Qoraqalpog`iston Respublikasining ijtimoiy rivojlanishi. Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e`tibor kuchaydi. Qoraqalpog`iston Respublikasida ma`lum demografik o`zgarishlar ro`y berdi.
Ishsizlar soni o`zgarib turdi. Minglab ishchi o`rinlari yaratildi. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta`minlash imkonini berdi.
Aholi jon boshiga pul daromadlari ko`paydi.
Daromadlarning ko`payishi iste`mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi o`sdi.
Tovar aylanishining jami hajmi ko`paydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o`sib bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste`mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi.
Ishchi va xizmatchilarning o`rtacha ish haqi izchil o`sib bordi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi – onalar o`limi soni kamaydi. «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo`yicha milliy Dastur»i hamda
«Yosh avlodni sog`lomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida onalar va chaqaloqlar o`limi kamaydi. Homilador ayollarning aksariyat qismi statsionarlarda tug`ishgacha bo`lgan davolanishdan o`tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablag`lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. «Medtexnika», «Optika», «Tib-ta`minot» dorixona muassasalari to`la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1992 yilda Nukusda Orol muammosiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy konferentsiya bo`ldi. Bu konferentsiya qarorlaridan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 2 sentyabrda «Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni echishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu qarorning bajarilishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to`la hal qilindi. Tuyamo`yin suv omboridan respublika aholi punktlariga vodoprovod tarmog`i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasi oshdi. Shu yillarda kanalizatsiya va gaz tarmokdari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan ta`minlanishi foizi oshdi.
Qoraqalpog`istonda ko`plab sog`liqni saqlash ob`ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug`ruqxona va turar-joylar binolari qurildi. Orolbo`yi aholisiga insonparvarlik yordami berildi, kasalxona va poliklinikalar shunday ta`minotdan foydalandilar.
Qoraqalpog`iston xalqi I. A. Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini sakdab qolishga qarata chaqirig`ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasi-ning vakillari ishtirokida o`tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo`yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995 yil sentyabrda I. A. Karimov tashabbusi bilan Nukusda o`tkazilgan xalqaro konferentsiya esa tarixiy voqea bo`ddi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri – Nukus Deklaratsiyasi bo`lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e`tibori Orol muammosiga qaratildi.
1997 yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo respublikalari Kengashi yig`ilishi bo`ldi. Bu yig`ilishda ham I. A. Karimov tashabbusi bilan Orolbo`yi xalqlariga ijtimoiy mu-ammolarini echishda amaliy yordam berish to`g`risida qaror qabul qilindi.
O`zbekiston hukumatining Orolbo`yi muammolari to`g`risidagi tashabbuslari erlik xalqlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo`yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o`z samarasini berishiga qat`iy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o`sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.