Mashg’ulotni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun topshiriqlar
jadval
Izoh: Ko’rsatilgan belgilar qaysi populyatsiya uchun mos kelsa «•» bilan ifodalang.
Taqqoslovchi belgilar
|
Piyozli soy
|
Xumson atrofii
|
3. Chig’anoq tuzilishi:
a) konus tsilindrsimon
b) tuxumsimon – cho’ziq
v) tuxumsimon —tsiliidrsimon
|
|
|
4. Chig’anoq aylanalari soni:
a) 7-8
b) 7.5-8.5
v) 6-7
|
|
|
5. Chig’anoq og’zida tishsimon o’simtani rivojlanganligi
a) tishsimon o’simta rivojlanmagan
b) parietal va kolumellyar plastinka rivojlangan
v) angular plastinka rivojlangan, kolumellyar esa rivojlanmagan
|
|
|
6. Chig’anoq balandligi:
a) 8-15
b) 8-10
v) 5-9.7
|
|
|
Muhokama uchun savollar:
Chig’anoq og’zidagi tishsimon o’simta qanday hosil bo’ladi va uning vazifasi nimadan iborat?
Chig’anoq rangining o’zgarishida tashqi faktorlarnikg roli mavjudmi?
Pseudonapaeus albiplicala, Ps. relrodens turlarining ahamiyati nimadan iborat?
7-Amaliy mashg‘ulot
Pseudonapaeus retrodens va Ps. entoptyx turlarining chig’anoq tuzilishi va konxologik belgilar o’zgaruvchanligi. Pseudonapaeus retrodens anatomik tuzilishi.
Ishning maqsadi. Ps. retrodens turlarining konxologik belgilarining o’xshash va farqlarini anidlanadi Jinsiy organining tuzilishi o’rganiladi.
Tip-Mollyuskalar – Mollusca
Sinf-Qorinoyodlilar- Gastropoda
Kenja sinf-O’pkalilar- Pulmonata
Turkum - Poyachako’zlilir – Styllommatophora
Oila – Bulimlnldae
Kichik oila – Pseudonapaetnae
Urug’ — Pseudonapaeus
Tur - Pseudonapaeus retrodens
Kerakli jihozlar. Pseudonapaeus retrodens turlarining chiganoqlari, anatomiyasini aks ettiruvchi tablitsalar va fiksatsiya qilingan materiallar. Binokulyar, shtangentsirkul, yumshoq qisqichlar. jarrohlik qaychisi, parafinli vannachalar, entomologiya to’g’nog’ichlar, tomizg’ichlar, preparoval ninalar.
Ishning bajarilishi uchun qo’yilgan vazifalar. 1. Kollektsiya materiallaridan foydalanib chig’anoq tuzilishini o’rganib, ularning o’lchamlarini oling va farqlarni aniqlab, rasmini chizing. 2. Binokulyardan foydalanib, chig’anoq skulpturasini o’rganib, tuzilishini taqqoslang 3. Fiksatsiya qilingan materialdan foydalanib, Pseudonapaeus retrodens ning ichki organlarning joylashishini kuzatib, jinsiy organining tuzilishini o’rganib, uning rasmini chizing.
Ishning bajarilishi yuzasidan umumiy ma’lumot. Buluminidae oilasi vakillari boshqa oilalardan turlar sonining ko’pligi jihatidan ajralib turadi Hozirgi kunda MDH hududida bu oilaning 80 dan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular 33 urug va 8 ta kenja oilaga mansub. O’rga Osiyoda esa 2 ta (Pseudonapaeinae. Chondrulopsininae) kichik oila vakillari tarqalgan.
Pseudonapaeus retrodens turlari Pseudonapaeinae kichik oilasining Pseudonapaeus urug’iga mansub bo’lib, hozirgi kunda O’rta Osiyo hududida bu urug’ning 30 dan ortiq turlari keng tarqalgan.
Oxirgi 2-4 o’ramining kengligi bir xil. Chig’anoq asosan jigarrang bo’lib, yorug’ shulasimon ola-bula rang turli xil darajada rivojlangan Chig’anoq skulpgurasi ingichka yoki yo’g’on ajinsimon chiziklardan ba’zida qovurg’asimon tuzilishga ega.
Chig’anoq og’zi bir oz qiyshaygan qisqargan - ovalsimon, chetlarida keng lablar mavjud bo’lib, ular o’rtacha darajada orqaga o’girilgan.
Chig’anoq o’lchamlari: balanddigi 8- 15, katta diametri 3—5 mm.
Bu turning chig’anoqlari nihoyatda o’zgaruvchan bo’lgani uchun, konxologik belgilar: chokining chuqurligiga, chig’anoq og’zidagi tishsimon o’simtalarning qay darajada rivojlanganligiga, skulpturasining tuzilishiga, alohida z’tibor qaratish kerak.
Jinsiy organning tuzilishini o’rganish uchun ajratilib olingan organ parafinli vannachaga qo’yiladi va unga 70% foizln spirt eritmasi quyiladi Shundan so’ng binokulyar yordamida uning har bir qismi o’rganiladi.
O’rganishda urug’ qabul qilgich. o’simtasi, epifallus, appendiks qismlarining tuzilishining xarakterli xususiyatlariga alohida diqqat karatiladi.
Oqsil bezining oxirgi kismi qirqib olinganga o’xshaydi. urug’ yo’li epifallusning uch qismidan bir oe pastga joylashganki. shuni hisobiga qisqa «bich» hosil bo’lgan Epifallusniig o’rta qismiga joylashgan tsekum yaxshi rivojlangan. Penis tsilindirsimon tuzilishga ega bo’lib, uning ichida ikkn juft V—shaklga o’xshagan burmalar mavjud. Appendiksning hamma qismi yaxshi rivojlangan. Urug’ qabul qilgich yaxshi rivojlangan bo’lnb, u doimo o’zining qisqa bo’lsa ham, yo’liga ega. Urug’ qabul qilgich o’simtasi yaxshi rivojlangan bo’lib. oqsil bezigacha etib boradi.
Pseudonapaeus retrodensg’ 12-rasm) tog zonasida 2100 - 2500 m va undan balandlikdagi turli xil butali o’simliklar orasidagi toshlar ostida hayot kechirib, uning chig’anog’i tuxumsimon - tsilindr tuzilishiga ega. Yuqori qismi yaltiroq, chiganoq o’ramlari 7.5-8 ta bir oz bo’rtib chiqqan, oxirgisi og’iz qismiga bilinar-bilinmas darajada ko’tarilgan. Rangi och jigarrang yoki to’q jigarrang tuzilishga ega. Skulpturasi ingichka chiziqlardan tashkil topgan. Og’zi qisqargan ovalsimon, pastki qismi bir oz toraygan bo’lib, turli darajada rivojlangan 2—3 ta tishsimon o’simtasi mavjud. Og’iz chetlari o’tmaslashgan Chig’anoq o’lchamlari: balandligi 8-10, katta diametri 3-4 mm, sal qayrilgan bo’lib. yo’g’on oq lab mavjud.
rasm. Pseudonapacus retrodens niig chig’anog’i-A. jinsiy organ tuzilishi-B; yorilgan penis-V. Cho’- chig’anoq o’ramlarn, P- parietal tish, K-kolumellyar tish, A- lab, Ts- tsekum, B-bich, Uy- urug’ yo’li.
Oqsil bezi apikal qismidan kesilgan. Qinning pastki qismi 2-3 marta yuqorisiga qaraganda qisqaroq. Urug’ yo’li epifalus tugash qismidan bir oz orqarog’iga kelib qo’shiladi, natijada sharsimon bich hosil bo’lgan. Yaxshi rivojlangan tsekum tsilindirsimon epifallusning o’rta qismidan yuqoriroqqa joylashgats Penis tsilindirsimon tuzilishga ega bo’lib, uning ichida 2 juft V-shaklga o’xshagan burmalar mavjud(12-rasm,V). Appendiksning hamma qismi yaxshi rivojlangan bo’lib, penial retraktori penisni o’rtasiga, appendiks retraktorm esa A| (appendikis qismi) nnng yuqori qismining o’rtasiga joylashgan. Urug yo’li uzun. Urug qabul qilgich ovalsimon tuzilishga ega. Urug’ qabul qilgich o’simtasi yaxshi rivojlangan bo’lib, oqsil bezigacha etib boradi.
Mashg’ulotni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun topshiriqlar
2-jadval
Izoh: Ko’rsatilgan belgilar qaysi tur uchun mos kelsa «•» bilan ifodalang.
Taqqoslovchi belgilar
|
Pseudonapeeus albiphcata
|
Pseudonapeeus relrodens
|
1 .Sistematnkasi:
a) orculidae
b) Buliminidae
v) orculinae
g) laurinae
|
|
|
2. Chig’anoq tipi:
a) buliminoid
b) pupilloid
|
|
|
3. Chig’anoq tuzilishi:
a) konus tsilindrsimon
b) tsilindrsimon yoki ninatugmasimon
v) tuxumsimon – cho’ziq
g) tuxumsimon —tsiliidrsimon
|
|
|
4. Chig’anoq aylanalari soni:
a) 7-8
b) 7.5-8.5
v) 6-7
|
|
|
5. Chig’anoq og’zida tishsimon o’simtani rivojlanganligi
a) tishsimon o’simta rivojlanmagan
b) parietal va kolumellyar plastinka rivojlangan
v) angular plastinka rivojlangan, kolumellyar esa rivojlanmagan
|
|
|
6. Chig’anoq balandligi:
a) 8-15
b) 8-10
v) 5-9.7
|
|
|
Muhokama uchun savollar:
Chig’anoq og’zidagi tishsimon o’simta qanday hosil bo’ladi va uning vazifasi nimadan iborat?
Chig’anoq rangining o’zgarishida tashqi faktorlarnikg roli mavjudmi?
Pseudonapaeus relrodens turlarining ahamiyati nimadan iborat?
8-Amaliy mashg‘ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |