Tayanch so’zlar:
Sifat, tovar, vazifa, maqsad, me’yoriy, obekt, tavsiya, metrologiya, standart,
unifikastiya, rag’bat, ISO, ASMO, KOPANT, GOST, andoza, sifat, miqdor,
norma, texnik tovar, vazn, atama, chidamlilik.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Tovarlarning raqobatdoshligining xalq xo’jaligidagi ahamiyati?
2.
Tovarlarning asosiy raqobatdoshlik mezonlarini sharxlab bering?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari I.A.Karimov. - T:O’zbekiston, 2009-56 b.
2. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish -
davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi
ma’ruzasi. “Xalq so’zi”, 2009 yil 14 fevral.
3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - xayot xaqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston,
2009. - 24 b.
4. Mirazamov. M.A "Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks sistemalari"
Toshkent 2001 yil.
5. Stunst. Ya "Ekonomika i kachestvo" Toshkent 2003 yil.
6. Postushenko. L. L "Standartizastiya i kachestvo produkstii na promishlennogo
predpriyatiyax". Kiev 1998 god.
2.10. Sertifikatsiyalash talablari bo’yicha tovarlarni ishlab chiqarishda sifat
ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablar
2.10.1 Tovarlarni ishlab chiqarishda sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish.
2.10.2. Tovarlarni sifatini standart usullarda aniqlash.
216
2.10.1 Tovarlarni ishlab chiqarishda sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish
Mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rejalashtirish va uni amalga oshirish
ishlab chiqarishdagi doimiy ishlar hisoblanadi. Tovarlarni ishlab chiqarilishini
rejalashtirishda doimo ishlab chiqarishni va iste’molchilarni talabini o’rganib
borishni davlat miqyosida amalga oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlariga
iste’molchilarning talabi bo’lmasa bu tovarlarni yaratish, ularni ishlab chiqarishga
tadbiq qilish, yangi tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy,
nazorat va ishlab chiqarish tamoyillarini bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi.
Hozirda mehnat taqsimotida resurslar tanqisligi va ko’p rivojlangan davlatlarda
ishlab chiqarish korxonalari yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lganligi dunyo
yuqori texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratilishi ishlab chiqarilishi
ishlab chiqarilgan tovarlarni raqobatdoshligini oshirishga olib kelmoqda.
Shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining
ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta’min etilishiga, raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish potenstialini oshirib bormoqdalar. Hozirgi davrda
qo’shma korxonalarni barpo qilinishi iste’mol tovarlarlariga bo’lgan talablarni sifat
ko’rsatgichlarini boshqarishga xizmat qilmoqda.
Normativ texnik hujjatlarda mahsulotlarini sifat ko’rsatkichlarni boshqarish
deb ishlab chiqarishda texnika texnologiya bilan ta’min etilishi, mahsulotlarni sifat
ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga kiritishda, ishlab chiqarish davrida ish
uskunalarini ekspluatastiya potenstialini ta’min etilishi iste’molchilar talabini
doimo qondirishda yuqori ko’rsatkichlarni boshqarish ma’lum tamoyillarga
asoslangan. Shuning uchun qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarishga ta’sir
etadigan barcha faktorlar katta rol o’ynaydi.
1.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirish (proektlash).
2.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri.
3.
Mahsulotlarni etkazish ya’ni realizastiyalash davri .
4.
Mahsulotlardan foydalanish ya’ni iste’mol davri.
Birinchi davrda ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish
davrida shunga o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sifat
ko’rsatkichlarini yuqori darajaga etkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish
lozim.
Bozor iqtisodiyotininig asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har
bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarning qo’ygan talabi katta ahamiyatga
ega. Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarni talabi davriga nisbatan ishlab
chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat
ko’rsatgichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularning bozor sharoitida
raqobatdoshligi oshib boradi. Shuning uchun xalq xo’jaligida yangi turdagi
segmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib
ularga bo’lgan talab ortadi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun
217
bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab chiqarish
davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o’zgaruvchan bo’ladi.
Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tomonlama tahlil qilib
ularning iqtisodiy barqarorligini chiqarilayotgan mahsulotning miqdori, ularning
potenstialiga ya’ni korxona uskunalariga, quvvatiga, xom-ashyo sifatiga bog’lik.
Shuning uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentdagi
mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarishni rivojlantirishga texnologiyalarni
yaratishga asosiy omil bo’ladi.
Mahsulot sifati - uning ma’lum extiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini
belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati - uning barcha xususiyatlarini emas balki mahsulotning
ma’lum ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlari bilan bog’liq xususiyatlarini o’z
ichiga oladi.
Mahsulot sifatini boshqarish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish, ishlatish
va iste’mol qlishda uning sifatining zarur darajasini belgilash, ta’minlash va sifatini
muntazam kontrol qilish hamda unga ta’sir qiluvchi shart sharoit va omillarni
sobitlik bilan ta’sir ettirish orqali amalga oshiriladi.
Sifat masalasi – xo’jalik faoliyatining hamma jixatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport
imkoniyatlarini oshirish provad natijasida esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq,
yanada to’laroq qondirish demakdir. Biz sifat muammosini juda keng ma’noda
tushunamiz. Bu muammo xo’jalik faoliyatini hamma sohalarini o’z ichiga oladi.
Yuqori sifat deganda - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport
imkoniyatlarini oshirish provad natijasbda esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq,
yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushanamiz. Shu boisdan ham boshqarish
butun mexanizmini, modiy va nomoddiy rag’batlantirishning butun sistemasi
injener va konstruktorlarning kuch g’ayratlarini, ishchilarping mahorati, mahsulot
sifatini oshirishga qaratish zarur.
Chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun navbatdagi, butunlay
yangi bosqich uchun shart-sharoitlar mavjudligini eslatmoqda.
Mahsulot sifati masalasini hal etish yana shuning uchun murakkab,
komleks ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, iqtisodiy, sosial
muammodir.
Ma’lumki, mahsulot sifati, uning yaratish va iste’mol qilishning barcha
bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loiha - konstruktorlik, texnologik va iqtisodiy ish
olib borish jarayonida undan foydalanishni ommaviy joriy qilishda shakllanadi.
Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi
forma va metodlari to’g’risida gapirishdan oldin «Mahsulot sifati» va «Mehnat
sifati» tushunchalarini ko’rib chiqaylik.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini
so’ndirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning uzuliksiz
jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq
xo’jaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan barcha moddiy
boyliklar mahsulot deb ataladi. «Mahsulot» tushunchasi umumlashtiruvchi bo’lib,
ham tayyor mahsulotlarni o’z ichiga oladi.
218
Sifat masalasi –xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash, eksport imkoniyatlarini
oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yanada yaxshiroq, qondirish
demakdir. Mamlakat olddia turgan xilma-xil iqtisodiy va sosial vazifalarni
muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal ko’tarishdan, butun
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradarligini keskin oshirishdan boshqa yo’l yo’q.
Sifat va samaradorlikni oshirish faqat texnikaviy va iqtisodiy vazifa bo’lib
qolmay, balki sosial idealogik vazifa hamdir. Bu jamiyatni yanada rivojlantirish
jarayonida hal qilinib boradi. Har bir ishchi ishlab
chiqarishga qanchalik ko’p kuch
sarf qilsa mehnat shuncha samarador, Vatanimiz shuncha qudratli bo’ladi. Har bir
xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq
faravonligini oshirish uchun shunchalik ko’p imkoniyatlari yuzaga keladi.
Vazifa ishlab chiqishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish, barcha
sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat.
O’zbekiston bozorlariga xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish zarurligi
sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el investorining kirib kelishi
ta’min etilmoqda.
Sifat ko’rsatkichlariga mos ravishda, tovar ishlab chiqarish va O’zbekiston
tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish, O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish
va shu bilan O’zbekistonning rivojini ta’minlashga katta etibor qaratilmoqda.
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona
foydalanish va ularning tejamini ta’minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or
texnologiya jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish rahbar xodimlarga,
injenerlarga, konstruktorlarga, loyihachilarga, texnologiya va mutaxasislarga
bog’liq.
Mamlakatimizda mehnat, xom-ashyo, yoqilg’i, energetik resurslar juda ko’p.
Asosiy fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi juda katta. Shu
sababli hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish, jamoat mulkiga omilkorlik
bilan yondashish, ixtiyorimizda bo’lgan, insonning qo’li va aql-zakovati bilan
bunyod etilgan narsalarninig hammasidan mohirona to’la-to’kis va oqilona
foydalanish iqtisodiy siyosatning o’zagi bo’lmoqda. Butun ishimizning sifati va
samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun ham xo’jalikning hamma tarmoqlarida
fan va texnikaning ilg’or darajasidan foydalanish zarur. Ish sifati va ishlab
chiqarish samaradorligidan va ish sifatini oshirish, mehnat intizomini
mustahkamlash, ularni mehnatga insonparvarlik munosabatida bo’lish ruhida
tarbiyalash, texnik jihatdan asoslab berilgan. Mehnat normalarini brigada xo’jalik
xisobini tejamkorlik va sifat rejalarini joriy etish, belgilangan ish hajmini kam
sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi tartiblarni amalga oshirish maqsadga
muvofiqir.
Sifatsiz mahsulot tayyorlanganlik va realizastiya uchun shuningdek
mahsulotni lozim darajada saqlanganlik standartlari haqidagi talablar va tenika
shart-sharoitiga rioya qilganligi uchun iqtisodiy jazo choralarini qo’llash joriy
etishni kengaytirish zarur. Ma’lumki har qanday sanoat mahsuloti ma’lum muddat
foydalangandan keyin sifat ko’rsatkichlarini turlicha yo’qotadi.
219
O’zbekistonga mahsulotlarni ishlab chiqarishda va bu mahsulotlarni dunyo
bozoriga olib chiqishda yordam beruvchi juda ko’p xalqaro tashkilotlar mavjud :
ISO - xalqaro standartlash tashkiloti;
MEK - xalqaro texnik korxonasi;
MIK - xalqaro markaziy banki;
ASMO standartlashtirish va metrologiya bo’yicha arab
mamlakatlarining tashkilotlari;
KOPANT - Janubiy Amerika standartlashtirish qo’mitasi.
Xalqaro standartlarni bunyod etishda ma’lum bir tovar ishlab chiqarish
kuzda tutib davlatlar kelishib shu mahsulot va tovarga ishlab chiqarish uchun shu
tovarni bunyod etadigan mutaxassislar xalqaro standartlarni yaratadi. Ma’lumki
mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqichlarida ilmiy
tadqiqot, loyiha-konstruktorlik texnologik ish olib borish jarayonida undan
foydalanishni ommaviy joriy qilishda shakllanadi.
Respublikamizda mahsulot sifatini oshirish uchun ko’pgina ishlar olib
borilmoqda. Chet el investitsiyalari joriy qilinmoqda. Jumladan AKDD Yaponiya,
Germaniya, Janubiy Koreya, Chexiya, Franstiya, Gollandiya, Turkiya va boshqa
mamlakatlar bilan qo’shma korxonalar qurilgan.
Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va arzonga tushirish shartidir. Shu sababli
universal ya’ni hamma ish bilan mashg’ul firmalar bo’lmaydi, ular bir yoki bir
necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuvning ikki afzal tomoni bor :
Birinchidan, mehnat unumdorligini oshiradi, harajatlarni pasaytirib foydani
oshirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, sifatli tovar ishlab chiqarishni, binobarin tovarning bozorda
yaxshi sotilishini ta’minlaydi.
Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja
qanchalik yuqori bo’lsa ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi
yoki aksincha. Masalan, yangi texnologiya sharoitida 10 so’mlik mahsulot olish
uchun bir kvt. elektr energiyasi sarf qilinsa ilg’or texnologiya sharoitida 0,5 kvt.
sarflanadi. Demak energoresurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi.
Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarning kengayishi
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi, butunlay
yangi bosqich uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatadi.
2.10.2. Tovarlarni sifatini standart usullarda aniqlash
Tovarlarni sifati turli yo’llar bilan tekshiriladi. Shu mahsulotlarga tegishli
standartlar va ularni ko’rsatmalariga ko’ra ular organaleptik ximiyaviy, fizik
biologik va mikrobiologik tekshirishlar natijasida belgilanadi. Mahsulotlarga
organaleptik jihatdan baho berish. Agar mayda asboblarni e’tiborga olmaganda
maxsus bir asbob-uskuna talab qilmaydi. Boshqa tekshirishlarni esa
laboratoriyalarda maxsus asbob-uskunalar yordamida, tekshirilayotgan metodik
220
usullarga xos bo’lgan ishlar, tadbirlar va ximikatlar yordamida mutaxassislar
tomonidan olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |