7.3. Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi
Наг xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xu-
susiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan
shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun
umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini
to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi. Kutubxona
fondini to ‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida
kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi)
dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va
tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Ma-
salan: universal kutubxonalarda ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot,
darsliklar, texnika adabiyotlari bo‘lsa, ilmiy kutubxonalar fondida
monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mav
jud bo‘ladi. Har xil tip va turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun
kitoblar tanlashda ham farq qiladi. Tanlab to‘ldirish fonddan foy-
dalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari
yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik
adabiyotlarini, tibbiyot kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni
to'liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va
turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar.
Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mav
jud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib
kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar
takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi.
Ilmiy kutubxona o‘qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga
topshirsa, universal kutubxona uni tezroq hisobdan chiqarishga
harakat qiladi. Fondni toidirish manbalari jihatidan ham ancha
farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa
134
(pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa ku-
tubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar.
Yuqoridagilardan m a’lumki, badiiy kitoblar fondning yarmi-
dan ko‘pini tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon
qiziqishiga mos keladiganini olish m a’qul. Kasaba kengashining
kutubxonalari, bolalar kutubxonalarini to‘ldirishda shu kutub-
xonalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kasa
ba kengashi kutubxonasi, odatda biron-bir korxona, tashkilotga,
alohida soha kishilariga xizmat qiladi. Ushbu kutubxonada ham
nashrlarni ko‘p qismi badiiy adabiyot bo‘lib qolishi bilan birga,
ushbu korxonaning profiliga oid kitoblar bo‘lishi mumkin. Kitob
olishda ular boshqa kutubxonalar bilan muvofiqlashib, kelishib
olishlari lozim.
Ilmiy kutubxonalar o‘z fondini butlashning xilma-xil
yo‘llaridan foydalanadi. Yirik ilmiy kutubxonalar majburiy nusxa
olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham kitob xarid qiladi.
Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli, davom eta-
digan va ko‘p tomli nashrlarni to‘liq to‘plashi lozim.
Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishiga
qarab kitob, jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar
va hokazolarni oladi. Strukturali bo‘lim lar kitob taqsimlashning
aniq rejasiga rioya qiladi. Bu kutubxonalar faqatgina yangi ada-
biyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko‘ra ilgari nashr qilingan
kitoblarga ham ko‘proq ahamiyat beradi.
Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko‘p sohali akademiyalar,
oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi. Ular fan-
texnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy ax-
borot berish markazlari bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali ilmiy
kutubxonalar fondini butlashning xususiyatlaridan biri— har bir
mavzu bo'yicha kerakli kitoblarni olishdir. Chunki mazkur ku
tubxonalar mana shu sohadagi kitobxonlarga axborot markazi
sifatida xizmat qiladi. Masalan: Respublika ilmiy-texnika ku
tubxonasi yoki Kibernetika instituti kutubxonasi va hokazo.
Bunday kutubxonalar nafaqat axborot beradi, balki faktografik
ma’lumotlar ham berishga qodir. Natijada bu kutubxonalar mu-
taxassislar uchun katta axborot tizimiga ega bo‘lgan oz tirajli
135
buyurtmali va bepul nashrlarga ham alohida ahamiyat beradilar.
Shunga muvofiq kitob va jurnal fondidan tashqari ko‘p sohali
kutubxonalar maxsus sanoat kataloglarini, xorijiy ilmiy va il-
miy-texnika adabiyotlar tarjimalarining, idoraviy adabiyotlar-
ning, algoritmlar ham da dasturiy mahsulotlarning, ba’zan e’lon
qilinmaydigan materiallarning kam nusxali fondlarini ham tash
kil etadilar. Oz nusxali majburiy nusxalar (pullik va bepul) ko‘p
sohali kutubxonalarni butlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘p sohali kutubxonalar xorijiy adabiyotlardan birinchi nav-
batda chet eldagi fan yutuqlari to‘g‘risida yakuniy materiallarni
olishga harakat qiladilar. Bunda, albatta, monografiyalar, ilmiy
tadqiqot muassasalari, konferensiya, simpozium materiallarini
sotib olishga qiziqadilar.
0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni
butlash xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir ne-
cha o‘n yilliklar davomida markazlashgan sharoitda ishlamoqda.
Akademiya muassasalari barcha fan va bilim sohalarini qamrab
oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar
mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademi
yasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo'lib, u
olimlarning faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Butlashning bunday
takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas. Fanlar akademi-
yasining asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy
adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy konferensiya, kengashlar
materiallari, m a’lumot va noyob nashrlar, qo‘lyozmalar jamlanadi.
Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan
farq qilib, o‘z sohasiga oid va ma’lumot xarakteridagi adabiyot-
larni oladi.Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy nashrlar bilan
butlashda qator o‘ziga xoslikka ega. Bu ancha murakkab jarayon,
chunki juda katta miqdordagi jahon bosma adabiyotlari bilan
ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, vaqtli bosma nashrlarni
sotib olish butlashda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Xorijda har
yili hamma sohalarga oid 150—200 yangi nomda jurnallar paydo
bo‘ladi, ularning ichidan keragini tanlab olish ancha mushkul.
Oliy o‘quv yurti kutubxonalarining fondlarini butlashda maz
kur kutubxonalarning o‘ziga xos vazifalari o‘quv-tarbiya jarayoni,
136
talaba va o‘qituvchilarni zarur kitoblar bilan ta’minlash zarurati
bilan belgilanadi. Bundan tashqari mazkur kutubxonalar talabani
komil inson va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun ham
qayg‘uradi. M azkur kutubxona fondida shu o‘quv yurtining so-
hasi bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali manbalar ham
to‘planadi. Bundan tashqari mazkur kutubxona maxsus, ilmiy,
texnika, badiiy hamda m a’lumot nashrlarini ham oladi. Keyingi
yillarda bu kutubxona fondlari sezilarli ravishda o‘zgarmoqda,
ya’ni mazkur sohaga oid ilmiy nashrlar bilan birgalikda axborot
vositalari ham olinmoqda. Ayniqsa, o‘quv adabiyotlariga katta
ahamiyat berilmoqda. Odatda, har bir talabaga o‘quv predmeti
bo‘yicha bittadan (1:1) kitob, qo‘shimcha adabiyotlar (1:2) bo‘lishi
lozim. Mazkur kutubxona o‘z fondini butlashda kafedralar,
o‘qituvchilar, talabalar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim.
Bundan tashqari o‘quv jarayonining o‘zgarishi, yangi predmet-
larning joriy qilinishi, darsliklarning yetishmasligi yoki yaratil-
maganligi kabi muammolarni hal qilishga tayyor turishi lozim.
Ilmiy-texnika axborot-kutubxona muassasalari fondlari asosan
xodimlar malakasini oshirish hamda mehnatning ilg‘or usulla-
rini o‘zlashtirishda ishlab chiqarishga yordam berish, texnika-
ning umumiy masalalari bo‘yicha adabiyotlarni targ‘ib qilishga
moslashgan. Bu kutubxonalar, odatda ilmiy-texnika axboroti
tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllangan adabiyot tanlashda
o‘ziga xos turlar: standartlar, sanoat kataloglari, ixtirolar tavsifi va
hokazolarga ahamiyat beradi. Odatda texnika adabiyotlari tez es-
kirib yangilanib turadi, natijada mazkur kutubxona fondlari ham
shunga monand bo‘ladi.
Hozirgi davrda texnika axborot-kutubxona muassasalarining
tor ixtisoslashgan fondlari tematikani kengaytirish tendensiyasiga
ega va bu qonuniydir, chunki ayrim masalalarni ishlab chiqish
fan va texnikaning yondosh tarmoqlariga doir axborotlardan foy-
dalanishni talab qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |