Muhokama uchun savollar.
1. Cochlicopa urug’i vakillarini chig’anoqlariniig yaltiroqligi va devorlarining o’ta yupqa bo’lishining sabablari nimada?
2. Nima uchun Golarktik turlar deb ataladi?
3. Kserofil. kseromezofil turlar qanday turlar?
4-Amaliy mashg‘ulot Quruqlik mollyuskalarining tashqi va ichki tuzilishi Helix pomatia misolida Ishning maqsadi. Tok shilliqqurtining morfologik va anatomik tuzilishini o’rganish.
Tnp-Mollyuskalar – Mollusca Sinf-Qorinoyoqlilar- Gastropoda
Kenja sinf-O’pkalilar- Pulmonata Turkum-Poyachako’zlilir – Styllommatopbora Avlod - Helix Tur-Helix pomatia Kerakli jihozlap. Tok shilliqqurtining chig’anog’i, anatomiyasini aks ettiruvchi tablitsalar va fiksatsiya qilingan tok shilliqqurtlari. Binokulyar, shtangentsirkul, yumshoq qisqichlar, jarrohlik qaychisi. parafinli vannachalar, entomologik to’g’nag’ichlar, tomizg’ichlar, preparoval ninalar.
Ishning bajarilishi uchun qo’yilgan vazifalar. 1. Agar tirik tok shilliqqurti bo’lmasa, u holatda Sirdaryo viloyatnda keng tarqalgan boshqa poyacha ko’zlilarning harakatini kuzating. 2 Kollektsiya materiallaridan foydalanib, chig’anoq tuzilishini o’rganing va uni rasmini chizing. 3. Fiksatsiya qilingan materialdan foydalanib tok shilliqqurtining ichki tuzilishini o’rganing va rasmini chizing.
Ishning bajarilishi yuzasidan umumiy ma’lumot. Poyachako’zlilar (Stylommatophora)urug’i vakillari asosan quruqlikda hayot kechiradi. Ular eng yuksak tueilgan qorinoyoqlilar disoblanadi. Hamma poyachako’zlilarning ikki juft (ostki va ustki) paypaslagichlari bo’lib, ko’zlari ikkinchi juft (ustki) paypaslagichlarning uchki qismida joylashgan.
Ko’pgina mayda poyachako’zlilarning ostki paypaslagichlari uncha yaxshi rivojlanmagan yoki reduktsiyaga uchragan. Ustki paypaslagichlar hid bilish va pastkilari esa tuyg’u vazifasini bajaradi.
Poyachako’zlilar urug’i vakillarining aksariyatining chig’anoqlari nihoyatda yaxshi rivojlangan. Chig’anoqlar nafaqat mexanik himoya uchun, balki turli xil yirtqichlardan va tanadagi suvning bug’lanib ketishidan asrash uchun ham xizmat qiladi. Bu hayvonlarning o’pka bilan nafas olishga o’tishi ularning turli - tuman biotoplarda yashashga moslashishiga olib keldi
Tok shilliqqurti hamdo’stlik davlatlarining Evropa qismi janubiy va g’arbiy rayonlarida keng tarqalgan. Uni uzumzorlarda, bog’larda va butazorlarda uchratish mumkin. U o’simliklarning bargi bilan oziqlanadi va qishloq xo’jalik o’simliklarining zararkunandasi hisoblanadi. Uiing tanasi ustki tomonidan mollyuskalarga xos bo’lgan uch qatlamli chig’anoq bilan qoplangan. Ularning chig’anog’i bir butun va o’ng tomonga qarab spiral shaklda buralgan bo’ladi. Shiliqqurtning tanasi bosh, ichki organlar joylashgai tana va oyoq qismidan iborat (1-rasm).
Bosh qismida ikki juft paypaslagichlar joylashgan. Ikkinchi juft paypaslagichlarning uchida bir juft ko’echalari bo’ladi. Ana shu ko’zlarжойлашган ўнг томонидаги пайпаслагичларининг асосида жинсий системанинг тешиги очилади.