Rukn: Qiziqarli faktlar



Download 324,18 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2022
Hajmi324,18 Kb.
#449580
  1   2
Bog'liq
Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida


Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida
30.12.2016
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid tarixiy voqealar va qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etamiz. Navbatdagi sahifamiz Bluetooth texnologiyasiga bag‘ishlanadi.
Bluetooth texnologiyasi xay-tek sohasi uchun nisbatan uzun tarixga ega. Mazkur simsiz texnologiya biznes-muhitda foydalanishda afzallikka ega, biroq kam tarqalgan standartdan boshlab, asta ommaviy segmentga joriy etilgan. Bugungi kun bozorida Bluetooth-interfeysga ega ko‘plab simsiz dinamiklar, naushniklar, manipulyatorlar, klaviaturalar va boshqa qurilmalar mavjud. Standartning eng oxirgi versiyalari paydo bo‘lishi bilan Bluetoothning sohada yanada mustahkam o‘rin egallashini tasdiqlovchi ko‘plab qiziqarli yangiliklar taqdim etilmoqda.
Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi

«Bluetooth’ning otasi» Yap Xarsten (Jaap Haarsten) bo‘lib, Ericsson kompaniyasida ishlagan davrida, ya’ni 1994-yildayoq, yangi texnologiyalarni ilgari sura boshlagandi. Yap Xarsten Bluetooth’ni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida eng yaqin qurilmagacha masofani aniqlashdagi funksiyasini aniqla­gan. Yap­ning fikriga ko‘ra, texnologiyalar zamonaviy olamda kom­munikatsiya va joylashgan joyni bilishning mujassam ilg‘or funksiyalarini yaratish uchun ajralmas shart bo‘lib hisoblanadi. Masalan, noutbugingizdagi nimanidir bosib chiqarishni xohlasangiz, qidiruv asosida bir necha qurilmani topishingiz mumkin, biroq bundan foyda kam bo‘ladi. Agar foydalanuvchi, masalan, 5 metr maso­fada printer mavjudligidan boxabar bo‘lsa, bu juda yaxshi natijadir.
Bozorda Bluetoothga ega ko‘plab qurilmalar mavjud
Yap Xarstenning ma’lum qilishicha, undan ko‘pchilik qachon bo‘lsa ham hayotning barcha holatlari uchun va mavjud simli texnologiyalarni surib chiqara oladigan simsiz texnologiya yaratilishi mumkinmi, deb so‘raydilar. Yapning fikricha, yaqin orada bunday texnologiya yaratilmasa kerak. Hozirda mobil simsiz texnologiya uchun uch asosiy soha mavjud — katta maydonni qoplab oluvchi texnologiya, simsiz LAN va Bluetooth kabi personal tarmoqlar. Mazkur tizimlarning har biri o‘z vazifasini yaxshi bajaradi. Biroq barcha talablarga javob bera oladigan bir universal tizimni yaratish juda qiyin. Internet narsalar soha oldiga alohida talablarni qo‘yadi. Kelajakda bir kvadrat kilometrda millionlab IoT-qurilmalarga ega bo‘lamiz. Ular o‘zaro bir-birlari bilan qanday muloqot qiladilar? Xarstenning fikricha, bu borada router Cassia Hub-Bluetooth kabi qurilmalar istiqbolli bo‘lib ko‘rinadi. Ma’lumki, slave-qurilmalari­ning soni o‘sib bormoqda, foydalanuvchilar uchun ham barcha narchalarni birlashtira oladigan shunday xablar zarur.

Albatta, Yap Bluetooth tarixi haqida ham to‘xtalib o‘tgan, 1994-yilda undan ovos va ma’lumotlarni uzata oladigan raqamli simsiz tizim ishlab chiqishini so‘rab murojaat etadilar. Shu sababli Xarsten zamonaviy va shu bilan birga, yaqin radius ta’siriga ega texnolo­giyalar ustida tadqiqot yuritdi. Ko‘plab tizimlar juda murakkab, ko‘p energiya talab etar, bundan tashqari, ixcham edi. DECT kabi tizimlar bazoviy stansiya infrastrukturasi va uning atrofidagi qurilmalar talab etilganligi sababli to‘g‘ri kelmadi. Biroq oldinda teng bog‘lamali oraliq stansiyalarsiz aloqa o‘rnata oladigan peer-tarmoq yaratish vazifasi turardi. Mazmunan Bluetooth’ga eng yaqin qurilmalar bu bolalikdan ko‘pchilikka tanish «walkie-talkie» so‘zlashuv ratsiyalari edi. Biroq ularda faqat ikki qurilma o‘rtasida muloqot imkoniyati ko‘zda tutilgandi. Xarsten Bluetooth’ni taqdim etganida, bu qurilma «walkie-talkie»ga o‘xshash, faqat jahon mi­qyosidagi qu­rilmadir degandi. Aslida, aloqa modulining ta’sir radiusida bo‘lgan har qanday qurilmalarda o‘zaro muloqot qilish mumkin.
Bu boradagi ishlar 1994-yilda boshlandi va standart yaratuvchilari ilgari hech kim amalga oshirmagan bir chipda bajarish zarur bo‘lgan kelishuvga juda tez keldilar. Nihoyat uch yildan keyin ular o‘ylagan g‘oyalarini amalga oshirishga erishdilar. Ishlanma ustida faoliyat yuritgan bo‘linmalar rahbarlari bir kompaniya standarti sifatida bunday texnologiyani jahon bozoriga olib chiqishning uddasidan chiqolmasligi, balki butun ekotizim zarurligini tushunib yetdilar. Shu sababli 1997-yilda ular faol tarzda o‘zlariga hamkor izlay boshladilar. Loyihaga Nokia, Intel, Toshiba, IBM kompaniya­lari qo‘shildi. Beshta kompaniya birgalikda Bluetooth SIG texnologiyasiga asos soldi. Faqat shundan keyingina dastlabki final spetsifikatsiyasi paydo bo‘ldi.
Manba: www.engadget.com
4 marta uzun va 2 marta tezkor — Bluetooth 5.0
Bluetooth SIG ijrochi direktori standartning yangi versiyasini ma’lum qildi. Kompaniya marketologlar fikriga tayanib, Bluetooth 5 versiyasini oddiylashtirib, odatdagidek emas, balki nuqtasisiz nomlashga qaror qilindi. Shunisi qiziqki, yangi versiya aloqani Bluetooth 4.2. ga nisbatan ikki marta tez ta’minlaydi, ta’sir radiusi esa to‘rt marta ortadi. Yana bir muhim yangiligi keng ma’lumotlar uza­tuvchi paketlar (advertising packet) funksiyasi o‘rnatilganligidir: Bluetooth-qurilmalar u bilan bog‘liq bo‘lmagan gadjet orqali oshib boradigan axborot qismlarini jo‘nata oladi.
APD: ko‘rsatkichlari sozlandi — Bluetooth SIG ma’lumotiga ko‘ra, yangilikda xatoga yo‘l qo‘yilgandi: dastlabki ma’lumotida ko‘rsatilganidek emas, balki aksincha radiusi 4 marta, tezligi esa 2 marta oshirildi.

1994-yildan boshlab Bluetooth texnologiyasi RS-232 kabelining o‘rniga simsiz texnologiya sifatida ishlab chiqarila boshlagan. Bu Ericsson bo‘lib, shved kompaniyasining ildizlari uning nomi va logotipida namoyon etilgandi: BlueTooth atamasi Xarald I Sinezubiy nomidan, logotipi esa skandinaviya run «xaglaz» va «berkana» belgilaridan kelib chiqqandi. Da­niya qirolining— «Birlashtiruvchi» degan ik­kinchi nomi sharafiga shu nom bilan atalgandi. Bluetooth qurilmasidan kompyuterlar va at­rofdagi qurilmalardan, o‘yin pristavkalari va joystiklar, telefonlar hamda garnituralar, naushniklar, aqlli qurilmalardan ma’lumotlar uzatishda foydalaniladi. Ayrim foydalanuvchilar xali-xanus Bluetoothdan foydalanib, musiqa va suratlarni telefondan telefonga o‘tkazishni yoddan chiqarmagan bo‘lsalar ajabmas.


Download 324,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish