12.2. Huawei kompaniyasining korporativ aloqa uchun echimlari
Keyingi vaqtlarda ma’lumotlar, tovush va videoni bitta multiservis tarmoqda uzatish xizmatlarini birlashtirish sezilarli tendensiya bo‘lmoqda, bu yangi funksiyalar va xizmatlarni ishlab chiqish, qo‘yilmalarni iqtisodlash va tashkilotlar uchun samarali ishlash rejimi tashkil etish uchun muxim axamiyatga ega.
Korporativ aloqa uchun Huawei kompaniyasining echimlari soft switch ning SoftCo seriya uskunalari bazasida ishlab chiqilgan. Ushbu echim ma’lumotlarni an’anaviy analog uzatish va IP ni birlashtirishga misol bo‘ladi, bunda ma’lumotlar, tovush va videoni multiservis kommutatsiyalash funksiyalarini taqdim etiladi. IP-texnologiya xisobiga tarmoqning taqsimlangan arxitekturasi, mobillik, tovush va videokonferensiyalar, yagona aloqa tizimi, xabarlashish xizmatlari va boshqalar. Bundan tashqari, bu echim an’anaviy idoraviy ATS (UATS) xar xil xizmatlari bilan moslashgandir. Ushbu echimni qo‘llash korxona aloqasining samaradorligini oshirishga, tarmoqqa sarflanadigan umumiy xarajatlarni kamaytirishga va korxonaning raqobatbardoshligi oshishiga sabab bo‘ladi.
Huawei kompaniyasining soft switch arxitekturasi bazasidagi korporativ tarmoqlar uchun echimlari xar xil terminallarga kirishni, tarmoqning tashkil etish moslashuvchi rejimidan foydalanadi va sozlanadigan E2E kompleks echimni taqdim etgan xolda telekommunikatsiya soxasi va korporativ foydalanuvchilarning talablariga mos xolda qo‘llab-quvvatlaydi.
Korporativ aloqa uchun Huawei kompaniyasi tizim funksiyalari bo‘yicha quyidagi echimlarni taklif qiladi:
- xizmatlarni xar xil turlari – ONLI (yagona telefon raqami xizmati, chaqiriqlarni bir paytda yoki ketma-ket uzatish); audiokonferensiya; xabarlarni uzatish va qayta ishlash universal tizimi (tovush pochtasi, elektron pochta, SMS va faksni bitta pochta qutisiga birlashtiradi); mobillik (telefon raqamini dinamik o‘zgartirish); nuqta-nuqta turidagi xizmatlar (videoaloqa, videokonferensiya, ma’lumotlar uzatish, elektron “oq doska”, xar xil ilovalardan jamoa bo‘lib foydalanish); qo‘shimcha xizmatlar (“bezovta qilinmasin”, “qaynoq liniya”, chiqish chaqiriqlarinicheklash, chaqiriqni qayta adreslash, abonentlar guruxini chaqirish va boshqalar);
- kirish rejimlari turlari – UFTTga, IR ga, dasturiy telefonga, dasturiy operator konsoliga va IAD/AG qurilmasiga bevosita kirishni qo‘llash;
- ishonchlilik – tizimning asosiy komponentlarini rezervlash, yuklamani balanslash va “qaynoq” rezervlash, ta’minot manbai rad etishlariga barqarorlik.
Bu echimlar shubxasiz O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarida o‘z aksini topadi.
Telekommunikatsiyaning tarmoqlarining kelajak rivoji bu to‘liq optik tarmoqlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |