Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar



Download 50 Kb.
bet3/3
Sana18.02.2022
Hajmi50 Kb.
#450957
1   2   3
Bog'liq
O

Murakkablikning oshib borishi bilan pedagogik testlash modeli. Bilim sohasi qismi yoki bir qancha qismlari, ajratilgan qismlari bo‘yicha n ta vazifaga ega. Har bir vazifa murakkablik ajratgan darajasiga ega. Ti; i=1, 2, 3 … n.
Murakkablikning m darajasi mavjud. Testdagi vazifalarda qi­yinlikning barcha darajalari bo‘lishi shart. Bunda ko‘plab vazifalardan tasodifiy ko‘rinishda k ta vazifani tanlaydi (kTest vaqtini chegaralanishi bilan pedagogik testlash modeli. Bu test vaqtini chegaralanishi bilan pedagogik testlash modelida ko‘plab vazifalardan tasodifiy ko‘rinishda n ta vazifalarni tanlab oladi va test o‘tkazish uchun maksimum (tanlangan barcha vazifalarga javob berishni) vaqtni ko‘rsatadi. Testlash natijalari nafaqat o‘r­ganuvchilarni o‘sha vazifani bajarishini baholashi, balki be­rilgan vaqt o‘rganuvchilarning javob berishga ulgurishi ham kerak. Testning o‘zi klassik modellar, vazifaning murakkabligi yoki murakkablik jihatining oshib borishi bo‘yicha qurilgan bo‘lishi mumkin.
Bir qancha ishlarda vazifalar testlash vaqti shunday o‘rnatiladiki, murakkabligi oshishi bo‘yicha xatto eng kuchli o‘rganuvchi ham testdagi vazifalarning hech biriga javob berolmaydigan qilib saralanadi. Bu usul o‘rganuvchi ko‘z oldida, barcha vazifalarni darhol testlash blankalarida ko‘rgan vaqtida, taklifi qabul qilinadi. Buning tub mohiyati shundaki, o‘rganuvchi barcha vazifalarga javob berib bo‘lgandan keyin vaqt qolsa, o‘zining javoblaridan shubhalanib to‘g‘ri javobni noto‘g‘risiga almashtirib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun test vaqtini chegaralash yoki testdagi barcha vazifalarga javob berib bo‘lgandan keyin darhol blankalarning olib qo‘yilishi tavsiya etiladi.
O‘zlashtirish darajasi bo‘yicha vazifalar bo‘linishi bilan pe­dagogik testlash modeli. Test vazifalarini o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning 5 darajasining har biriga tuziladi. Boshida testlash 0 darajadan keyin 1, 2 va boshqalari bo‘yicha vazifalardan foydalanib o‘tkaziladi. Bir darajadan keyingi darajaga o‘tishdan oldin ushbu darajadagi o‘quv materiallarini egallagan darajasi hisoblanadi va keyingi dara­jaga o‘tish imkoniyati ko‘rsatiladi. O‘quv materialini egallagan bosqi­chi­ni o‘lchash uchun har bir darajaning koeffitsiyentidan foydalaniladi.
Vazifaga javob berish vaqti bilan pedagogik testlash modeli. Testlash natijalari har bir vazifaga javob berish vaqtini hisoblab ajratiladi. Bu vazifalarga mustaqil javob bermaganlik imkoniyatini hisobga olish uchun amalga oshirilgan: o‘rganuvchi javoblarni qo‘llanma yoki boshqa manbalardan topadi va barcha vazifaga to‘g‘ri javob beradi, lekin eng past ball to‘playdi. Boshqa tomondan, agar u boshqa chetki manbalardan foydalanmasa ham, biroq uzoq o‘ylab javob be­rishi uning nazariy bilimlarni yaxshi o‘zlashtirmaganligidan dalolat beradi, natijada hamma javob to‘g‘ri bo‘lsa ham, past baholanadi. Vaqt hisobi modeli vazifalar murakkabligi modeli bilan birgalikdagi asoslanib, testlash natijalarining ishonchliligini oshiradi.
Psixologik testlash modeli. Bu o‘rganuvchiga testli vazifalar ketma-ketligini ko‘rsatish va testlash natijalari bo‘yicha uning bilim darajasini ajratish uslubidir. Psixologik testlash modeli va pedago­gik testlash modeli bir-biridan farq qiladi. «O‘quv multimedia ilo­valari» maxsus o‘quv kursi dasturi o‘zida oliy va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonidagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilish sohala­ridagi mutaxassislarning malakasini va qo‘shimcha kasbiy bilimini oshirish majmuali dastur tarkibiy qismi sifatini jamlagan.
Xulosa qilib aytganda, elektron ta’lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o‘qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi tizimni ishlab chiqish, joriy etish va foydalanish muhim ahamiyatga molikdir.
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish