Yulduzlar mangu yonadi
1." Yulduzlar mangu yonadi" qissasi qaysi voqea bilan boshlanadi?
Zulfiqor polvonnikiga sunnat to'yiga chaqirilishi bilan.
2." El-yurt kóngli nozik-da tóy bekasi aytgani boshqa, tóy xojasi aytgani boshqa" ushbu parcha qaysi asardan olingan? ." Yulduzlar mangu yonadi" qissasi
3. Zulfiqor polvonning kuyovi? Qurbon
4. Zulfiqor polvonning oshnasi? Turdiboy
5. Kópkari qayerda bóladi? Oqjarda
6. Surnaychi kim? Xolboy
7. ." Yulduzlar mangu yonadi" qissasida qaysi qishloqlar nomlari sanab ótilgan? Chuqurobshir, Chinor, Lókka, Zardaqul Bodavo
8. Olishda kim bosh bakovul bóladi? Kolxoz raisi
9.
"Sohibqiron" dramasi
1. "Sohibqiron" qanday asar? J.: Besh pardali she'riy drama
2. Shiltberger, Ioan Sultoniy, Borchiq singari qahramonlar qaysi asarda uchraydi?
J.: "Sohibqiron"
3. "Sohibqiron" dramasi qaysi holat tasviri bilan boshlanadi?
J.: Amir Temurning soch oldirish jarayoni bilan
4. Amir Temur "Odamzodni bir daqiqa bejilov qo'ysang G'ajib tashlar, yeb bitirar bir-birlarini" deb kimga aytadi? J.: Sartaroshga
5. Amir Husaynni kim bandi qilib keltiradi? J.: Kayxisrav
6. Amir Husayn kim? J.: Uljoy Turkonning akasi, Amir Temurning qayin ogasi
7. Buqalamun nomi bilan tanilgan qahramonning asl ismi nima? J.: Itolmas
8. Yasovul nomi bilan tanilgan qahramonning asl ismi nima?
J.: Qosimbek
9. Yasovul nomi bilan tanilgan qahramon asli qayerlik edi?J.: Keshlik
10. Amir Temur minib yurgan ot qanday nom bilan ataladi? J.: Kuno'g'lon
11. Amir Temur bilan bir necha yildan beri shatranj o'ynab yurgan mohir shatranjchi kim?J.: Aloviddin
12. Amir Temur Qosimbekka Boyazidning mag'lubiyati haqida xabar keltirgani uchun qanday saxovat ko'rsatadi?J.: O'zining nabiralaridan birini nikohlab bermoqchi bo'ladi
13. Muallif o'z nuqtayi nazarini kimning qarashlari orqali beradi?
J.: Yassaviy
14. "Shabxun" so'zi nimani anglatadi?J.: Tungi hujumlarni
15. Umrida hech kitob ko'rmay ulg'aygan, deya kim ta'riflanadi?
J.: Amir Husayn
16. Temur "ulug' bir zot yashab o'tgan zaminimizda" deganda kimni nazarda tutgan?J.: Yassaviyni
17. Madrasaga berkingan Amir Husaynni hokim Kayxusrav nimasidan tanib qoladi?
J.: Zarbof to'nidan
18. Amir Temur tajribali hukmdor va o'ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanch deb nimalarni nazarda tutadi? J.: Mo'l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar
19. Olamni kuch bilan bosib olgandan, odamlar dilini haq so'z bilan zabt etish to'g'riroqligi haqidagi fikr kimning shaxsiyatini ifodalaydi?J.: Yassaviyning
20. Amir Temur shatranjning qaysi donasini "haqiqat qilichidek keskir, beomon" deb tariflaydi?J.: Ruxni
21. Uchta mullavachchaning orzulari haqida so'z yuritilgan asar qaysi asar?
J.: "Sohibqiron"
22. Ma'lumki, asarda uchta mullavachchaning orzulari haqida so'z yuritilgan. Ulardan biri
to'ygunicha palov yeyishni, ikkinchisi to tonggacha kitob o'qishni orzu qiladi. Uchinchisi-chi?J.: Bibixonim visoliga yetishni
23. Amir Temur Hazrati Yassaviy maqbarasidan chiqib yo'lda bir darvish bilan suhbatda bo'ladi. Darvish aslida kim edi?J.: Xizr alayhissalom
24. Amir Temur "Sen Qozog'on nabirasi! men
— barloszoda!" deb kimga murojaat qiladi?J.: Amir Husaynga
25. Amir Temurga qarata kim "Taqdirga la'nat! Tiriklayin sen Iblisga ro'baro' qildi" deb aytadi?J.: Amir Husayn
26. Amir Temur kimga qarata "Odamlarning shajarasi daryolar kabi Bir-biriga qo'shilmog'i shubhasiz, bor gap. Sening bobong Chingiz emas, aslida Hasad" deb aytadi?
J.: Amir Husaynga
27. Amir Temur Jete bilan jangda — Loy jangida o'n ming askar halok bo'lgani haqida kimga ta'na
qiladi? J.: Amir Husaynga
28. Har sakkiz yuz yilda bir sohibqiron tug'ilishi haqida kim so'zlaydi? J.: Shayxulislom
29. Kayxisravning otasi — Badaxshonning hokimini kim o'ldirgan?J.: Amir Husayn
30. "Bu — Temur uchun" degan yozuvi bor kamon o'qi kimning sadog'idan chiqadi?
J.: Amir Husaynning
31. Amir Temurning bir oyog'i va bir qo'li qayerda yaralanadi?J.: Sajiston (Seyjiston)da
32. Amir Temurning bir oyog'i va bir qo'li yaralan ganda kim malham qo'yadi?J.: Amir Husayn
33. Tuz aynisa uni hech narsa tuzata olmasligi haqida qaysi asarda fikr bildirilgan?
J.: "Sohibqiron"
34. Amir Temur Amir Husaynga "Aynan senga mo'ljallangan bir juft o'qdir bu" deganda nimani nazarda tutgan?
J.: Yassaviyning ikki misra she'rini
("Nafsim meni yo'ldan urib xor ayladi
Termiltirib xaloyiqqa zor ayladi")
35. Muntazirmiz amringizga, o, Sohibqiron,
Siz amr eting — kemirgaymiz Ko'hi Qofni ham,
Siz amr eting — simirgaymiz Bahri um monni.
Kuch olgaymiz shijoat-u himmatingizdan,
Sizga sodiq bo'lurmiz deb qasam ichganmiz.
Ushbu parcha kim tilidan aytilgan?J.: Barlos Bahodir
36. Sizning aziz joningizga otilgan har o'q
Eng avvalo, kelib tekkay bizning ko'krakka,
Nomard yovni agarda Siz kechirsangiz ham,
Biz mutlaqo kechirmasmiz. Ketgaymiz tarqab. Ushbu fikrni Amir Temurga kim aytgan?
J.: Barlos Bahodir
37. Mana bugun barham topti ikkita umr,
Ikkisi ham bir onadan tug'ilgan edi.
Biri singil, biri aka — izma-iz ketdi.
Birovining mehri qancha bepoyon bo'lsa
Ikkinchisin g'arazi ham shuncha mo'l edi.
Ushbu parchada tilga olingan aka-singil kim?J.: Amir Husayn va Uljoy Turkon
38. Uljoy Turkonni kim o'ldiradi?J.: Amir Husayndan topilgan zaharlangan kamon
o'qi bilan o'zini o'zi o'ldiradi
39. Nahotki iblis
Och bo'ridek bir qo'zini albatta yegay.
Bu g'alati jarayonda adolat bormi?
Yayrab yurar nega shayton korandalari?
Nega ko'pdir nayrangboz-u kazzob kimsalar?
Nega bosgan yer yuzini buncha ko'p illat?
Men zaminni tozalashim kerak ulardan.
Ajal mudom bekinmachoq o'ynar biz bilan
Men o'limdan qo'rqamanmi?
Ko'p chigal savol...
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?J.: "Sohibqiron"
40. Nechanchi sahna Qur'on tilovati bilan yakunlanadi?
J.: Birinchi
41. Chingizning qonunlar to'plami nima deb ataladi?
J.: Yaso
42. Amir Temurning qonunlar to'plami nima deb ataladi?J.: Tuzuk
43. Qaysi asarda
"Suruv bitta bo'lsa agar, cho'ponlar soni qisqargaydir!" degan hikmat qo'llangan?
J.: "Sohibqiron"
44. Qaysi asarda "Urushlarni daf etishning yo'li qonunlarga har kimning so'zsiz rioya
qilishidir" degan hikmat qo'llangan? J.: "Sohibqiron"
45. Amir Temur tashlandiq yerni obod qilgan kishini necha yillik soliqdan ozod qiladi?
J.: 3 yillik
46. Ibn Arabshohning asli qayerlik ekani aytilgan? J.: Shomlik
47. Olampanoh,
Yosh bolalik chog'imda meni
Samarqandga asir qilib olib kelganlar.
Ilmu urfon Makkasidir bu kun Samarqand.
Yetti iqlim me'morlari, muhandislari
Siz tufayli jam bo'lmishlar ushbu shaharda. Ushbu parcha
kimning tilidan aytilgan?J.: Ibn Arabshoh
48. Qaysi qahramon o'zining vosvos kasaliga yo'liqqani haqida Amir Temurga so'zlaydi?
J.: Ibn Arabshoh
49. Harb ilmining poydevorin qo'ygansiz,
hazrat, Alal-abad bu istehkom qo'zg'almas sira.
Qo'shinlarning saflariga Siz bergan tartib
Shoirlarning misrasidan ko'ra quymaroq.
Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan? J.: Barlos Bahodir
50. Amir Temur qaysi nabirasiga otasining ismini qoygan?
J.: Ulug'bekka (Tarag'ay)
51. Amir Temur qaysi vazirini otboqar vazifasiga tayinlaydi?J.: Muhammad Qovchinni
52. Amir Temur qaysi vazirining zarbof to'nini otboqarga sovg'a qiladi?
J.: Muhammad Qovchinni
53. O'z ismining ma'nosini bilmaydigan chopar kim?J.: Borchiq
54. Sarandibdan chopar bo'lib kim keladi?J.: Borchiq
55. Amir Temur chopar Borchiq bilan nega gaplashmaydi?
J.: O'z ismining ma'nosini bilmagani uchun
56. Boyaziddan elchi bo'lib kim keladi?J.: Sulton Shabli
57. Boyazid Amir Temurga maktubida kimning nomini oltin bilan yozdiradi?
J.: O'z ismini
58. Boyazid Amir Temurga maktubida kimning
nomini oddiy siyohda yozdiradi?J.: Amir Temurning
59. Urush bilan hal bo'lajak bu mojarolar.
Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur,
Bilib qo'yki, xotinlaring uch taloq bo'lgay.
Agar seni yenga olmay chekinsam ortga
Unda mening xotinlarim bo'lsin uch taloq.
Ushbu parcha kim tilidan aytilgan?J.: Boyazid
60. Amir Temur o'zining xufyalari orasida eng epchili deb kimni biladi?
J.: Buqalamunni
61. Mashhur shatranjchi Aloviddinni Amir
Temurning qaysi nabirasi yengadi?J.: Ulug'bek
62. Amir Temur Boyazida qarshi urushda saltanatini kimga qoldiradi?
J.: Bibixonim va nabirasi Muhammad Sultonga
63. Amir Temur kimni saltanat atalmish oltin
uzukning buyuk bezagi — yoqut ko'zi deb biladi? J.: Bibixonimni
64. Amir Temur Boyazida qarshi urushda Samarqand hokimligini kimga qoldiradi?
J.: Xo'ja Yusufga
65. Amir Temur xotinini ichkilik ta'sirida nohaq kaltaklagani uchun qaysi o'g'lini zindonga tashlaydi?J.: Mironshohni
66. Ikkinchi sahna qanday yakunlangan?J.: Mironshohning zindonband qilinishi bilan
67. Mariya kim? J.: Boyazidning suyukli xotini
68. Boyazida qarshi urushda Amir Temur qo'shinining o'ng qanotiga kim rahbarlik qiladi?
J.: Mironshoh
69. Boyazida qarshi urushda Amir Temur qo'shinining chap qanotiga kim rahbarlik qiladi?
J.: Shohrux
70. Boyazidga qarshi shiddatli jang ketayotganda
Amir Temur o'zining chodirda bemalol shatranj o'ynab o'tirishini qanday izohlaydi?
J.: O'zini go'yo jangga beparvo ko'rsatib, raqibini tahlikaga solmoqchi bo'lgani bilan
71. Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin
Buzilgaydir o'rmonning ham qonuniyati.
Ushbu hikmat qaysi asardan olingan? J.: "Sohibqiron"
72. Sen yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq
Cho'ng temirga urilding-u chilparchin bo'lding.
Ushbu parchadagi "qudratli chaqmoq" va "cho'ng temir" deganda kimlar nazarda tutilagan?J.: Boyazid va Amir Temur
73. Men bir lang-u,
Sen esa ko'r, notavon so'qir.
Ushbu parchadagi "lang" va "ko'r, so'qir" deganda kimlar nazarda turilgan?
J.: Amir Temur va Boyazid
74. Iso, Muso, Mustafo, Sulaymon nomlari kimning o'g'illari sifatida tilga olinadi?
J.: Boyazidning
75. Boyazidning qaysi o'g'lining asir olingani aytiladi?
J.: Muso
76. Boyazidning g'ayridin xotini sifatida kim tilga olinadi?
J.: Mariya
77. Boyazidning Mariya ismli xotini kimga tortiq qilinadi?J.: Buqalamunga
78. Farang elchisi kim?J.: Ioan Sultoniy
79. Farang sultoni kim?J.: Qirol Sharl
80. Bovarlar o'lkasining elchisi kim? J.: Shiltberger
81. Bovarlar hukmdori kim? J.: Genrix
82. Amir Temur qaysi imoratni "tovuq katagi" deb ataydi?
J.: Mahmud Dovud degan vazir va Samarqand dorug'asi tomonidan o'ziga atab qurilgan masjidni
83. Bahor madhiga bag'ishlangan kimning g'azali to'laligicha keltirilgan?
J.: Nosiruddin Rabg'uziyning
84. Qosimbekka nikohlangan Amir Temur nabirasi kim?
J.: Zubayda
85. Sharif kim?
J.: Amir Temur tog'asining o'g'li, Konigildagi to'yda qutlash uchun Keshdan kelgan kishi 86. Sarandib elchisi Borchiq Konigildagi to'yda nima sovg'a bilan keladi?J.: Sher olib keladi
87. Ispaniya elchisi kim?J.: Klavixo
88. Tepasida laylak qanot yoyib turgan paxtadan yasalgan minora bilan Konigildagi to'yga kimlar ishtirok etadi?J.: Andijonliklar
89. Konigildagi to'yga qaysi yurt elchilari olmos ko'zli oltin qarchig'ay va silovsin po'stin bilan tashrif buyuradi? J.: O'rusiya (rus) elchilari
90. Qaysi yurt elchisi sovg'a-salomsiz keladi va aksincha Amir Temurdan o'lpon talab qiladi? J.: Chin elchisi
91. "Oddiygina kiyik bolasini asrab qolgan kishi jannat vasliga erishadi" degan hikmat kimga tegishli? J.: Konfutsiyga
92. Amir Temur onasining ismi nima? J.: Neko'zbegim
93. Beshinchi sahna qanday tasvir bilan bosh- lanadi?
J.: Yassaviy maqbarasi tasviri bilan
94. Drama qanday boshlanadi? Sohibqiron haqidagi she’r bilan
95. Birinchi parda qanday manzara bilan boshlanadi?
A.Temur soch oldirayotgan bir manza
96. Asarda A.Temur qaysi obraz oldida bosh egadi?Sartarosh
97. Qaysi asarda she’rlarini qog’ozga emas, shamshirgan yozgan shoir obrazi mavjud?
“Sohibqiron” dramasida
98.Chigiziylar Temurni kim deb elga tanitadi? Yo’lto’sar
99 “Biroq yerga to’kilar payt qurt tushgan meva,
Uni saqlay olmas, sog’lom ildiz ham”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
“Sohibqiron”
100. Biroq yerga to’kilar payt qurt tushgan meva,
Uni saqlay olmas, sog’lom ildiz ham”. Ushbu parchada qurt tushgan meva va sog’lom ildiz deyilganda kimlar nazarda tutilgan?Qurt tushgan meva – A.Husayn Sog’lom ildiz – Uljoy Turkon
101. Temurni kim iblis deya ataydi? A.Husayn
102. Balx shahrida Amir Husayn bilan birga yashagan uni yetarlicha sinagan obrazkim? Said Baraka
103. Asarda umrida hech kitob ko’rmay ulg’aygan obraz qaysi? A.Husayn
104. “Sohibqiron” dramasida “bedovlardanda uchqur” deya nima ta’riflangan?
Umr
105. Kalomullohni o’rtaga qo’yib qasam ichgan obraz kim?
A.Husayn
106.Zarbof to’n obrazi yana qaysi asarda uchraydi?
Mardlik afsonasi
107 Kayxisravning otasini kim o’ldirgan edi? A.Husayn
108..Jangda bir siqim tuproqni olib yov tomon otgan obraz kim? Said Baraka
109. Sohibqiron necha yilda tug’iladi? 800
110 Sohibqiron nomini olgan uchta buyuk shaxs kimlar?
Iskandar, Rasuli Akram, Amir Temur
111 Temur qaysi jangda yaralanib bir qo’li va bir oyog’i nogiron bo’lib qoladi?
Sojiston
112 Asarda ikki o’t ichida kizg’anak bo’lgan obraz kim?
Uljoy Turkon
113.Sarbadorlarning bitta aybi nima edi? Uquvsizligi
114.Asarda qaysi qahramonning og’zi ochiq go’rga o’xshatilgan?
Amir Husaynnning A.Yassaviy
115. Jangchining onti har qanday martabadan ulug’ turishi qaysi asarda keltirilgan?
Sohibqiron
116Asarda bir kunda vafot etgan obrazlar qaysilar? A.Husayn, Uljoy Turkon
117.Temur tajribadan bunyod bo’lgan xulosalarni nima deb atagan? Chingzxon-chi?
Temur – tuzuk, Chingizxon – Yaso
118. Temurning aytishicha ulkan saltanatning tayanchi nima?
Yagona shoh, mo’l xazina, yengilmas lashkar
119.Asarda kim payg’ambar yoshiga yetkanda yer ostiga kirib ketgan deya aytib o’tilgan? A.Yassaviy
120. Temurning qaysi nabirasi Erondagi jang mahali tug’ilgan edi? Ulug’bek
121. Tungi hujumlar nima deb ataladi?
Shabxun
122. A.Temurning vaziri kim Muhammad Qavchin
123. Xorazmning so’fiy unvonli hukmdorlari kimlar? Husayn va Yusuf
124. Temur To’xtamishning qaysi saroyini yoqib yuboradi? Saroy Berka
125. Temur Boyazidga tegmaganligiga nimani sabab qilib ko’rsatadi?
G’ayridinlar ustimizdan kulmasligi uchun
Elchi o’z ismining ma’nosini bilmaganligi uchun
126 Rumo saltanatining qoq yuragi bo’lgan shahar qayer? Angora
127.Temur agar saltanatni oltin uzuk deb bilsa, uning oily bezagi – yoqut ko’zi deb nimani (kimni) biladi? Bibixonimni
128. Temur Bibixonimga yana qanday topshiriq berib ketadi? Temur uchun ham masjid qurishni
129. Bibixonim nima uchun jome masjidini qurdirayotgan edi? Farzandi yo’qligi sababli o’zidan yodgor qolishi uchun
130. Temur Boyazidga qarshi jangdan zafar bilan qaytganda uni o’zi qurdirgam masjid
qarshisida kutib olishni niyat qilgan obraz kim? Bibixonim
131 “Agar ko’nglimni shod etsa o’shal Sheroz jononi
Qaro xoli baxsh etgan Samarqand-u Buxoroni”Ushbu bayt muallifi kim?
Eronlik Hofiz
132. Bibixonimning qaro xolida xadya bo’lgan shaharlar qaysilar? Samarqand, Buxoro
133. Bibixonim asli qayerlik? Balx
134 “Hovliqqanda mozorga bor” maqoli qaysi asarda uchraydi? Sohibqiron
135.Temurning jang oldidan Bibixonimga aytgan o’tinchi nima edi?
Keshdan, ota-onasi yonidan o’zi uchun maqbara qurdirish
136. Temurning kelini, Meronshohning zavjasi kim? Xonzodabegim
137.Temur “bir barmog’im lat yebdi-yu bilmabman, afsus” degan jumlasi ostida qanday
voqea yotadi Mironshohning xotiniga qo’l ko’tarishi
138. “Sarxush bo’lg’ay sarxushlikda tug’ilgan farzand” ushbu jumla qaysi asardan olingan?
Sohibqiron
139. Zuryodiga, pusht-kamariga yomonlikni ravo ko’rgan johil, xudbin kim?
Mironshoh
140. Temur Mironshohga qanday jazo beradi? 40 kun zindonband qiladi
141. O’z o’glini zindonband qilgan ota obrazi qaysi asarda uchraydi?
“Sohibqiron”da
142 Boyazidga qarshi jangda qo’shinning o’ng va so’l tomonini Temur kimlarga topshiradi? O’ng – Miranshoh, So’l – Shohruh Mirzo
143 Alovuddin bilan shatranj o’ynayotgan Temur qaysi donalarni suradi? Oq
144. Temurning ajdahodek o’t purkagich yarog’I qaysi? Naftandoz
145.Qosimning otasi qaysi jangda jahid ketgan? Dehli janggida
Muhammad Sulton
146. Temur va Boyazid o’rtasidagi jangni atayin kuzatish uchun qayerlardan elchilar tashrif buyuradi? Ovropa va O’rusiya
147. Temur fikricha bu dunyoni buzadigan narsa nima? Mish-mish
148.Temur rus yerlaridan bir marta o’tganida uning yodida qaysi istehkom qoladi?
Elis
149. Boyazidning poytaxt shahri qayer? Bursa
150.. Temurning azal dushmani kim? Qora Yusuf
151 Asarda kim oriflarsultoni deya ta’riflangan? Yassaviy
152.. Temur Hofiz Sheroziyga nimalar hadya etdi? To’n, ot, ikki shahar xirojiga teng in’om
153 Misrning o’jar hukmdori kim? Qofqoz
154. Boyazdni kim o’ldiradi?O’z joniga qasd qiladi
155. Temurning eng suyukli nabirasi kim?
Muhammad Sulton
156. Temurning taxtining valiahdi kim? Muhammad Sulton
157. Temurning qaysi farzandi vafot etadi? Jahongir Mirzo
158. Olamda Temurni yengga oladigan yagona narsa nima? Mehr
159. Samarqand dorug’asi kim?Xoja Yusuf
160. Shohrux Mirzoning o’g’illari kimlar? Mirzo ulug’bek, Ibrohim Sulton
161. Meronshohning o’g’li kim?Ijil Mirzo
162. Umarshayxning o’g’li kim? Said Ahmad
163. Temur qaysi nabirasini Qosimbekka nikohlab beradi? Zubayda
164. To’yga tashrif buyurgan keshlik, Temurning tog’ayisi kim? Sharif
165 Temur qaysi elchini eski birodar deb ataydi? Ispan elchisi Klavixoni
166 Temurdan o’lpon talab qilib kelgan elchi kim?
Chin elchisi
167. Asarda Temurning onasi kim deya e’tirof e’tilgan? Neko’zbegim
168. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. Unda yana nima istaysan?
Faqatgina Temur mendan … tilama. Umr
169. Temur Xizrdan nima so’raydi? Yassaviyni ko’rsatishni
170. “Ayt-chi, Temur sen benuqson qon to’kkanmisan?” jumlasi asarda kimning tilidan
aytilgan? Yassaviy
171. Amir Temurning fotih bo’lishini kim tushida ko’radi? Otasi
172. Asarda yer yuzi nimaga o’xshatilgan, shohlar nimaga o’xshatilgan?
Yer yuzi odam boshiga, shohlar sartaroshga
173 Temur kimni toj-u taxtga voris qiladi? Pirmuhamad Jahongirni
174 Temur vasiyatidan so’ng o’krab yig’lagan obraz kim? Qosimbek
175 Temurning orzusi nima edi? O’z naslidan osmon sadori chiqishni xohlaydi
176. Asarning oxiri kimning nutqi bilan yakunlanadi? Barlos Bahodir
Do'stlaringiz bilan baham: |