3.1.1. Kirish texnologiyalari sinflari
Hozirgi vaqtda, kirish tarmoqlarini takomillashtirish uchun aloqa tarmoqlari operatorlari turli texnologiyalardan foydalanishlari mumkin.
3.2-rasm. Qo‘llaniladigan uzatish muxitiga bog‘liq holda kirish texnologiyalarining sinflari
Qo‘llaniladigan uzatish muxitiga bog‘liq holda ularning sinflari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Kirish tarmoqlarini takomillashtirish uchun juda ko‘p texnologiyalar ishlab chiqilgan, biroq UFTf operatorlari shak-shubxasizki iqtisodiy ziyraklik bilan ikki simli fizik zanjirlarni almashlashga shoshilishmayotirlar. Yangi kirish texnologiyalarini xar xil usullar bilan sinflash mumkin. SHunday usullarning biri texnologiyalarni ikki guruxga bo‘lish hisoblanadi.
Birinchi guruxga ikki simli fizik zanjirlarni (to‘liq yoki qisman) qo‘llovchi texnologiyalar kiradi.
Ikkinchi guruxi bunga o‘xshash imkoniyatlarni qarab chiqmaydi. Yangi texnologiyalarning bunday sinflanishi 3.3- rasmda ko‘rsatilgan.
3.3-rasm. Ikki gurux bo‘yicha yangi kirish texnologiyalarining sinflanishi
Birinchi guruxni hosil qiluvchi texnologiyalar ikki nuqtai nazardan qiziqarli. Birinchidan, ular NGN tarmoqlarining bir qator yangi infokommunikatsiya xizmatlarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Ikkinchidan, bu texnologiyalar kirish tarmoqlarini takomillashtirish xarajatlarini kamaytiradi, xattoki yangi xizmat to‘lovlariga ehtiyoj bo‘lmasa ham.
Hozirgi vaqtda ADSL qurilmalari yaratadigan assimetrik raqamli traktlar ancha ommobop hisoblanadi. Bu qarab chiqilayotgan texnologiya oilasining asosiy qo‘llanish soxasi Internetga ulanishdir. Kelajakda SHDSL qurilmalari tomonidan yaratiladigan simmetrik traktlar ancha faol qo‘llaniladi. Ularni qo‘llanilishiga namunaviy misol yagona tarmoqda bitta kompaniyaning tarqoq ofislarini birlashtirish bo‘lishi mumkin.
Birinchi gurux FTTx texnologiyasida “X” nuqtadan keyin ikki simli fizik zanjir qo‘llaniladi. Bunday usulda kirish tarmoqlarini qurish, iqtisodiy tejamli bo‘lishi mumkin, agar “X” nuqtada raqamli kommutatsiya stansiyasining ko‘chma konsentratori o‘rnatilsa. Agar ayrim foydalanuvchilarga keng polosali kirish zarur bo‘lsa, unda bunday imkoniyatni FTTx va xDSL texnologiyalari birgalikda ta’minlashi mumkin.
Ayrim hollarda (ko‘p hollarda qishloq joylarda) simsiz abonent liniyalarining (Wireless Local Loop, WLL) texnologiyalarini fizik zanjir bilan birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiq. WLL texnologiyasining bir qancha turlari mavjud, ular bir-biridan kanallarni ajratish (chastotaviy, vaqtli va kodli) usullari va boshqa xarakteristikalari bilan farq qiladi.
Ikkinchi guruxga kiruvchi texnologiyalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: simli (wireline) va simsiz (wireless). Birinchi turdagi texnologiyalar uchun 3.3-rasmda to‘rtta misol keltirilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
FTTx, foydalanuvchi binosida joylashgan tarmoqgacha optik tola olib borish uchun mo‘ljallangan;
“tola-koaksial” aralash muhit, HFC (Hybrid Fibre-Coaxial) abbreviaturasi bo‘yicha ishlab chiqilgan va kabelli televidenie operatorlari tomonidan qo‘llanilgan;
passiv optik tarmoq PON (Passive Optical Network), patensial mijozlarning bir nechta guruxi uchun keng polosali xizmatlarni ta’minlaydi;
PLC (Power Line Communication) texnologiyasi, ulanish tarmog‘i orqali signallarni uzatish muhiti sifatida elektr ta’minoti liniyasidan foydalanadi.
Ikkinchi turdagi texnologiyaga yana to‘rtta misol keltirilgan. SHularni uchtasi keng polosali xizmatlarni qo‘llab-quvvatlovchi BWA simsiz kirish texnologiyasini qo‘llashga asoslangan.
“Nuqta-nuqta” aloqa konfiguratsiyasini qo‘llovchi qurilma, ikkita qabul qilib uzatgich orasida traktni tashkil qilish uchun qo‘llaniladi.
“Nuqta-ko‘p nuqta” konfiguratsiyasi terminallarni yoki ko‘chma modullarni ulanishini ta’minlaydi.
FSO (Free Space Optics) keng polosali simsiz ulanish texnologiyasi lazerli aloqa tizimidir. Signallarni uzatish uchun lazer qo‘llaniladi, bunda nur ochiq muxitda tarqaladi.
LMDS (Local Multipoint Distribution System) simsiz kirish texnologiyasi, dastlab televizion dasturlarni uzatish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |