S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

 
(mutlaq bo’lmagan
)
litsenziyada Listenziar listenziatga tegishli 
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish huquqini beradi, lekin shu bilan birga xuddi 
shunday huquqni o’zida ham qoldiradi. Demak, bir necha oddiy litsenziya sotish 
mumkin, ya’ni bir necha firmaga muayyan buyumni tayyorlash va sotishga ijozat 
beriladi, bundan tashqari listenziar sanoat mulkidan foydalanish va uni tasarruf 
etish huquqini o’zida saqlaydi. Mutlaq litsenziya bitta shaxsga bitim shartlarida 
belgilangan hajmda litsenziya ob’ektidan yakka holda (monopol) foydalanish 
100


huquqini beradi. Bunday holda shunday huquqga kim litsenziyani sotib olgan 
bo’lsa, o’sha ega bo’ladi va endi hech kim, hatto, listenziarning o’zi ham qayd 
etilgan huquqga ega bo’la olmaydi. Ikki turdagi litsenziyani taqqoslash shuni 
yaqqol ko’rsatadiki, listenziatga eng ko’p imtiyozni mutlaq litsenziya beradi, 
chunki boshqa firmalar tomonidan bo’ladigan raqobatni istisno etadi, shuningdek, 
bitimda belgilangan bozorda tegishli buyumni sotish uchun ko’proq imkon beradi. 
Ammo, mutlaq litsenziya beradigan huquq turli yo’llar bilan cheklanishi mumkin.
Birinchidan, litsenziya mavzui bir gal faqat buyum ishlab chiqarish bo’lsa, 
boshqa gal - ham ishlab chiqarish va buyumni sotish bo’lishi mumkin, ko’pincha, 
amaliyotda keyingisi uchraydi. Ikkinchidan, litsenziya ob’ektidan foydalanishni 
hududiy cheklash mumkin, ya’ni litsenziya muayyan hududgagina taalluqli 
bo’ladi. Masalan, franstuz firmasi buyumni ishlab chiqish, uni Franstiyada va 
boshqa ayrim mamlakatlarda sotish huquqini qo’lga kiritdi. Litsenzion 
shartnomada bunday paytda firma o’z buyumini sotishi mumkin bo’lgan 
mamlakatlar ro’yxati to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatiladi. Boshqa mamlakatlar bu huquq 
doirasidan chetda qoladi. Uchinchidan, miqdoriy cheklov qo’llaniladi. Masalan, 
firma-listenziar listenziatga buyumni muayyan quvvatga ega uchta korxonada, 
mahsulot chiqarishning aniq yillik miqdorini belgilagan holda berishi mumkin, 
ya’ni chiqaruvchi o’sha buyumlar miqdoriga nisbatan cheklov o’rnatiladi, 
boshqacha aytganda sanoat mulklaridan foydalanish hajmi cheklanadi.
Litsenzion bitimlarning eng oddiylari qanday? Sotuvchi sanoat mulki 
bo’yicha texnikaviy hujjatlarni berish yoki nou-xau, yoki yordam ko’rsatish 
uchun mutaxassislar yuborib ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda yordam ko’rsatish 
majburiyatini oladi. Bu—listenziarning asosiy majburiyati. Listenziat majburiyati 
esa —litsenziya uchun haq to’lash. Bitimlarda belgilangan minimal hajmlarda 
sanoat mulkidan foydalanish yoki nou-xau ko’zda tutilishi mumkin, chunki bunday 
foydalanish litsenziyaga haq to’lash ("royalti" tarzida) uchun asos hisoblanadi.
Listenziyani sotishda, aniq belgilash — litsenziya savdosidagi eng murakkab 
masala. Tezlanadigan haq, faqat bir yo’la (paushal) to’lov tarzida belgilanishi 
mumkin.
Ammo, bu - kam uchraydigan hol. Ko’p hollarda haq yillik to’lov tarzida, 
litsenziya amal qiluvchi butun muddat mobayniga belgilanadi. Bunday to’lov, 
odatda, tayyorlangan yoki sotilgan har bir yagona buyumdan foiz tarzida ajratiladi 
(royalti).
Haq mistorini belgilashda quyidagi turli omillar hisobga olinadi: sanoat 
mulk yoki boshqa texnikaviy yutuqdan foydalanish samarasi qanday, sotuvdan 
qanday foyda olinadi, buyumni ishlab chiqishda qanday tejamkorlikka erishiladi va 
shu kabilar.
Listenziya amaliyotida, odatda, aralash tizim qo’llanadi, bunda shartnomaga 
imzo qo’yishida, yoki u kuchga kirishida boshlang’ich to’lov (paushal to’lov), 
keyinchalik yillik to’lovlar ko’zda tutiladi.
Listenzshsharni sotish, sotib olish va ayir-boshlash bo’yicha takliflar 
tayyorlash tartibi.
O’zbekiston Respublikasida chet elga ilmiy-texnikaviy yutuqlardan 
foydalanishga litsenziyalar sotish va chet el litsenziyalarini sotib olishga ruxsat 
101


beruvchi tartib o’rnatilgan. Buning mohiyati shundayki maxsus vakolatli idora 
siymosidagi davlatning ruxsatisiz birorta litsenziya chetga sotilishi va chetdan sotib 
olinishi mumkin emas. Shunday tartibni joriy etish natijasida davlat litsenziyasidan 
chet elda foydalanish, davlat manfaatlariga zid kelmasligi ustidan nazoratni 
o’rnatadi. Nazorat samaradorligiga davlat har bir sanoat mulkiga litsenziya asosida 
chet elda foydalanishga ruxsat berishi tufayli erishiladi. Bunday litsenziya sotib 
olishga hamma aloqador, chunki bunday xarid xalq xo’jaligini rivojlantirish 
muammosini hal etishga ko’maklashishi lozimdir.
Sanoat mulki va boshqa, ilmiy-texnikaviy yutuqlarga litsenziyalar sotish 
bo’yicha ishlarga rahbarlik, shuningdek, chet el litsenziyalarini sotib olish, hamda 
chet elda litsenziyalardan foydalanishni nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklangan.
Listenziya sotish va sotib olish bo’yicha taklif tayyorlash xususidagi 
ishlarning boshqa, o’ziga xos jihati, bu ish rejalashtirilishidadir. Vazirlik va 
muassasalar, qoidaga ko’ra, litsenziya sotish, haqidagi taklifni tegishli rejaga 
kiritadi. Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejasida "litsenziya sotish" 
bo’yicha maxsus qism bor. Rejaga kiritish litsenziya sotishga ruxsatni anglatadi. 
Agar litsenziya sotish masalasi chet elga litsenziya sotish rejasi tuzilgan va 
tasdiqlangandan so’ng yuzaga kelgan bo’lsa, undan litsenziya sotish haqidagi qaror 
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Listenziya sotish bo’yicha ishlar tartibi va injiniring tarzida xizmat 
ko’rsatish haqidagi yo’riqnomaga ko’ra litsenziyalar sotish haqidagi o’z takliflarini 
tegishli vazirlik va muassasaga taqdim etuvchi tashkilot va korxonalar o’z 
takliflariga maxsus materiallar (litsenziya pasporti, patent tadqiqotlari to’g’risidagi 
hisobot, texnikaviy darajani tavsiflovchi, ob’ekt patentga loyiqligi va patent 
sofligiga egaligi, ob’ektning texnikaviy-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, 
sanoat mulk tavsifi boshqa muayyan ma’lumotlardan iborat ko’chirma) ni ilova 
qilishlari lozim.
Bu materiallar bir tomondan u yoki bu yutuqga litsenziya sotish maqsadga 
muvofiqligini belgilash imkonini bersa, ikkinchi tomondan bo’lajak litsenzion 
bitimni tayyorlashga ko’maklashadi. Mana shuning uchun ham materiallarni 
taqdim etishda litsenzion shartnomaning qator shartlari hisobga olinadi. Xususan, 
litsenziya ob’ektini ishlab chiqish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot
ishlari
va 
loyihalash-konstruktorlik ishlariga ketadigan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar 
keltiriladi.
Litsenzion pasport mavzuiga taalluqli ishni texnikaviy hujjatlar hajmi 
to’g’risida ma’lumot beriladi, bu hujjatlar kim tomonidan tayyorlanishi va 
ko’rgazmaga qo’yish uchun namuna tayyorlanishi mumkinligi ma’lum qilinadi, 
hamda boshqa ma’lumotlar bo’ladi.
Litsenzion pasport
 
— ob’ekt xorijlik xaridorga taklif etilishi mumkinligini 
ko’rsatuvchi hujjat.
Listenziya sotish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni taqdim 
etishda tashkilot (korxona) litsenziya mavzuiga kiruvchi, sanoat mulk nomini, 
sanoat mulki mualliflari, talabnoma raqami, shuningdek, sanoat mulkini 
patentlashning ahvoli haqidagi ma’lumotni albatta ma’lum qilishi shart.
102


Texnikaviy hujjatni ishlab chiquvchi tegishli institutlar yoki korxonalar 
litsenziya sotish haqida taklif kiritgan hollarda patent sofligi ekspertizasini 
o’tkazadi.
Listenziya ob’ekti samaradorligini oshirishda texnikaviy-iqtisodiy hisob-
kitobni tuzish muhim ahamiyatga ega. Unda tayyorlovchi firmalar ko’rsatilgan 
holda ayni shunday chet el va mamlakat qurilmalari yoki hozirda qo’llanayotgan 
texnologik jarayonlar xususida qisqacha tahlil beriladi. Texnikaviy-iqtisodiy hisob-
kitob texnika ob’ekti yoki texnologiyadan sanoatda foydalanish iqtisodiy 
samarasini aks ettirishi lozim.
Korxona, tashkilotlarning keyingi majburiyati ob’ektni nimaga 
mo’ljallanganligi, qo’llanish sohasi, kafolatlangan asosiy ko’rsatkichlarini aks 
ettirgan holdagi qisqacha texnikaviy tavsifdan iborat reklama materiallarini 
tayyorlashdan iboratdir.
Materiallar litsenziya ob’ektini reklama qilishi lozim, lekin shu bilan birga 
ular sanoat mulk mohiyatini ochib qo’ymasligi lozim, aks holda litsenzion bitim 
qaysidir darajada o’z mohiyatini yo’qotadi.
Chet el firmalari bilan muzokara olib borish uchun zarur hujjatlar 
litsenziyalarni tijorat asosida sotuvchi tashqi savdo tashkilotlariga beriladi.
Listenziya sotib olish haqidagi takliflarga bir qator talablar qo’yiladi. 
Tegishli taklif kirituvchi korxona (tashkilot), muayyan ma’lumotlarni berishi 
lozim, ularni ko’rib chiqishda litsenziyani sotib olish maqsadga muvofiqligi 
aniqlanishi mumkin.
Listenziya sotib olish haqidagi masalani hal qilish uchun firmani texnikaviy 
tajribasi qanday miqyosda sotib olinishini belgilash zarur (masalan, texnikaviy 
yoki texnologik hujjatlar, nou-xau, texnikaviy yordam va boshqalar).
Listenziya sotib olish haqida taklif ishlab chiqayotgan korxona (tashkilot), 
qator ma’lumotlarni beradi, shular asosida keyinchalik chet el firmasi bilan 
muzokara olib boriladi. Bular, avvalo, litsenziyani sotib olishda qo’yilishi kerak. 
Listenziya bo’yicha ishlab chiqarishni o’zlashtirishda chet el mutaxassislarini, 
ulardan qaysi korxonalarda foydalanilishini ko’rsatgan holda, qabul qilish 
mumkinligi va zarurligi belgilanadi.
Listenziyani sotib olish maqsadga muvofiqligi masalasini hal etishda ob’ekt 
texnikaviy darajasini va uning jahon texnika darajasiga mosligini, litsenziya 
ob’ekti yangiligi va ilg’orligini patent materiallari va sanoat ma’lumotlari bo’yicha 
aniqlash muhim ahamiyatga molikdir.
Vazirlik va muassasalar, shuningdek ayrim korxonalarning vakillari 
litsenziyani sotish bo’yicha chet el firmalari va tashkilotlari bilan olib boriladigan 
boshlang’ich muzokaralarda ishtirok etadilar. Barcha boshlang’ich ishlar 
tugagandan so’ng tegishli tashqi savdo tashkilotlari litsenzion shartnoma tuzadilar, 
unda litsenziyani berish shartlari belgilab qo’yiladi.
Listenziyani sotishda O’zbekiston Respublikasida bosh etkazib beruvchi 
vazifasini vazirlik va muassasalar bajaradi. Tashqi savdo tashkilotlari bosh etkazib 
beruvchiga buyurtma-topshiri berish huquqiga ega, bosh etkazib beruvchi esa 
bajarish uchun qabul qilishi lozim.
103


Vazirlik (muassasa) litsenziya ob’ektini bosh etkazib beruvchi sifatida 
litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatini bajarishga mas’ul idora 
vazifasini vazirlik va muassasalar bajaradi. Tashqi savdo tashkilotlari bosh etkazib 
beruvchiga buyurtma-topshiriq berish huquqiga ega, bosh etkazib beruvchi esa 
bajarish uchun qabul qilishi lozim.
Vazirlik (muassasa) litsenziya ob’ektini bosh etkazib beruvchi sifatida 
litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatlar sifatli va o’z vaqtida 
bajarilishi uchun javobgardir, ya’ni: litsenziya mavzui kafolatlangan texnikaviy-
iqtisodiy ko’rsatkichlari uchun; shuningdek, litsenzion shartnomada ko’zda 
tutilgan tomonlar majburiyati bajarilishi uchun; litsenziya sotib olgan firmaga 
texnikaviy yordam, texnikaviy hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli tayyorlash va berish 
bo’yicha; namunalarni etkazib berish bo’yicha; litsenziya sotib olgan 
korxonaga mutaxassislarni yuborish va chet ellik mutaxassislarni mamlakatimiz 
korxonalarida o’qitish bo’yicha; litsenziyaning takomillashtirilgan va mavzuini 
xaridorga berish; patent huquqi va boshqalarni muhofazalashi kerak.
Listenziyani sotib olishda vazirlik va muassasa ishni o’z vaqtida tashkil etish 
va sotib olingan litsenziyalar bo’yicha mahsulot eksportini kengaytirishni 
ta’minlashi lozim.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish