijtimoiy anglashi, kasbi-
ga bo‘lgan muhabbati, o‘z kasbidan g‘ururlanishi bilan birga o‘z 
kasbiy bilimlarini, ish malakasini doimiy oshirishga intilishidir. 
7.  Vijdon  –  bu  kishilarning  ichki  axloqiy  o‘z-o‘zini  angla-
shi,  o‘z  xulqi  uchun  javobgarlikni  his  qilishi,  o‘z  fikriga, 
tuyg‘ulariga  va  xatti-harakatlariga  jamiyat  tomonidan  amal 
qilinadigan axloq normalariga nisbatan baho berishidir. 
8.  Nomus  –  umumiy  ma’noda  kishining  ijtimoiy  ahami-
yatini,  ongliligini,  ya’ni  o‘z  obro‘si  va  shuhratini,  o‘z  qadr-
qimmatini saqlashga intilishini ifodalaydi. 
9.  Tibbiy  deontologiya  –  (grekcha  deon,  deontos  –  zarur, 
lozim  bo‘lgan)  tibbiy  xodimlarning  kasbiy  majburiyati  haqidagi 
fandir. 
10. Etika – (grekcha ethos– an’anaviy yurish - turish, axloq) – 
falsafiy fan bo‘lib, axloq va axloqiy muammolarni o‘rganadi.  
11.  Egogeniya  –  bemorning  o‘ziga  salbiy  ta’sir  ko‘rsati-
shidir.  Bu  kasallik  sabablarini  bo‘rtirib  ko‘rsatish,  tushkunlikka 
tushish va boshqacha ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.  
12. Egrotegiyeniya – bemorlarning bir - biriga salbiy ta’siri 
bo‘lib, shifoxona sharoitida juda katta ahamiyatga ega. 


132 
13.  Yatrogeniya  –  tibbiyot  xodimlarining  noto‘g‘ri  xatti  - 
harakatlari  yoki  munosabatlaridan  keyin  kelib  chiqadigan  ho-
latlar  (natijada  kelib  chiqadigan  kasalliklar  yatrogen  kasalliklar 
deyiladi). 
14.  Yatropsixogeniya  –  bemorning  ruhiy  holatiga  ta’sir 
etuvchi noxush holatlar. 
15.  Yatrofarmokogeniya  –  dorilar  bilan  davolash  davomida 
ularning bemor organizmiga salbiy ta’sir etishi.  
16.  Yatrofiziogeniya  –  davolash  tadbirlarini  bemor  salo-
matligiga noxush ta’sir qilishi. 
17.  Kasbiy  jinoyatlar  –  tibbiy  xodimning  beixtiyor  yoki 
atayin bemor salomatligiga, hayotiga zarar keltirishidir. 
18.  Tug‘ilish  –  yil  davomida  tug‘ilganlar  sonining  1000 
aholi  soniga  olingan  nisbati  bo‘lib,  hozirgi  kunda  bu  nisbat  15 
dan 25 foizgacha o‘zgarib turadi.  
19.  O‘lim  –  yil  davomida  o‘lganlar  sonining  1000  aholi 
soniga olingan nisbati bo‘lib, hozirgi kunda bu nisbat 9 dan 15 
foizni tashkil qiladi.  
20.  Kasallanish  –  aholi  salomatligining  izdan  chiqish 
hollari. 
21. Turmush tarzi – insonning hayotdagi yashashi, mehnat 
qilishi,  dam  olishi,  davolanishi  va  boshqalarni  o‘z  ichiga  olgan 
tushuncha. 
22.  Bilish  –  bemorning  tashqi  muhitdan  olgan  bilimlarini 
taassurotlari yordamida tahlil qilishi, fikr qilishidir. 
23.  Emotsional  –  shaxsning  emotsional  xususiyatlarini: 
ta’sirchanlik, qo‘rslik, ochiqlik va boshqalarni ifodalaydi. 
24.  Psixomator  soha  –  shaxsning  nerv  -  ruhiy  va  somatik 
kasalliklar  natijasida  kelib  chiqadigan  psixomator  rivojlanish 
darajasini, umumiy holatini shaxs kayfiyati, sezgilari va harakat 
faolligiga ta’siridir. 
25.  Ijtimoiy-ruhiy  soha  –  shaxsning  fuqorolik  dunyo-qara-
shini, uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini, ya’ni ongini, o‘z-
o‘ziga  baho  berishi,  o‘qitishga  nisbatan  tirishqoqligini  aks 
ettiradi. 
26.  Faol  eshitish  nafaqat  nima  deyilayotganiga  e’tibor 
berish, balki qanday aytilayotganiga e’tibor berish demakdir.  


133 
27.  Asosiy  insoniy  ehtiyojlar  –  insonning  tirikligini  ta’min-
lab  beruvchi  va  salomatligini  saqlashga  qaratilgan  omillarga 
bo‘lgan  ehtiyojlari  bo‘lib,  fiziologik  va  psixologik  (ruhiy) 
ehtiyojlarni birlashtiradi.  
28. Asosiy fiziologik ehtiyojlar – yashash uchun zarur bo‘l-
gan – nafas olish, ovqatlanish, uyqu, dam olish, harakatlanish, 
fiziologik ajratmalarni chiqarish, tana haroratini normal saqlash, 
jinsiy faoliyat va boshqalar ko‘zda tutiladi.  
29.  Psixologik  (ruhiy)  ehtiyojlar  –  deganda  inson  hayot 
faoliyati  davrida  shakllangan  va  insonning  shaxsiy  fazilatlarini 
ifodalaydigan ehtiyojlar tushuniladi. 
30.  Universal  ehtiyojlar.  Turli  yosh  va  turli  sharoitdagi 
barcha  kishilar  uchun  umumiy  bo‘lgan  ehtiyojlar  bo‘lib,  bu 
ehtiyojlar  o‘zini  -  o‘zi parvarish  qilish jarayonida  hosil  bo‘ladi, 
har bir  odamning  hayot  tarziga  xosligi bilan  ajralib  turadi.  Har 
qanday  sharoitda  insonda  asosiy  fiziologik  ehtiyojlar  birinchi 
darajada ahamiyat kasb etadi.  
31. Asosiy fiziologik ehtiyojlar deganda yashash uchun zarur 
bo‘lgan  –  nafas  olish,  ovqatlanish,  uyqu,  dam  olish, 
harakatlanish,  fiziologik  ajratmalarni  chiqarish,  tana  haroratini 
normal saqlash, jinsiy faoliyat va boshqalar ko‘zda tutiladi.  
32.  Psixologik  (ruhiy)  ehtiyojlar  deganda  inson  hayot 
faoliyati  davrida  shakllangan  va  insonning  shaxsiy  fazilatlarini 
ifodalaydigan ehtiyojlar tushuniladi.  
33. Model – andoza, biror g‘oyani bajarish uchun namuna.  
34. Muloqot – bu so‘z, imo - ishoralar yoki belgilar yorda-
mida aniq bir mavzu bo‘yicha ma’lumot yoki fikr almashishdir. 
Muloqot juda ko‘p odamlar uchun ajralmas ehtiyoj hisoblanadi. 
35.  Yopiq  savollar  –  qisqa  va  aniq  javoblarni  (ko‘pincha 
«ha» va «yo‘q» javoblari) talab qiladi va asosan suhbat boshida 
qo‘llanilishi ma’qul hisoblanadi. 
36.  Ochiq  savollar  –  uzunroq  va  o‘ylashni  talab  qiladi. 
Hissiyotlar va xavotirlarni tushuntirib berishga imkon beradi.  
37.  Tekshiruvchi  savollar  –  avval  aytilgan  tasdiqni  tushun-
tirib  beradi.  Suhbat  davomida  bemorni  tushungan  tushunma-
ganingizni  aniqlab,  qo‘shimcha  ma’lumotlar  olish  imkoniyatini 
beradi.  


134 
38.  Rag‘batlantirish  –  bemorda  o‘z  -  o‘ziga  ishonch  hosil 
qilish  bo‘lib,  rag‘batlantirish  yordamida  bemor  o‘z  muammo-
larini o‘zi hal eta olishiga ishonchingizni bilidirish demakdir. 
39. Mimika – yuz muskullarining harakati.  
40. Jestika – tana o‘zgarishi, gavda tuzilishi, yurish, qo‘l ho-
lati, silab-siypalash, itarish kabi butun tananing harakatlanishidir.  
41.  Infeksiya  (lotincha  infectio  –  ifloslanish,  yuqish  degan 
ma’noni  anglatadi)  –  bu  kasallik  tug‘diruvchi  mikroorganizm-
larning  organizmga  kirishi  bo‘lib,  bunda  organizm  bilan  ular 
orasida murakkab jarayonlar majmuyi rivojlanadi. 
42.  Infeksion  jarayon  –  bu  ma’lum  tashqi  muhit  sharoit-
larida  kasallik  qo‘zg‘atuvchilar  ta’siriga  javoban  organizmda 
yuzaga  keladigan  fiziologik  himoya  va  patologik  reaksiyalar 
majmuyidir.  
43. Yuqumli kasallik – bu biologik, kimyoviy, klinik va epi-
demiologik  tartibdagi  o‘zgarishlar  va  turli  belgilar  shaklida 
yuzaga  keladigan  infeksion  jarayon  rivojlanishning  eng  oxirgi 
davridir.  
44. Dezinfeksiya – obyekt, muhit, jihozlardagi yuqumli ka-
sallikni  chaqiruvchi  mikroorganizmlarni  yo‘qotishga  qaratilgan 
chora-tadbirlardir.   
45. Profilaktik dezinfeksiya – hali kasallik kelib chiqmagan 
joyda olib boriladigan dizenfeksiyaga aytiladi (xonalarni tozalab 
turish,  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  amal  qilish,  jamoat  joylari, 
uy va hovlilar tozaligini saqlash va hokazolar). 
46.  O‘choqdagi  dezinfeksiya  –  yuqoridagi  ishlar  bajarilma-
ganligi  natijasida  kasallik  kelib  chiqqan  joyda  o‘tkaziladigan 
tadbirlarga aytiladi.  
47.  Mexanik  usullarga  xona  va undagi  buymlarni ho‘l  latta 
bilan artish, kiyim-kechak va ko‘rpa - yostiqlarni qoqish, chang 
yutqich  bilan  tozalash,  xonani  shomollatish,  oqlash,  bo‘yash, 
qo‘lni yuvish va boshqalar kiradi. Bu usulda 50–70% mikroblar 
bartaraf etiladi  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish