Demokratiya tamoyillariga tayanuvchi davlat hokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi bunyodkor kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat hokimiyati jamiyatga siyosiy rahbarlik qilib, unga yaxlitlik va barqarorlik baxsh etadi. O‘zbekistonda hokimiyat idoralarning xalq manfaatlariga bo‘ysundirilgani konstitutsiyaviy prinsip tarzida ular faoliyatining asosiy mezoniga aylanadi.
“Kuchli davlatdan- kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi ijtimoiy institutlar
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari – mahallalar
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, president, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, 98- moddalariga)” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi. [ 10.09.2017 kun.uz].
Birinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Mazkur sohadagi chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:
ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini oshirish hamda ularning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish; tizimini yanada keng joriy etish; davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini izchil takomillashtirish va «Elektron hukumat»
ma'muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish.