8.1. Transport pog‘onasi
Transport pog‘onasi (Transport layer) – bu pog‘ona ilovalarga yoki stekning yuqori pog‘onalariga ma’lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlab beradi. Transport pog‘onasi tomonidan xizmat ko‘rsatishning besh xil sinfi mavjud:
1. Tezkorlik.
2. Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
3. Bir-nechta har xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog‘lab, ularni ishlashini ta’minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo‘l transportida har xil yuklar ortilgan vagonlarni bir poezdga birlashtirib manzilga etkazib berishga o‘xshaydi.
4. Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
5. Ma’lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xolatlar – ma’lumotlarni yo‘l davomida o‘chib ketishi, yo‘qolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
Transport pog‘onasi va undan yuqorida joylashgan pog‘onalar protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va uzellarning) dasturiy vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi dasturlar tomonidan amalga oshiriladi. Transport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.
Transport pog‘onasining asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda, yo‘qotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan etkazib berishdir. Ushbu pog‘onada ma’lumotlar qayta taxlanadi: uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi. Shu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi. Transport pog‘onasida qabul qiluvchi tomonidan ma’lumotlari qabul qilinganligi xaqida tasdiq signali yuboriladi.
Transport pog‘onasi oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi va paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni xal qilishda ishtirok etadi. Transport pog‘onasi xizmat sinfini tanlash, bir tomondan, transport pog‘onasidan yuqori pog‘onadagi qo‘llanish dasturlar va protokollari tomonidan ishonchlilikni ta’minlash, ikkinchi tomondan esa, quyi joylashgan tarmoq, kanal va fizik pog‘onalarining ma’lumotlarini tarmoqqa uzatish tizimi qanchalik ishonchli ekanligiga bog‘liq.
Qoidaga binoan, transport pog‘onasidan boshlab yuqoridagi barcha protokollar, tarmoqdagi oxirgi tugunlarning dasturiy vositalari – ularning tarmoq operatsion tizimlarining komponentlari tomonidan amalga oshiriladi. Transport protokollariga: TCP/IP stekining TCP va UDP protokollari misol bo‘la oladi.
Internet ikkita asosiy protokollarga asoslangan – IP protokoli va TCP protokoli. TCP va IP, shuningdek bir qator kuzatuvchi protokollarning yig‘indisi TCP/IP Internet protokollar steki sifatida aniqlanadi.
TCP/IP bazasidagi turli tarmoqlar, Internet muxitini shakllantirib IP marshrutizatorlar yordamida bir-biri bilan ulanadi.
IP protokoli IETF modelini uchinchi satxida joylashgan va bu protokolni funksiyasi OSI modeli transport protokollari funksiyalariga o‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: |