Ruslan allayorov, muhiddin xidirov, qalmaxan abduxalikov



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/49
Sana10.03.2023
Hajmi8,57 Mb.
#917890
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
DUNYO XARITASIDAGI ANTROPOTOPONIMLAR


Kolumbiya Respublikasi
 
– Janubiy Amerika 
shimoli g‘arbidagi davlat. Maydoni 1138,9 ming km
2
. Poytaxti – Bogota 
(Santa-Fe-de-Bogota) shahri. Mamlakatni 1499- yilda ispanlar kashf qilib, 
1530 - yilda uni Yangi Granada
 
deb ataydilar. 1886- yildan mamlakatning 
nomi asli genuyalik mashhur sayyoh – 
Xristofor Kolumb
 
(1451 – 1506) 
sharafiga nomlangan va hozirga qadar shu nom bilan atab kelinmoqda. 


46 
Xristofor Kolumb Yerning shar shaklida ekanligi to‘g‘risidagi 
qadimiy ta’limotga va XV asr olimlarining noto‘g‘ri hisoblariga asoslanib, 
Yevropadan Hindistonga olib boradigan, uning fikricha, eng qisqa dengiz 
yo‘lining loyihasini tuzdi va 1492- yil 1- ekspeditsiyasida (1492 – 1493) 
90 kishi bilan „Santa-Mariya―, „Pinta―, „Nilya― kemalarida Palosdan 
safarga chiqib, Kanar orollaridan g‘arbga burilib, Atlantika okeanini kesib 
o‘tib, 1492- yil 12- oktabrda Bagama arxipelagidagi San-Salvador oroliga 
yetib boradi. Kuba va Gaiti orollari sohilini kashf etdi.
1493 – 1496- yillar davomida Kolumb admiral unvoni va yangi kashf 
etilgan yerlarning vitse-qiroli lavozimida 1500 kishilik ekipaj bilan 17 
kemada 2- ekspeditsiyasi (1493 – 1496)ga safarga chiqdi. Dominika, 
Gvadelupa, Kichik Antil, Puerto-Riko va Yamayka orollarini kashf qildi. 
Kolumb 1498- yilda 3- ekspeditsiyasiga (1498 – 1500) yo‘lga chiqdi. Bu 
 
Xristofor Kolumb 
(1451 – 1506)
 
Kolumbiyaning geografik 
joylashuvi


47 
safar u 6 kema bilan Atlantika okeanini 10° sh.k. da kesib o‘tib, Trinidad 
orolini kashf etdi. Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya 
yarimoroligacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab 
berdi. Kolumb 1500- yilda Kastiliyaga qaytib keldi. 
1502- yilda o‘zining 4- ekspeditsiyasiga (1502 – 1504) otlandi. Bu 
safar u 4 kema bilan 1502- yil 12- iyunda Martinika oroliga keldi. Undan 
Gonduras qo‘ltig‘iga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama 
sohillarini kashf qildi. Shimoliy Amerikadagi daryo ham Kolumb nomi 
bilan ataladi.
Kossyushko
– 
Avstraliyadagi eng 
baland cho‘qqi, Avstraliya Alp tog‘larida 
joylashgan. Balandligi 2228 m. Cho‘qqi 
kristall jinslardan tuzilgan bo‘lib, alp va 
subalp o‘simliklari, evkalipt o‘rmonlari bilan 
qoplangan. Unda 5 oy davomida qor saq-
lanadi. Kossyushko cho‘qqisini polshalik 
sayyoh, geograf va geolog Pavel Endmund 
Stsheletskiy (1797 – 1873) aniqlab, uni 
polyak milliy ozodlik harakati arbobi, 1794- 
yildagi Polsha qo‘zg‘oloni rahbari 
Tadeush Kossyushko
(1746 – 1817) 
nomi bilan atalgan.
 
AQSHning Mustaqillik urushidagi ishtirokchisi
Polsha, AQSH, Litva va Belorussiyaning milliy qahramoni bo‘lgan. 
Cho‘qqini ilk bor kashf etgan Pavel Endmund Stsheletskiy nomi ham qator 
geografik obyektlarga qo‘yilgan. Jumladan, Avstraliyadagi cho‘llardan biri 
aynan Stsheletskiy deb ataladi.

Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish