10-Mavzu. Mustaqillik davrida O’zbekistondagi manaviy
va madaniy rivojlanish
Reja:
1.Tarixıy shaxarlar (Buxara, Samarkand, Marg’ulon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz) yubileylarining xalqaro mixiosda keng kulamda utkazilishi.
2.Madaniyat va sanaat tarmoqlarida rivoji. Xalkaro festivallarning utkazilishi. Milliy sport turlurining rivojlanishi.
3.O’zbekistonda millatlar aro va dinlar aro munasobatlarda olib borilgan davlat siyosati.
Adabiyotlar:
1.Левитин Л. Ўзбекистон туб бурилиш палласида. - Тошкент: Ўзбекистон, 2005.
2.Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. - Тошкент: Академия, 2013.
3.Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.Рахимов. - Тошкент: Адабиeт учқунлари, 2018.
4. Эркаев А. Ўзбекистон йўли. - Тошкент: Маънавият, 2011.
5. Усманов К., Шернов Ш. ва бошқалар. Ўзбекистон сиесий ва ҳуқуқий ислоҳатлар сари. Т. «Университет» 1996.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o’nlab binolar, obidalar misol bo’laoladi. 1997 yil 20 oktyabr – Xiva shaxrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Xiva shaxri qadimda Xiyvaq deb atalgan. Xivaning mashxurligi u buned etilgan davrlardanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izoxlanadi. Xiva nafaqat O’rta Osieda, ayni paytda dunyoga ham mashxur shaxar. Buning isboti – 1997 yilda YuNESKO qarori bilan shu shaxar 2500 yilligi nishonlanganligidir. Bu bayram dastlab YuNESKO ning Parijdagi Bosh qarorgoxida boshlandi. Xiva shaxri xaqidagi rivoyat asosidagi «Farishtalar raqsi»da tariximizning o’qilmagan saxifalari qayta jonlandi. O’zbekiston xukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to’xtaladigan bo’lsak, 1997-yilda Buxoro shaxrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Masjidi Kalon ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YuNESKO tashkilotining Butun Jaxon edgorliklari ro’yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda «Madaniy meros obektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Shu va boshqa qonunlar inshootning huquqiy vakolati xisoblanadi.Mustaqillik yillarida bir qator shaxarlarining Samarkandning 2750 yilligi, Shaxrisabz va Qarshining 2500 yilligi, Toshkentning 2200 yilligi yubileylari o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |