toponimika
fani o‘rganadi.
Toponimika yunoncha
„topos“ – „joy“, „onoma“ – „nom“
degan ma’no-
ni anglatadi. Yer sharidagi barcha geografik nomlar o‘sha joyning tabiiy
sharoiti, tarixi, etnografik xususiyatlaridan dalolat berib turadi. Joy nom-
lari geografiya fanining ajralmas qismi hisoblanadi. Geografiya fanining
asosiy quroli – geografik xaritaga nazar tashlasak, juda ko‘plab, turli-
tuman toponimlar (joy nomlari)ga ko‘zimiz tushadi. Geografik obyekt-
larning nomlari ma’lum bir hudud va muayyan davrda, aniq bir tilda, biror
tarixiy voqea, hodisa bilan bog‘liq bo‘ladi.
6
Toponimlar yirik yoki mayda obyektlarning nomlari ekanligiga qarab
makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar –
keng hududlar, katta obyektlar (materiklar, okeanlar, tog‘lar, cho‘llar,
daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabilar)ning atoqli otlari; mikro-
toponimlar – kichik obyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko‘chalar,
qo‘rg‘onlar va shu kabilar)ning atoqli otlari. Toponimika fanining quyida-
gi bo‘limlari ajratiladi: gidronimika – suv havzalari: daryo, kanal, soy,
ariq, buloq, ko‘l kabilarning nomlarini o‘rganuvchi soha; oykonimika –
aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar,
ko‘cha, ovul, qo‘rg‘on nomlarini o‘rganuvchi soha; oronimika – yer yuza-
sining relyef shakllari: tog‘, cho‘qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini
o‘rganadigan soha; urbanonimika – shahar ichidagi har qanday obyektlar
nomlarini o‘rganuvchi soha va h.k.
Kishilik jamiyatining rivojlanishi va kundalik ehtiyojlarining ortib
borishi yangi hududlarni va tabiatning tarkibiy qismlarini o‘zlashtirishga
olib kelib, bu o‘z navbatida joy nomlarinig ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
Joy nomlari muayyan hududda ajralgan holda emas, balki o‘sha hudud
bilan, u yerdagi tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq
holda o‘rganiladi. Ularda mintaqalar tabiatining xususiyatlari, jamiyat
hayotida asrlar davomida ro‘y bergan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy voqea-
hodisalar, aholining kasb-hunarlari nomlari, unda qanday millat, elat, urug‘
vakillari yashagani yoki yashayotgani o‘z aksini topadi.
Jamiyatning rivojlanishi davomida turli qabila boshliqlari, buyuk
davlat arboblari, sarkardalar, jamiyatning taniqli shaxslari, geograf-
sayyohlar, ularning oila a’zolarining ismlari turli geografik obyektlarga
qo‘yilgan. Shaxslarning ismi
antroponimlar
(antropo (yunoncha, antropos
7
– odam
)
– odamga aloqador ekanlikni bildiruvchi yasama so‘z tarkibiy
qismi) deb atalib, kishilarni ismi, familiyasi, laqabi, taxallusidan nom ol-
gan geografik obyekt nomlari
Do'stlaringiz bilan baham: |