PanEdit
tanlanadi va
Unpanorama Editor
ilovasi ishga tushiriladi;
- Windows direktoriyasidagi dastur va
Panedit.ini
fayli o’rnatilgan
direktoriya olib tashlanadi.
Elektron kalitlardan foydalanish tartibi.
Elektron kalit – bu
ma’lumotlarni yashirincha foydalanishlardan himoyalash uchun qo’llaniladigan
qurilmadir. U kompyuterning parallel portiga printer bilan birga qo’shib ulanadi va
printer ishiga halaqit bermaydi, sababi, u printerga ochiq. Elektron kalit parallel
port orqali Centronix standartidan boshqa (masalan, Fastwire, LapLink va boshq.
turdagi tizimlar) ma’lumotlarni almashishni amalga oshiradigan kommunikatsiya
tizimlari uchun yopiq.
Kompyuterga elektron kalit «вилка» turidagi, printer esa «розетка» turidagi
ulagichlar yordamida ulanadi. Kalitlarni (3tagacha) kaskad shaklida, ya’ni
birovini-biroviga ketma-ket ulash ham mumkin. Bunda uchta kalit ham
foydalanish uchun tayyor bo’ladi.
Ma’lumotlarni himoyalash, ma’lumotlardan faqat elektron kalit kompyuter-
ga ulangandagina foydalanish mumkin degan tamoyil bo’yicha amalga oshiriladi.
158
Elektron kalit oddiy elektron qurilma bo’lganligi uchun ham, noto’g’ri
foydalanish oqibatida ishdan chiqishi mumkin.
Elektron kalitni kompyuterga ulash.
Agar kompyuterda bir necha parallel
port bo’lsa, elektron kalit ularning xoxlagan biriga ulanishi mumkin. Elektron kalit
faqat kompyuter o’chirilgan holatidagina ulanishi kerak.
Elektron kalit faqat Centronix standart interfeysiga ulanishga mo’ljallangan.
Parallel portlari boshqa standartlar bo’yicha ishlangan kompyuterlar elektron kalit
bilan to’g’ri ishlamaydi. Bu shuni bildiradiki, bunday kompyuter unga shunday
nostandart interfeysli printerni ulashga mo’ljallangan. Shuni e’tirof etish kerakki,
amalda, MDH davlatlarida foydalanilayotgan barcha kompyuterlar Centronix
standartida ishlangan parallel portlarga ega, demak, bu sababli, muammolar kelib
chiqmaydi. Quyida parallel portlari interfeyslari NOVEX Key elektron kalitlaridan
foydalanishga yaroqsiz kompyuterlar keltirilgan:
-NEC PC-9800 rusmli;
- Fujitsu FMR rusmli.
Windows tizimida elektron kalitlarning normal ishlashi uchun qo’shimcha
drayver ulanishi kerak. Uni o’rnatish uchun INSTDRV.EXE dasturini bajarishga
qo’shish kerak. INSTDRV.DOC – drayverini qo’shish bo’yicha ko’rsatmani
oldindan o’qish kerak.
Printerni kompyuterga ulangan elektron kalitga ulash faqat kompyuter va
printer o’chirilgan holatda amalga oshirilishi kerak, aks holda nafaqat elektron
kalit, balki kompyuterning parallel porti ham ishdan chiqishi mumkin.
Elektron kalitni har qanday mexanik ta’sirdan (tushib ketish, chayqalish,
qaltirash va sh.o’.) hamda yuqori va past temperatura, agressiv muhit ta’sirlaridan
saqlash kerak. Ularning barchasi elektron kalit elementlari sinishiga sabab bo’lishi
mumkin.
Elektron kalit kompyuterga ortiqcha kuch ishlatmasdan ulanishi kerak.
Bunda ulanish to’la, hech qanday qiyshayishlar, chala ulanishlar bo’lmasligi kerak.
Elektron kalitga chang, iflosliklar, suv va sh.o’. tushmasligi kerak. Agar elektron
159
kalit ulamalari ifloslangan bo’lsa, ulash oldidan ularni tozalash choralari ko’rilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |