Rukn: Mobil aloqa



Download 2,63 Mb.
bet38/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

3.5. PON texnologiyasi

 

 Abonentlar sonini oshishi bilan birgalikda uzluksiz oshayotgan turli talablarga ega bo‘lgan abonentlar uchun multiservisli tarmoqlarni qurishda optimal echimni izlash, FSAN (Full Services Access Network group) konsorsiumini yaratishga olib keldi. FSAN tashabbuskori va qatnashchilari yirik aloqa operatorlari va telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bo‘lib qoldi.



FSAN konsorsiumi 1995 yilda yaratilgan, 2001 yilda esa EFMA (Ethernet in the First Mile Alliance) birlashmasi paydo bo‘ldi. Bu ikkala tashkilotning asosiy vazifasi passiv optik tarmoq (PON, Passive Optical Networking) texnologiyalarining yangisini rivojlantirishdan iborat.  Buning ma’nosi quyidagicha: optik liniya yakuni (OLT) va optik tarmoq yakuni (ONT) orasida daraxtsimon tuzilishda passiv optik tarmoq tashkil etishdan iborat. “Daraxt” uzellarida pasiv optik tarmoqlagichlar (splitterlar) o‘rnatiladi.

FSAN, ATM transporti yacheykalari bazasiga asoslangan PON texnologiyasi uchun standartlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. EFMA, EPON (Ethernet PON) texnologiyasini standartlashtirish bo‘yicha ishlar olib boradi. Hozirgi kunda bu standartlar juda aktual hisoblanadi, chunki  10 Gbit/s gacha zich tezlikli standartlar paydo bo‘lmoqda. Shuningdek juda muxim Full Duplex Ethernet IEEE 802.3 standart paydo bo‘ldi. Bu standart aytib bo‘lmaydigan darajada kechikish muammolarini hal qilish va multiservisli xizmatlarning yangi imkoniyatlarini tashkillashtirishni engillashtiradi.

Bugungi kunda Ethernet keng tarqalgan. Aytishlaricha, dunyoda ekspluatatsiya qilinayotgan lokal tarmoqlarning 95 %, 320 mln dan ortiq portlar soniga ega va ular Ethernet standartini qo‘llaydi.

Hozirgi vaqtda Ethernet texnologiyasi, axborotlarni uzatish tezligi nuqtai nazaridan bo‘lgani kabi shiddatli rivojlanish va yangi interfeyslarni standartlashtirish nuqtai nazaridan ham afzalliklarga ega.  Ethernet tarmoqlari xizmat ko‘rsatishda va boshqarishda sodda, narxi past va ancha keng tarqalgan texnologiyalardan hisoblanadi. 

1998 yil oktyabrida XEAI-T G.983.1 (ATM transport yacheykalariga asoslangan PON) tavsiyasi paydo bo‘ldi va u APON deb nomlandi. APON tarmog‘i bo‘ylab uzatish tezligi 622 Mbit/s gacha. 2001 yil martda quyidagi G.983.3 tavsiya chiqdi, bu tavsiya kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo‘lgan PONni standartlashtirdi va unga BPON (Broadband PON) nomini berishdi.

PON texnologiyasi yangi funksiyalar bilan to‘ldirildi [3]:

      ovoz, video, ma’lumotlarni uzatish imkoni tug‘ildi; ishlab chiqaruvchilar magistral tarmoqqa ulanish uchun OLT qurilmasiga va abonent tomonga ulanish uchun ONT qurilmasiga mos keluvchi interfeyslarni qo‘shishdi;

      spektral diapazonni kengaytirish imkoni mavjud;

      bir daraxt sharoitida boshqa to‘lqin uzunliklarida qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi masalan uchunchi to‘lqin uzunligida keng eshittirishli televidenie.

APON/BPON, xar xil turdagi ilovalar va ONT orasida o‘tkazuvchanlik polasasini dinamik taqsimlashi DBA (Dynamic Bandwidth Allocation) mumkin va keng polasali kabi tor polasali xizmatlarni ham taqdim etadi.

APON/BPON quyidagi  interfeyslarni qo‘llab-quvvatlaydi:

      magistral uchun — SDH (STM-1), ATM (STM-1/4), Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, video(SDI PAL);

      abonent uchun — El (G.703), Ethernet 10/100Base-TX, telefoniya (FXS).

EPON texnologiyasining (APON/BPONlar bilan solishtirganda) asosiy xususiyati shundan iboratki, EPON daraxti ichida fragmentsiz (yacheykalarga yoki freymga ajratishsiz) Ethernet kadrlari uzatiladi.

EPON arxitekturasi, foydalanuvchigacha (uygacha, xonadongacha, ofisgacha) bevosita optik tolali kanalni tashkillashtirish masalasini echish imkonini beradi.  Mazkur texnologiya IP protokollari uchun maksimal optimallashtirilgan va Internetga ulanish uchun uncha qimmat bo‘lmagan keng polasali transportni tashkillashtirishda yaxshi echim hisoblanadi  (3.11-rasm).

Oldin aytib o‘tganimizdek EPON texnologiyasining muhim xususiyati, Ethernet kadri fragmentining mavjud emasligidadir. Bu kanalni o‘tkazuvchanlik polasasini oshiradi.

Agar operator IP protokoli bazasida tarmoqni qurish masalasini hal etgan bo‘lsa, bunday tarmoqni EPON texnologiyasi asosida qurish “oxirgi mil” masalasini hal qiladi.

 

3.11-rasm. EPON texnologiyasini qo‘llash

Hozirgi paytda IP EPON protokoliga o‘tishda  buni progressiv texnologiya deyish mumkin. EPONni quyidagi yaxshi tomonlarini ajratish mumkin:

      kanal bo‘ylab dastlabki  Ethernet-paketlari uzatiladi;

      sodda va uncha qimmat bo‘lmagan boshqaruvni ta’minlaydi;

      Ethernet-kommutatsiyalashda ma’lum bir afzalliklarga ega,  masalan IP protokollari bilan to‘liq moslashadi, TLS, Broadcast, Multicast, IGMR funksiyalarini qo‘llab-quvvalaydi, IPTV ni qo‘llab-quvvatlash yaxshi tashkil etilgan ayniqsa masshtabli  installyasiyada.

Shunday qilib, EPON uncha qimmat bo‘lmagan Ethernet qurilmasini va optik tolali infrastrukturani birlashtiradi, bu esa kelajakda NGN transport tarmoqlarini qurishda muhim hisoblanadi.

GPON texnologisini APON/BPON texnologiyalarini organik rivojlanishi kabi qarash mumkin. XEAI-Nning G.984.3 tavsiyasi bo‘yicha GPON standarti 2003 yil oktyabrda qabul qilingan. GPON, 2,5 Gbit/s gacha tezlikda moslashuvchan kadrlar strukturasini qo‘llaydi. PON daraxti qo‘llaniladigan qurilmada bir xil va turli tezlikli to‘g‘ri va teskari oqimni qo‘llash mumkin. GPON XEAI-T ning G.704.1 GFP (Generic Framing Protocol, kadrlarning umumiy protokoli) standartiga asoslangan. U sinxron transportning har xil turdagi xizmatlar protokolini (TDM bilan birga) uzatish imkonini beradi.

GPONning kamchiligiga, ko‘p satxli tizimning va boshqarishning  murakkabligini aytish mumkin. Bu  EPON bilan solishtirganda ancha qimmatga tushadi.



PON texnologiyasining afzalligi:.

      optik tolalarni etarli darajada tejash va shunga mos holda xarajatlarning kamayishi;

      optik tolalardan samarali foydalanish;

      yangi abonentlarni tez va oson ulash;

      100 Mbit/s  va undan yuqori tezlikda Internetga ulanish;

      uydagi kompyuterlarni Internetga ulashda xarajatlarning kamligi.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish