S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/179
Sana04.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#164258
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179
Bog'liq
Bairova-BEMORLAR BILAN ISHLASH

 
Nazorat savollari: 
 
1.  Termoregulatsiya qanday jarayon? 
2.  Normada  bo‘shliq  va  sohalardagi  haroratning  ko‘rsat-
kichlarini ayting. 


106 
3.  Isitma deb nimaga aytiladi? Isitma turlarini ayting. 
4.  Puls  deb  nimaga  aytiladi?  Puls  qaysi  sohalarda  o‘lcha-
nadi? 
5.  Normada nafas harakatlarining soni nechta bo‘ladi? 
6.  Arterial bosim qanday usulda o‘lchanadi? 
7.  Suv  balansi  qanday  aniqlanadi?  Sutkalik  siydik  qanday 
yig‘iladi? 


107 
 
BEMORLARNI OVQATLANTIRISH 
 
Ratsional  ovqatlanish  miqdor  va  sifat  jihatidan  to‘la  qim-
matli, bir me’yordagi tartibga asoslanib, sog‘lom odamning jin-
sini,  yoshini,  mehnat  turini  va  boshqa  omillarni  hisobga  olgan 
holda ovqatlanish bo‘lib, odam organizmining hayot faoliyatini, 
qobiliyatini,  tashqi  muhitning  salbiy  omillariga  nisbatan  chi-
damini va yuksak himoya qobiliyatini ta’minlaydi. Odam ovqat-
ga  bo‘lgan  ehtiyojini  odatda  oziq-ovqat  moddalari  aralashmasi: 
oqsillar,  yog‘lar,  uglevodlar,  vitaminlar,  mineral  tuzlar  va  suv-
dan iborat mahsulotlar hisobiga qondiriladi.  
 
Bemorning  kuch  va  holatiga  qarab,  ovqatlanish  uch  xil 
bo‘ladi:  Faol,  sust  va  sun’iy.  Bemor  mustaqil,  birovning 
yordamisiz ovqatlanishi faol ovqatlanish deyiladi. Boshidan og‘ir 
kasalliklarni  kechirgan,  quvvatsizlanib  qolgan  zaifligi,  holatiga 
qarab  birovning  yordamida  ovqatlanishiga  sust  ovqatlanish 
deyiladi.  Ovqatni  yuta  olmaydigan,  hushsiz  yoki  ovqatlanishni 
o‘zicha istamagan (ruhiy kasallar)lar sun’iy ovqatlantiriladi.  
Bemorlarni  ovqatlantirish  uchun  kerak  bo‘ladigan  asboblar 
turlicha  bo‘ladi.  O‘tirib  o‘zi  ovqatlana  oladiganlar  uchun  past-
gina oddiy stolcha bemorning oyog‘i ustidan krovatga qo‘yiladi. 
Bemor  o‘tirib  stolchada  ovqatlanishi  mumkin.  Tibbiy-ijtimoiy 
xodimning yordamiga muhtoj bo‘lgan bemorlarni ovqatlantirish 
vaziyati, ularning kuch va ahvoliga qarab turlicha bo‘ladi. Og‘ir 
bemorlarni ovqatlantirishdan oldin xonani ovqat-lantirish uchun 
tayyorlash  kerak,  ya’ni  o‘tkir  hidli  dori  moddalarni  va  kerak 
bo‘lmagan  shaxsiy  gigiyena  ashyolari  olib  qo‘yib,  xonani  sha-
mollatish kerak. Bemorni ovqatlantirish uchun qo‘llarini yuvib, 
ovqatlanish  haqidagi  fikrini  bilib,  uni  o‘z  hissiyotlarini  yen-
gishiga  ruhan  ko‘mak  beriladi.  Bemordan  qay  tartibda  ovqat-
lanmoqchiligini  so‘raladi  va  issiq  mahsulotlarni  bilakning  ichki 
tomoniga  bir  necha  tomchilab  haroratini  nazorat  qilinadi.  Yo-
toq  tartibdagi  bemorlarni  ovqatlantirish  uchun  qulay  vaziyat, 
ya’ni yarim o‘tkazib ko‘krak va bo‘yin qismiga sochiq yoziladi. 
Chap qo‘l bilan boshini yostig‘i bilan ko‘tariladi, o‘ng qo‘l bilan 


108 
uning  og‘ziga  qoshiqdan  yoki  maxsus  choynaksimon  idishdan 
oz-ozdan  ovqatlantiriladi  (kichik  qultumlar  bilan).  Ovqatlanib 
bo‘lgandan  so‘ng  bir  oz  suv  berib  og‘zini  chayishni  so‘raladi. 
Ko‘kragidan  salfetkani  olib  tashlab,  qulay  holatda  yotishga 
yordam beriladi. 
Ovqatni  qat’iy  ravishda  belgilab  qo‘yilgan  vaqtda  iste’mol 
qilish lozim. Issiq taomlar harorati 60
0
C dan, sovuq taomlarniki 
10
0
C  dan  oshmasligi  karak.  Ovqatni  yaxshilab  chaynab  yutish 
uning hazm bo‘lishida katta ahamiyatga ega. 
Davolovchi ovqatlanish (diyetoterapiya) barcha kasalliklarda 
davolash  chora-tadbirlarini  umumiy  rejasida  ajratib  bo‘lmay-
digan,  hal  qiluvchi  qismi  hisoblanadi.  Diyetoterapiya  –  parhez 
taomlar  bilan  davolash  demakdir.  Parhez  rejimi  kasallikning 
xarakteri,  uning  bosqichi,  bemorning  holati  va  individual 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
 
Davolovchi 
ovqatlanish 
(dietoterapiya) 
tayinlaganda 
quyidagilar aniqlanadi: 
– sifatli mahsulotlarni va ularning miqdorini; 
–  taomnomaga  ishlov  berish  qoidalarini  (qaynatish, 
bug‘lash); 
– ovqatlanish tartibi (vaqti va soni). 
Parhez  –  bemorga  davolash  usuli  sifatida  yoki  kasallik 
asoratlarining  oldini  olish  maqsadida  tuziladigan  ratsion  va 
ovqatlanish  tartibidir.  Davolovchi  ovqatlanish  (dietoterapiya) 
uchun quyidagi maxsus parhez stollari ishlab chiqilgan: 
1 – parhez me’da kasalliklarida; 
2 – parhez surunkali me’da, ichak kasalliklarida; 
3 – qabziyatlarda; 
4  –  parhez  o‘tkir  enterkolit,  surunkali  kolitning  o‘tkir 
davrida; 


109 
5 – parhez jigar kasalliklarida; 
6 – parhez podagra va uratli diatezda; 
7 – parhez buyrak kasalliklarida; 
8 – parhez semizlikda; 
9 – parhez qandli diabetda; 
10 – parhez yurak qon - tomir kasalliklarida; 
11 – parhez sil, umumiy ozib ketishda; 
12 – parhez asab sistemasi kasalliklarida; 
13 – parhez o‘tkir yuqumli kasalliklarda; 
14  –  parhez  siydikning  kislotali  reaksiyalari  va  fosfatu-
riyada; 
15  –  parhez  maxsus  parhez  stollari  talab  qilinmaganda 
tayinlanadi. 
Bemorni  ovqatlantirishda  tibbiy-ijtimoiy  xodim  bemorning 
ishtahasi  pasayishi  yoki  o‘z  ehtiyojlaridan  ortiq  ravishda  ovqat 
iste’mol  qilishi,  ovqatlanishi  haqida  yetarli  ma’lumotga  ega 
bo‘lmasligi kabi muammolarga duch kelishi mumkin.  
Bunday  hollarda  u  bemorga  ovqatlanishda  yordam  berishi, 
bemorni  moslashtirilgan  ovqatlanishga  o‘rgatishi,  bemor  va 
uning  qarindoshlariga  parhezga  rioya  qilish  va  ratsional  ovqat-
lanish haqida tavsiyalar berishi kerak. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish