-gilik (-gulik, -kilik) unumsiz ot yasovchi: ko‘r-gilik, ye-gulik, ich-kilik,
-gin(-kin, -qin, -qun, -g‘in, -gun) I fe’ldan ot yasaydi: tiz-gin, sur-gun, to‘s-qin, yon-g‘in, to‘l-
qin, uch-qun.
-gin(-kin, -qin, -qun, -g‘in, -gun, -g‘un) II ot va fe’ldan sifat yasaydi: g‘am-gin, oz-g‘in, tush-
kun, gul-gun, jo‘sh-qin, tur-g‘un.
-gin III II shaxs buyruq mayli shaklini yasaydi: kel-gin, bor-gin, boq-qin.
-gina I otning shasiy baho shaklini yasaydi: bola-gina-m, opa-gina-m
-gina (-kina, -qina) II sifatning kuchaytirma darajasini hosil qiladi: yaxshi-gina, achchiq-qina,
kichik-kina, oppoq-qina.
-gina (-kina, -qina) III ayiruv-chegaralov yuklamasi: men-gina, akang-gina.
-gir (-kir, -qir, -qur, -g‘ir) fe’ldan sifat yasaydi: sez-gir, top-qir, kes-kir, uch-qur, ol-g‘ir.
Do'stlaringiz bilan baham: |