S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi


Eski o’zbek tilida unli va undoshlar taraqqiyoti



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/67
Sana30.04.2022
Hajmi1,4 Mb.
#599340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
тарихий грамматика

Eski o’zbek tilida unli va undoshlar taraqqiyoti 
 
Reja: 
 
1.
 
Eski o’zbek tilida unlilar tizimi. 
2.
 
Eski o’zbek tilida unlilar cho’ziqligi. 
3.
 
Undoshlar tizimi. 
4.
 
Tovushlar uyg’unligi. 
Eski o’zbek tilidagi, umuman, o’zbek tili tarixida qo’llangan unlilarning 
miqdorini belgilash masalasi munozaralidir. Tadqiqotchilarning unlilarni aniqlash 
borasida turli tamoyillarni- unlilarning old qator-orqa qator, cho’ziq-qisqalik 
xususiyatlarini asos qilib olishi natijasida ularning miqdorini ayni bir xil belgilash 
uchun qiyinchilik tug’dirib keldi. Til tarixiga oid ilmiy ishlarda eski o’zbek tilida 
6ta, 8ta, 9ta unlining mavjud bo’lganligi haqida fikrlar uchraydi. 
Eski o’zbek tilidagi turkiy so’zlarda singarmonizm qonunining amal qilishi
hozirgi o’zbek shevalarida kontrast juft unlilarning saqlanib qolishi eski o’zbek 
tilida 9ta unli, arabcha, forscha so’zlardagi ā unlisining eski o’zbek tilidagi o’rni 
qat’iyligini hisobga olganda 10 ta unli mavjud bo’lgan degan xulosaga kelish 
mumkin.
SHunday qilib, eski o’zbek tilida 10 ta unli fonema bo’lib, ular quyidagilar: 
a,ә,o,ө,u,ү,i,ы,e,ā
.
Unlilar xarakteristikasi: 
a- 
umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan. Manbalarda 
alif
bilan 
beriladi, ayrim qisqa bo’g’inlarda harfiy ifodaga ega bo’lmaydi. 
ā- arab, fors tilidan o’zlashgan so’zlarda qo’llanadi, orqa qator, quyi-keng, 
lablangan. YOzuvda har doim harfiy ifodaga ega va 
alif
bilan berilgan. 
ә-
aksariyat turkiy tillarda mavjud, old qator, quyi-keng, lablanmagan. 
Manbalarda 
alif
bilan beriladi, qisqa bo’g’inlarda 
alif
ifodalanmasligi ham 
mumkin. 
e
- turkiy tillarda keyin paydo bo’lgan va 
i
old qator unlisining varianti sifatida 
vujudga kelgan. Eski o’zbek tilida mustaqil unli sifatida qatnashadi, kontrast 
juftligi yo’q, old qator, o’rta-keng, lablanmagan unli, yozuvda so’z boshida 
alifu 
yoy 
bilan, so’z o’rtasi va oxirida
yoy
bilan yoziladi. Ayrim yodgorliklardagi qisqa 
bo’g’inda harfiy ifodaga ega bo’lmasligi mumkin. 
i- 
umumturkiy, old qator, yuqor-tor, lablanmagan. Harfiy ifodasi 

unlisiga 
aynandir. 
ы- 
umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan, harfiy ifodasi 

unlisi 
bilan aynandir. 
o- 
umumturkiy, orqa qator, o’rta-keng, lablangan. So’z boshida 
alifu vov
, so’z 
o’rtasi va oxirida 
vov
bilan berilgan. 


11 
ө- 
umumturkiy, old qator, o’rta-keng, lablangan. Harfiy ifodasi 
o
bilan 
aynandir. 
u- 
umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi 
o
unlisi 
singaridir. 
ү- umumturkiy, old qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi 
o,ө,u 
unlilari 
bilan o’xshash. 
Bu unlilar o’rni bilan birlamchi va ikkilamchi cho’ziqliklarga ega bo’ladi. 
Ular xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, uch xil xususiyatiga ko’ra tasnif qilinadi: 
I. Tilning gorizontal harakatiga ko’ra: 
1.Old qator(til oldi, yumshoq) unlilar: ә
,i,ү,ө,e. 
2. Orqa qator(til orqa, qattiq) unlilar: 
a,ы,u,o,ā.
II. Tilning vertikal holatiga ko’ra: 
1.
YUqori(tor): ү
,u,i,ы.
2.
 
O’rta(keng): ө

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish