Sizning taxminlaringiz noto‘g‘ri
Biz hammamiz noto‘g‘ri baho beruvchilarmiz. Biz u yoki bu ishga qancha vaqt
talab qilinishini bilamiz deb o‘ylaymiz, hattoki, aslida u haqda biror tushunchaga
ega bo‘lmasakda. Biz hodisalar rivojini hech qachon hayotda amalga oshmaydigan,
eng yaxshi ssenariy asosida, hech qanday ushlanib qolishlarni hisobga olmasdan
taxmin qilamiz.
Shuning uchun, kelgusidagi hafta, oy va yilga deb belgiligan mo‘ljalingiz,
hayoldan boshqa narsa emas. Haqiqatdan ham siz bunchalik uzoq vaqt davomida
nimalar sodir bo‘lishini shunchaki bilmaysiz.
Siz oziq-ovqat do‘koniga borish bir necha daqiqa vaqt oladi deb o‘ylaysizu,
lekin u bir necha soatga cho‘zilishi holatlariga ko‘p tushgan bo‘lsangiz kerak?
Cherdakni yig‘ishtirishni bir necha soatga mo‘ljallagansizu, lekin u bir kunga
vaqtingizni olgan paytlarni eslarsiz, ehtimol? Ba’zida aksincha, xovlini tozalashga
to‘rt soat rejalashtirasizu, lekin bu ish 35 daqiqiqa vaqt oladi. Biz odamlar baho
berishda yetarlicha kuchga ega emasmiz.
Hattoki, yuqorida keltirilgan oddiy vazifalarning bajarilishda ham bizning
rejalarimiz bir yoki bir qancha sabablarga ko‘ra tez-tez barbod bo‘ladi. Agar biz bir
necha soatlik rejani aniq bajara olmas ekanmiz, unda olti oylik loyihani
rejalashtirishdan qanday aniqlik kutish mumkin?
Biz u yoki bu ishni amalga oshirish uchun qancha vaqt talab qilinishini taxmin
qilganimizda shunchaki adashmaymiz – biz qattiq adashamiz. Bu degani, loyihani
amalga oshirishni olti oyga kechiktirib, siz qattiq adashishingiz mumkin. Bu yerda
gap, olti oy o‘rniga yetti oy haqida emas, balki, butun bir yil haqida ketayapti.
Aynan shuning uchun, Big Dig tez yurar avtomagistralining boston loyihasi
besh yil keyin va budjetining bir qancha milliardga oshishi bilan, Denver xalqaro
aeroporti esa, 16 oy kechikib, smetasining 2 milliardga oshishi bilan tugallandi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechim – katta vazifalarni bir necha kichik
vazifachalarga ajratib olish kerak. Ular qanchalik kam bo‘lsa reja tuzish shuncha
oson bo‘ladi. Siz avvalgidek xato qilishingiz mumkin, lekin xato katta loyihani
rejalashtirishdagidan ko‘ra kamroq bo‘ladi. Agar ish, siz kutganingizdan ikki
baravar ko‘p vaqt olsa, katta loyihalarda qo‘shimcha bir necha oy o‘rniga kichik
loyihalarda bir necha hafta haqida gap borgani yaxshiroq bo‘ladi.
O‘z ishlaringizni kichik qismlarga bo‘lib olishga harakat qiling. 12 haftaga
mo‘ljallangan bitta loyihani rejalashtirish o‘rniga, uni o‘n ikkita bir haftalik
loyihalarga bo‘lib oling. 30 soatdan ko‘p vaqt talab qiladigan vazifalar ustida
sehrgarlik qilmasdan, ishni haqqoniyroq bo‘ladign 6-10 soatlik qismlarga bo‘lib
oling. Va keyin qadam-baqadam oldinga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |