Rukn: Qiziqarli faktlar



Download 324,18 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2022
Hajmi324,18 Kb.
#449580
1   2
Bog'liq
Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida

Ericsson T39 — Bluetooth qollab-quvvatlagan birinchi telefon 2000-yilda yaratilgan.
Texnologiya radioto‘lqinlardan foydalanishda ISM-diapazoniga (Industry, Science and Medicine) bog‘liq, 2,4–2,4835 GGts diapazonini litsenziualashdan erkin foydalanadi, unda o‘zgaruvchan qayta quriluvchi chastotalar (Frequency Hopping Spread Spectrum, FHSS) spektrini kengaytirish usuli qo‘llaniladi. Chastotalar orasida ketma-ket psevdotasodifiy ishga tushish xususiyati evaziga yonma-yon turgan bir necha qurilmalar xalaqitsiz tekis ishlaydi. Bluetooth 1.0 versiyasi 1998-yilda tayyor bo‘lgandi, biroq turli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari o‘rtasidagi yomon moslashuv turli muammolar yuzaga kelishining sababchisi bo‘ldli. Keyinchalik 1.1 versiyasida qator xatoliklar to‘g‘rilandi hamda qabul qilinadigan signallar quvvatli indikasiyasini olishga erishildi. Muvofiqlashtirish muammosini IEEE ishchi guruhi Bluetooth 1.2 versiyasi standartizatsiyada hal qildi. 2004-yilda ishlab chiqarilgan 2.0 versiyasi tezligi, Enhanced Data Rate (EDR) ma’lumotlar uzatish tezligini oshirish texnologiyasi evaziga 2,1 Mbit/s.ga yetdi, bazaviy tezligi esa 1.1 Mbit/s.ni tashkil etdi. 2007-yilda 2.1 qurilmasida batareya quvvati anchha tejaldi. 2009-yilda HS texnologiyasidagi Bluetooth 3.0 tezligi nazariy jihatdan 24 Mbit/s.gacha yetishiga erishildi.
Hozirgi vaqtgacha qurilmaning ilg‘or versiyasi Bluetooth 4.2. bo‘lgandi. Olib yuriladigan qurilmalar smartfon qo‘llab-quvvatlovisiz mazkur versiya shunchaki ishlamaydi. Keyinroq Bluetooth 4.2 ning o‘rniga Bluetooth 5. ArsTechnica paydo bo‘ldi. Bluetooth SIG ijrochi direktori Mark Pauell yangi standart tezligi 4.2ga solishtirganda 2 marta, ta’sir radiusi — 4 marta ortadi, shuningdek, «keng xabar beruvchi paketlar uchun ancha katta imkoniyatga egalik imkonini beradi» — deya ta’kidlaydi. Hozir 4.2 versiyasida bunday paketlar ma’lumotlar yozish uchun 31dan 47 bayt o‘lchamga ega. Hozircha yangi versiya qanchalik kattalashishi ma’lum emas. Paketlarni noma’lum manzil egalariga uzatish imkoniyati ixcham uzatish moslamalariga ega keng foydalaniladigan «mayoqchalar» deb nomlangan qurilmalarni o‘rnatmay, bino ichida GPS tizimini almashtirmay turib, joylashgan joyi haqida axborot, reklama va boshqa ma’lumotlarning mahalliy joylashgan joyiga bog‘liq axborotlar, masalan, ko‘rgazma eksponatlari haqida ma’lumotlarni muntazam ravishda uzatishi mumkin. Ehtimol, dastlabki Bluetooth 5.0 qurilmalari 2017-yilning boshida paydo bo‘lishi mumkin. Ulardan tezlikni oshirish va energiyadan samarali foydalansh uchun «aqlli uy» va olib yuriladigan qurilmalar yangi gadjetlarida foydalanish mumkin.
Butun dunyoda ilg’or texnologiyalar jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni kunlarda «Blyutus» qurilmasi ham o’ziga xos o’ringa egadir. Eriksson zavodida mehnat qiladigan Yaap Xartsenni blyutusning otasi, deb atashadi. Aynan Xartsen uni ixtiro qilgan.

Ilk marta blyutus 1994 yili paydo bo’ldi. Yangilik tez sur’atlar bilan ishlab chiqarishga joriy etildi. Bugungi kunda avtomobil, kompyuter, smartfonlarni blyutussiz tasavvur qilish qiyin. Ma’lumotlarga ko’ra, ikki yil avval butun jahonda blyutus o’rnatilgan 2 milliardga yaqin qurilma sotilgan. Har yili ushbu mahsulotlarni sotish miqdori 35 foizga ortishini qo’shimcha qilish joiz. Ixtiro qilinganidan buyon uning ko’rinishi va o’lchamlari takomillashib bordi. Bu o’rinda «Vay-fay» tizimi undan nimasi bilan farq qiladi, degan savol ham vujudga kelishi tabiiy. Ta’biri joiz bo’lsa, ular yaqin qarindosh hisoblanadi.



Garchi vay-fay va blyutus bir xil spektrga ega bo’lgan to’lqin tarqatgichdan foydalansa ham ular bir-biri bilan munosabatga kirisha olmaydilar. Noutbuk, smartfonlarga blyutus ham, «Vay-fay» tizimi ham o’rnatiladi. Lekin ular turli jabhada qo’llaniladi. «Vay-fay» internet tarmog’iga ulanish, ma’lumotlarni qidirish uchun xizmat qiladi. Blyutus esa klaviatura, musiqani tinglash kabi vazifalarni bajaradi.

Blyutus nomi qiziq tarixga ega. X asrda Daniya qiroli bo’lgan Garold I «Garold ko’k tish» laqabiga ega edi. Ushbu qirol butun Skandinaviyani birlashtirishga muvaffaq bo’lgandi. Ayni paytda esa blyutus ko’plab elektron qurilmalarni o’zaro bog’lash imkoniyatiga egadir. Boz ustiga foydalanuvchilar uning yordamida ma’lumotlar ham almashadilar. 49 yoshli Yaap Xartsen esa muhandis ma’lumotiga ega bo’lib, butun umrini elektronika sohasiga bag’ishlagan. Uning nomzodi Evropada yilning eng yaxshi ixtirochisi tanloviga qo’yilgan.
Download 324,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish