3.2.4.xWDM texnologiyalari
Turli to‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash texnologiyalarining tanlovi turli mavjud magistral texnologiyalari SDH, ATM, Gigabit Ethernet va boshqalarning trafigini uzoq masofaga va yuqori darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni ta’minlovchi universal transport muhitini qurish zaruriyati bo‘lganda asoslidir. Qoidaga muvofiq xWDM tarmoqlari trafikning sezilarli oshishida SDH/ATM tarmoqlarining mantiqiy rivojlanishi hisoblanadi.
xWDM texnologiyalarining rivojlanishini to‘htatib turgan asosiy kamchiligi, dastlabki bosqichda qurilmalarning narxini qimmatligidir. Ko‘pgina mamlakatlarda xWDM magistrallariga talab uncha katta emas. Bu asosan shaharda yirik operatorlar soni ko‘pligi, xozirgi kunda shahar tarmoqlarida xWDM magistralida qo‘llaniladigan yirik invistitsiyalarning tayyor emasligi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |