Ruhiy kamolot vositasi


ko‘ra, ko‘zgu tilsimini ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana04.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#481836
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
1-92 9-adabiyot

ko‘ra, ko‘zgu tilsimini ochmoqchi bo‘lgan odam xatarli safar
-
ga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi kerak. Ungacha 
uch manzil bo‘lib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida Ahraman 
devni, uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni 
yengishi kerak. To‘rtinchi manzil – o‘sha tog‘dagi g‘or ichidan 
donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu to‘siqlarni mardona 
yengib, Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligi-
ni qo‘lga kiritadi. Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning 
taqdiri haqida bashoratlar beradi, ularga nasihatlar qiladi va jon 
taslim etadi.
Yunonistondan qaytishgach, ko‘zgu tilsimidan voqif bo‘l gan 
Farhod xazinadagi sandiqni ochadi. Oynada qandaydir bir yurt
tog‘ kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qaziyot-
gani hamda Shirinni ko‘radi. Qizni ko‘radi-yu, hushdan ketadi.
Sevgilisini izlab yo‘lga chiqqan Farhod uning Arman yur-
tidan ekanligini safarda topgan do‘sti Shopurdan eshitadi. U yer-
ga borishgach, metindek toshlardan iborat tog‘ni kesish mashaq-
qatiga mahkum odamlarni ko‘rishadi. Ular tog‘ni kesib, uning na-
rigi yog‘idan suv olib o‘tishlari kerak edi. Afsuski, uch yil zahmat 
cheksalar-da ishda siljish bo‘lmagan. Bu topshiriqni elning ar-
doqli malikasi Mehinbonu va jiyani Shirinning orzusini ro‘yobga 
chiqarish uchun sidqidildan bajarayotgan edilar. Navoiy ularning 
tilidan Shirinning vasfini quyidagicha bayon etadi:
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat

uzra moh ul ermish.
Ani ham vasf etardin bahramiz yo‘q,
Otin dog‘i tutarg‘a zahramiz
2
yo‘q.
Yuzin ko‘rmaydur oning odamizod,
Magar bir necha gulrux sarvi ozod
3
.
1
Sipеhri ismаt – poklik оsmоni; 
2
Zаhrа – hаd, jur’аt; 

Мisrаning mаzmuni: bir nеchа 
sаrvdеk tik qоmаtli, gul yuzli qizlаrdаn bоshqа.


63
Kim, oni ko‘rsa gasht-u sayr ko‘rmas,
Ani ko‘rgan kishini g‘ayr ko‘rmas.
Yuzi gul, kiprigi derlar tikandur,
Ne bor andoqki hargiz bor ekandur.
Mehinbonu ko‘p aylab ehtiromin,
Yasabdur jon uyi ichra maqomin.
Yuzi birla qilur bazmini gulshan,
Aning birla ko‘rar olamni ravshan.
Bu tog‘ekim aning vasfidadur tul
1
Ki, bordurbiz ani qozmoqqa mashg‘ul.
Kelubdur bir boshi sharqi shamoyil,
Yana bir boshi g‘arbi sori moyil.
Oqar sharqisida bir chashma holi
2
,
Suyi ul nav’kim hayvon
3
ziloli.
Debon “Ayn ul-hayot”
4
ul chashmani xayl
Ki, o‘lgon ichsa aylar jon sari mayl.
Gahi ul hur bu sori qo‘yar gom,
Pari sarchashmada tutqondek orom.
Parilar birla aylab azmi ishrat,
Tuzarlar anda gohi bazmi ishrat.
Erur g‘arbida ul mahvash makoni
Ki, holo Armaniya derlar oni.
Yeridur nazhat ichra jannatoso,
Aning yonida tog‘i charxfarso
5
.
1
Тul – uzun, cho‘zilgаn; 
2
Hоli – hozir; 
3
Hаyvоn – tiriklik, hаyot; 
4
"Аyn ul-hаyot” – hаyot 
bulоg‘i, hаyot suvi; 
5
Chаrхfаrsо – ko‘kkа ulаngаn, judа yuksаk.


64
Erur bu nav’ ul mahvash xayoli
Ki, ul manzilda solg‘ay qasri oliy.
Muhayyo borcha rang-u bo‘yi oning,
Vale ustida yo‘qtur suyi oning.
Muhandislar nechukkim charxi sayyor,
Yugurtub chashma suyi sori tayyor.
Topibkim bir arig‘ qozilsa diljo‘,
Yetar ul hur qasri ollig‘a su (v).
Vale ul chashma to bu qasri ofat,
Topibdur o‘n yig‘och
1
chog‘liq masofat.
Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda,
Ariq qozmoq qilibdurlar iroda...
Bu xoro tesha birla bo‘lmas afgor,
Nechukkim tesha, metin aylamas kor.
Erur uch yilki jon tortib hamesha,
Usholmay qolmadi metin-u tesha.
Mashaqqatdin yigitni el qori der
Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer.
Bu yanglig‘ birla umri Nuh topsoq
Badanda ko‘prak ondin ruh topsoq,
Chu mehnatning had-u poyoni yo‘qtur,
Tuganmaklik bu ish imkoni yo‘qtur.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish