Russ nashriyotiga so‘z boshi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/97
Sana01.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#280098
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Rework (lotincha)

O‘zingizdek bo‘ling  

  

Taniqli bo‘lishga harakat qilayotgan biznesmenlar bilan nimalar ro‘y beradi? 



Yuqoridan kelib gapirish, rasmiy murojat, sun’iy do‘stona munosabat, yuridi jargon 

va shu kabilar. Ularning xatini o‘qiganingizda uni huddi robot yozgandek tuyuladi. 

Bunday kompaniyalar sizga murojaat qilishadi, siz bilan muloqot qilishmaydi.  

Bu  kabi  professionallik  niqobi  –  be’manilikdir.  Lekin  baribir  kichik 

kompaniyalar  bu  stilga  taqlid  qilishadi.  Ular  agar  o‘zlari  haqida  ma’noli,  ajoyib 

gapirishsa, huddi professionallar kabi muhim ahamiyatli kompaniya bo‘lib qolamiz 

deb  o‘ylashadi.  Aslida  esa  o‘zini  bunday  tutish  ahmoqona  ko‘rinadi.  Uni  ustiga 

o‘zingizni  proffessional  ko‘rsatib,  siz  kichik  kompaniyalarning  eng  muhim 

afzalliklaridan  birini  qurbon  qilasiz.  Bu  afzallik  esa,  atrofdagilar  bilan  to‘g‘ri  va 

oddiy aloqa qilishda, hech bir yuridik va PR-bo‘limlarining zaruratisiz, munosabatga 

kirishish imkoniyatidir.     

O‘z ko‘lamingizga munosib jaranglashning hech bir uyatli joyi yo‘q.  

O‘zini  haqqoniy  tuta  olish  –  biznes  yuritishning  eng  oqilona  uslubidir.  Birinchi 

ta’surot ko‘pincha til yordamida yaratilar ekan, unda yolg‘ondan boshlashning nima 

keragi bor?   

O‘zingizcha bo‘lishdan qo‘rqmang.  

Ya’ni  qaerda  bo‘lishidan  qat’iy  nazar–  elektron  pochtada  yozishishdami, 

buyurtmalarni  rasmiylashtirishdami,  bloglarda  postlar  yozishdami,  intervyu  va 

taqdimotlar vaqtidami va boshqa hollardami, o‘zingizga munosib tilda gaplashing. 

Do‘stlaringiz  bilan  qaysi  tilda  gaplashsangiz,  mijozlaringiz  bilan  ham  shu  tilda 

gaplashing. Har xil jargon va alohida slenglardan foydalanmang. Agar oddiy so‘zlar 



bilan  muammoni  hal  etish  imkoni  bo‘lsa,  jarangdor  so‘zlardan  foydalanmang. 

“Monetizatsiya” va “transparentlilik” haqida gapirmang, qanday qilib pul topish va 

halol  bo‘lish  haqida  gapiring.  To‘rtta  so‘z  kerak  bo‘lgan  joyda,  yetitasidan 

foydalanmang.   

Xodimlaringizni  xatlarni  mana  bunga  o‘xshash  yuridik  ilovalar  bilan 

yakunlashga majbur qilmang: “Bu e-mail-xat, aynan tegishli qabul qiluvchi (qabul 

qilib  oluvchilar)gagina  atalgan  bo‘lib,  u  maxfiy  saqlanishi  va  axborotning  tarqab 

ketmasligi kerak”. Bu huddi kompaniyangizning: “Biz sizga ishonmaymiz va buni 

sudda  isbotlaymiz”  degan  xati  bilan  barobardir.  Odamlarni  shu  tariqa  siz  bilan 

xotirjam aloqa o‘rnatishlariga erishishingizda omad tilaymiz!  

Yozganda  uni  o‘qilishi  uchungina  yozing,  shunchaka  nimanidir  yozish 

kerakligi uchun emas. Yozganlaringizni ovozingizni chiqarib o‘qing. U haqiqatdan 

ham  kimgadir  urojaat  qilayotganingiz  kabi  jaranglayaptimi?  Matnni  iloji  boricha 

suhbat ruhida yozishga harakat qiling. Xat yozish uslubi rasmiy bo‘lishi kearak deb 

kim  aytdi?  So‘zlarni  qog‘ozga  tushirayotganingizda,  o‘z  shaxsiy  fikrlash 

tarzingizdan  voz  kechishingiz  kerak  deb  kim  aytdi?  Qoidalar  haqida  unuting. 

Muloqot qiling!  

Yozayotganingizda  uni  boshqa  odamlar  ham  o‘qishi  mumkinligi  haqida 

o‘ylamang. Aynan kimga yozayotgan bo‘lsangiz o‘sha odam haqida o‘ylang va unga 

atab yozing. Matnni ko‘pchilik o‘qishi mumkin deb yozish esa, gaplarning birbiriga 

qovushmasligiga  va  qo‘pol  bo‘lib  chiqishiga  olib  keladi.  Aynan  aniq  manzilga 

murojaat qilish bilan esa, siz o‘qni katta ehtimol bian aniq nuqtaga tekkiza olasiz.   

  


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish