12.1. Yangi avlod konvergent tarmoqlarning rivojlanishi
Telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalash va modernizatsiyalash natijasi uyali aloqani, ma’lumotlar uzatish va butun jaxon tarmog‘i Internetga kirishni rivojlantirish, elektr aloqa taqdim etadigan xizmatlar sifati va nomenklaturasini sezilarli yaxshilash, maxalliy so‘zlashishlar qiymatini vaqt bo‘yicha xisoblashni joriy etishga, ayrim yo‘nalishlarni analog liniyalardan raqamliga o‘tkazish xisobiga stansiyalararo aloqa sifatini yaxshilash uchun baza yaratish imkoniyatini berdi. Telefon tarmoqlarida avariya vaziyatlarida o‘tkazilayotgan yuklamani qayta yo‘naltirish xisobiga barqaror aloqani ta’minlash uchun SDH texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati tug‘ildi.
Maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lib qolmoqda:
- analog-raqamli tarmoqdan raqamli telekommunikatsiya tarmoqlariga asta-sekin bir tekis o‘tish;
- ISDN xizmatlarini taqdim etuvchi integratsiyalangan raqamli tarmoqni tashkil etish;
- tuman va uzelli ATSlardan ko‘chma konsentratorlarni qo‘llab kirish tarmoqlarini tashkil etish;
- viloyat qaramog‘idagi shaharlar va tuman markazlaridagi, boshqa axoli punktlarida telekommunikatsiya xizmatlarini (telefon, faks, elektron pochta, Internet va boshqalar) taqdim etuvchi markazlarni yaratish;
- abonent kirish tarmog‘ini tashkil etuvchi istiqbolli texnologiyalarni (optik tolali, mavjud abonent liniyalarida raqamli, radiokirishdan keng foydalanishni) joriy etish;
- intellektual tarmoqlar xizmatlari bilan birga, telekommunikatsiya xizmatlarining yangi turlarini joriy etish.
Maxalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish elektr aloqa tarmoqlarining ishlash sifatini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini berdi, tarmoq abonentlariga xizmatlarning yangi turlarini taqdim etishni ta’minlaydi, shuningdek foydalanuvchilarning keng qatlamiga Internet tarmog‘iga yuqori tezlikli kommutatsiyalanuvchi kirishni tashkil etishga imkonini yaratadi.
Simsiz aloqa tarmog‘ining rivojlanishi. Telekommunikatsiya tarmoqlarining 1991-2004 yillardagi rivojlanishi yangi texnologiyalar va xizmatlarining yangi turlarining jadal suratda rivojlanishi bilan xamoxang bo‘ldi.
2003 yildan boshlab “O‘zbektelekom” AK yangi turdagi faoliyatni – CDMA-450 standartida simsiz radiokirish xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zlashtirishni boshladi. Shu maqsadda “O‘zbektelekom” AKning “O‘zbektelekom Mobayl” filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasida umummilliy simsiz aloqa tizimini rivojlantirish deb belgilandi. 2003 yilning o‘zidayoq Samarqand va Jizzax viloyatlarida simsiz radiokirish aloqa tizimi ishlay boshladi. 2004 yil dekabrida Buxoroda CDMA-450 standarti qo‘llanilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining borish qiyin bo‘lgan tumanlari axolisini simsiz aloqa bilan ta’minlash uchun, simsiz abonent kirishi tarmog‘ining joriy etilish tantanasi bo‘ldi. Ushbu ishlar JBIC loyixasi doirasida bajarildi.
Xozirda O‘zbekistonning shimoliy to‘rtta regionida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari) umumiy sig‘imi 20000 abonentli Lucent Technologies kompaniyasining 5ESS kommutatori va 30 bazaviy stansiyalari montajlanib foydalanishga topshirilgan. Shuningdek mazkur loyixada yuqorida ko‘rsatilgan regiondagi hamma viloyatlarga 4250 statsionar terminallar o‘rnatish nazarda tutilgan. CDMA-450 standartining yangi uskunalari O‘zbekistonning shimoliy to‘rtta regioni axolisiga nafaqat odatiy telefon aloqa xizmatlarini ko‘rsatibgina qolmay, ularga ma’lumotlar uzatish bo‘yicha xizmatlarni, jumladan Internet tarmog‘iga 153 kBit/sek tezlikda kirish imkonini berdi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish zamonaviy bosqichida birinchi o‘ringa ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha xizmatlarni rivojlantirish, jumladan jaxon tarmog‘i Internet resurslariga sifatli kirish chiqmoqda.
“O‘zbektelekom Mobayl” filiali bugungi kunda mijozlarga CDMA-450 standartidagi simsiz aloka xizmatlarini takdim etib kelayapti. Ushbu filial mijozlari sonini keskin oshirish, aloka sifatini yanada yaxshilash va tarmokni rivojlantirish maksadida 2008 yilda Xitoy Xalk, Respublikasining «ZTE» korporatsiyasi va Germaniyaning «Alcatel Shanhay Bell» kompaniyasi bilan ko‘plab shartnomalar imzoladi. Mazkur import shartnomalari asosida «ZTE» korporatsiyasidan CDMA-450 standartidagi mobil va turg‘un telefon apparatlari olindi.
«Alcatel Shanhay Beli» kompaniyasi bilan tuzilgan import shartnomalari asosida filialga 40dan ortik, CDMA-450 standartidagi baza stansiyalari keltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu baza stansiyalarini abonentlar zich joylashgan xamda tarmok, yaxshi kamrab olmagan xududlarga joylashtirish natijasida aloqa sifati keskin ortadi hamda xizmat doirasi kengayadi.
O‘zbekiston axolisining 40 % dan ortig‘i uyali aloqa xizmatlaridan foydalanadi, hamma yirik operatorlar o‘zlarining 3G tarmoqlarini testli ekspluatatsiyaga chiqarishganini e’lon qilishdi.
Uyali operator – Unitel (Bilayn savdo markasi) kompaniyasi O‘zbekistonda uyali aloqa uchinchi avlodining tajribaviy tarmog‘ini ishga tushirayotganini e’lon qildi.
Perfektum Mobile kompaniyasi 2009 yil CDMA standartli uchinchi avlod uyali aloqani joriy etishni rejalashtirgan.
“O‘zbektelekom” AKning “O‘zbektelekom Mobayl” filiali 3G tarmoqni 2009 yil joriy etish rejasini bayon qilgan, shuningdek bu kompani mavjud tarmoqni modernizatsiyalash va kengaytirishni davom etmoqda.
MDX mamlakatlarida 3G – tarmoqlarning to‘plami mavjud, lekin ular boshqa CDMA-2000 standartida ishlaydilar.
Xozirda O‘zbekistonda mobil aloqaning beshta operatori faoliyat ko‘rsatmoqda, jumlada: MTS (“O‘zdunrobita”, GSM standarti), Unitel (Bilayn savdo markasi, GSM standarti), COSCOM (Ucell savdo markasi, standart GSM), Perfektum Mobile (Rubicon Wireless Communcation, CDMA standarti) va “O‘zbektelekom” AKning “O‘zbektelekom Mobayl” filiali (Uzmobile savdo markasi, CDMA standarti).
Mobil aloqa tarmoqlarini avlodlarga (Generation) ajratish qabul qilingan, bundan 1G, 2G, 3G va 4G abbreviaturalar kelib chiqqan. Ya’ni xarakatdagi uyali aloqalarning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi avlodlari xaqida aytish mumkin. Shuningdek o‘tish tarmoqlari 2,5G, 3,5G va xattoki 4,5G tarmoqlari mavjud. Mobil aloqa avlodlari ma’lumotlar uzatish tezligi, amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan servislar va xizmatlar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |