Polyarimetriya usuli ba’zi moddalarning nur tebratishlari usulini o’zgartirish
qobilyatiga asoslangan. Agar oddiy nurni ma’lum
bir tarzda ishlab chiqilgan
issland shpati kristalidan o’tkazilsa bir tekislikda kutublashgan nur xosil bo’ladi.
Kolorimetriya moddaning nurini o’ziga tanlab sindirish qobilyatiga asoslangan
tekshirilayotgan va standart eritma ranginig intensivligini bir biriga taqqoslashga
asoslangan analiz kolorimetrik analiz deb ataladi.
Lyuminissent usuli.
Lyuminissent usuli esa ko’pchilik moddalar
ultrabinafsha nurlari bilan
yoritilganda o’zlaridan qorong’uda ko’rinadigan va har xil rangdor tusga ega
bo’lgan nur chiqarichiga asoslangan. Modda tarkibining o’zgarishi
uning nur
sochish xususiyatiga ta’sir qiladi va shunday qilib ayrim hollarda mahsulot
buzilganini aniqlash mumkin.
Tekshirishning kimyoviy usuli.
Tekshirishning kimyoviy usullari oziq-ovqat mahsulotlari sifatida kimyoviy
usulluri bilan tekshirish asosan shu mahsulotlarning
tarkibiy qismlari va
xususiyatlari standartlar hamda VTU (vaqtning texnik shartlari-vremennoe
tehnisheskoe usloviya) talablariga to’gri kelish
kelmasligini aniqlash uchun
o’tkaziladi. Odatda kimyoviy tekshirish usullari standartlarda ko’rsatilgan bo’ladi.
Mahsulot tarkibidagi suv (namlik) miqdorini o’sha mahsulotning qum bilan
aralashtirilgan holda 105 temperaturada uning doimiy og’irligiga
yetguncha
quritish yo’li bilan aniqlanadi. Mahsulot tarkibidagi quruq moddalarni 100 bilan
suvning prosent miqdorini ko’rsatuvchi son o’rtasidagi farqni hisoblash orqali
aniqlanadi. Ayrim
hollarda quruq modda emas, yog’sizlangan quruq modda
miqdori aniqlanadi. Bunda quruq modda miqdorini ko’rsatadigan sondan yog’ning
prosent miqdori olinadi. Mahsulot tarkibidagi yog’ miqdorini sokslet usuli bilan
tekshirishda, moddani maxsus apparatda oltingurgut efiri bilan ishlash natijasida
aniqlanadi. Hosil bo’lgan efir yog’ eritmasidan haydab chiqariladi va yog’ning
og’irligi tarzida tortish yoki moddaning oltingurgut efiri bilan ishlashgacha bo’lgan
og’iriligidan ishlab chiqilgandan keyingi og’irligini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Mahsulot tarkibidagi shakarlarni yodometrik usul bilan aniqlash. Yoddli
qandning ishqorli muhitida undagi aldegid gruppasini (glyukoza, maltoza, sut
qandni) miqdorini oksidlash xususiyatiga asoslangan.Eritmadagi qand miqdorini
aniqlashda Bertranning sulfit kislotali misni oksidiga tiklash usuli eng aniq usul
hisoblanadi. Sulfit kislotali misning ishqorli eritmasi (feling suyuqligi)
aldegid
yoki keton gruppasiga ega bo’lgan qand bilan birga qizdirilganda sulfit kislotasi
misni mis oksidiga tiklaydi va u eritma ostiga cho’kadi. Quyqum sifati cho’kkan
mis miqdorida aniqlanadi. Eritmadagi osh tuzi miqdorini oziq-ovqat mahsulotidan
chiqarib olingan suvni azot kislotali kumush bilan titirlash natijasida aniqlandi.
Bunda suvda eriydigan xlorli kumush eritma ostiga cho’kadi. Azot kislotali
kumush eritmasi miqdoriga qarab mahsulot tarkibidagi tuz miqdori aniqlanadi.
Mahsulot tarkibidagi kul miqdorini aniqlash uchun mahsulotning aniq bir miqdori
mufel peshlarida kuydiriladi. Mahsulot tarkibidagi
kislota miqdorini aniqlash
uchun oziq-ovqat mahsulotlari eritmasi yoki ulardan ajratib olingan suvni ishqor
bilan titirlash usuli qo’llaniladi. Titirlash uchun zarur bo’lgan 0,1 g xlorning
165
millimetr miqdori 100 g yoki 100 ml mahsulotga ko’paytiriladi va u Terner kislota
miqdori gradusi sifatida ifodalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: