Рухий ривожланиши сустлашган болалар билан олиб бориладиган коррекцион ишлар



Download 45 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi45 Kb.
#314204
Bog'liq
Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar


www.arxiv.uz

REJA:
1. RRS bolalarning boshqa aloxida yordamga muxtoj bolalardan farqi.



2. Kliniko – psixologik belgilariga ko‘ra RRS bolalar xillari.

3. Ruxiy rivojlanishdagi sustlikning kelib chiqish sabablari.

4. RRS bolalar uchun deferensial va integratsiyalashgan ta’limning

tashkil etilishi.

Tayanch so‘zlar : (RRS. deferensial, integratsiyalashtirish, inklyuziv konsitutsional, somatogen, psixogen, serebral.)
Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar kam uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati-intellekti mantiqiy tafakkur, idroki, xotirasi, ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruxiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda xissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi xodisa bo‘lib xisoblanadi.

T.A. Vlasova, M.S. Pevzner, V.I. Lubovskiy, T.V. Yegorova, K.S. Lebedinskaya, N.A. Nikashina, K.K. Mamedov, B.V. Shoumarov, N.A. Spina, R.D. Triger va boshqa olimlarning malumotlariga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 5,8 foizini ana shunday bolalar tashkil etadi.

Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jixatidan asosan ikki guruxga bo‘linadi:

1. Yengil nuqsoni bor bolalar –bular maxsus sharoitda 1-3 yil talim –tarbiya olganlaridan keyin o‘qishni ommaviy maktabning tegishli sinfda davom ettirishi mumkin.

2. Ruxiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatorida o‘zlashtira olmaydi. Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda xamma qatori o‘qishi talim jarayoniga ham salbiy tasir ko‘rsatadi, yani o‘rtacha o‘quvchining saviyasini orqaga tortadi, yaxshi va alo o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yetarli darajada o‘stirishga to‘sqinlik qiladi.

Dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmaganligi tufayli ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga uchrayveradi, bu narsa ularning xulq - atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar yuzaga kegishiga sabab bo‘ladi.

Olimlardan K.S. Lebedinskaya, G.P. Berton, YE.M. Dunayeva, va boshqalar ruxan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jixatidan quyidagi xillarga bo‘lishni tafsiya etadilar:
1) konsitutsional shakli;

2) somatogen shakli;

3) psixogen shakli;

4) Serebral shakli.

Ruxan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog‘lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1-2 yosh kichik ko‘rinadi. U o‘zini bog‘cha yoshidagilarga o‘xshab turadi va talim olish uchun xali “yetilmagan” bo‘ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past. Masuliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruxiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish xollari, bosh og‘rib turishi konstitutsional shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik, yanada pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.

Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining xomiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak – tomir kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin.

Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez – tez kasallanib turishi natijasida bola yaxshi o‘sib – unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ruxiy rivojlanishda orqada qolishga, kechikishga olib keladi, RRS ning somatik shakli deb shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik xolat, tug‘ma parok va shu kabi kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi. RRS ning samotogen sabablariga aloqador sustligi bolada asteniya xolatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda samotogen infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola o‘sib unmagan, gudak taxlid bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash xolatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo‘rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.

RSR ning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari ruxan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan bo‘ladi. Shu xildagi kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini 3 guruxga bo‘lish mumkin.

1. Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z xoliga tashlab qo‘yish, bunda bolalarda burch va ma’suliyat xissi shakllanmaydi. Aqliy idrokni rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati xis tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlarning yetishmasligi ham qo‘shiladi.

2. Bolani har tomonlama erkalatish,yetarli mustaqqil faoliyatga o‘rgatmaslik, tashabbuskorlik, ma’suliyat xissini shakllantirmaslik, bolani “oila erkasi” qilib o‘stirish, xaddan tashqari uning ko‘ngliga qarab ish tutish natijasida ham bola ruxiy rivojlanishida bir qadar orqada qolishi mumkin.

3. Bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, jismoniy jazolash, qattiqqo‘llik qilish, ota – onalarning alkogolizmga aloqador tajavvuzkorona munosabatlari bolani mudom asabiylashtirib, ruxiy rivojlanishdan orqada qolishga sabab bo‘ladi. Bunday bolalarda qo‘pollik, jur’atsizlik, tashabbussizlik, mustaqilsizlik, qo‘rqoqlik va boshqa xislatlar shakllanadi. Bularning hammasi aql idrokiga, bilish faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

RSR ning psixogen shaklida aql idrok bilish faoliyatiga aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo bo‘lgan xislatlar ham qo‘shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik xislatlar yuzaga keladi. Ana shunday bolalarni pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata olish lozim. Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal bo‘lib, ular noto‘g‘ri tarbiyalanganligi natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga o‘tib qoladilar. Xolbuki RSR bolalalrda shaxsiyatning har tomonlama noto‘g‘ri rivojlanishi markaziy nerv sistemasidagi yengil darajadagi organik jaroxatlanish bilan bog‘liq.

RSRning eng murakkab va keng tarqalgan psixogeg shaklida bosh miyaning kasalligiga, yaxshi yetilmaganligiga aloqador o‘zgarishlar kuzatiladi. Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga ko‘ra bunday bolalarning 50%da nerv sistemasida organik nuqsonlar bo‘ladi. Bu narsa ularning xis – tuyg‘u, irodaviy xolatlari taraqqiy etmaganligiga, asosan organik infantilizm tarzida namoyon bo‘ladi. Miyaga aloqador organik infantilizm ikkiga bo‘linishi mumkin.

1. Kayfiyati – ruxiyati o‘zgarib aksari ko‘tarinki ruxda bolalar, ularda o‘zlaridan yosh bolalarga xos xsusiyatlar saqlangan bo‘ladi.

2. Ko‘proq kayfiyati past bo‘lib mayus tortib yuradigan bolalar, ularda vazifani mustaqqil hal qila olmaslmk, tashabbus ko‘rsata olmaslik, qo‘rqish xolatlari kuzatiladi.

Miyaga aloqador organik xarakterdagi yana shu ikki xil infantilizm ko‘p xolatlarda qator qo‘shimcha xodisalar bilan birga davom etadi. Bularga quyidagilar kiradi:



  1. Serebral-endokrin infantilizm. Bunda asosan ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilgan bo‘ladi. Natijada bolalarda xis-tuyg‘ular yaxshi rivojlanmay nevropatiya xolatlari yuzaga keladi. Bolaning uyqusi, ishtaxasi yaxshi bo‘lmaydi, dizpensiya xolatlariga moyillik paydo bo‘ladi.

  2. Serebrastenik xolatlar, bular xam tez-tez uchrab turadi. Markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, neyrodinamik o‘zgarishlar kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyati susayib, xotira pasayadi,diqqati tarqoq bo‘lib qoladi,tez ta’sirlanish, qiz bolalarda yig‘loqilik, o‘g‘il bolalarda xaddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik kuzatiladi, bola ish qobiliyati past, arzimagan narsaga tez charchaydigan bo‘lib qoladi.

  3. Tabiatan nevrozga yaqin xolatlar, bular qorong‘dan, yakkalikdan tanxolikdan qo‘rqish, o‘zi va atrofidagilar sog‘ligi uchun xavfsirash giperkinezlar, duduqlanish, enurez, kabi xodisalar bilan birga ifodalanadi.

  4. Psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik-asosan o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi. Serxarakatlik, diqqatning tarqoqligi, tez chalg‘ish bunga xarakterlidir.

  5. Affektiv o‘zgarishlar –kayfiyati,ruxiyatining aytarli sababsiz aynib turishi, tajovuzkorlik qilishga moyil bo‘lish bilan xarakterlanadi.

  6. Psixopatik o‘zgarishlar-aqliy faoliyatga rag‘bat pastligi, o‘qishga salbiy munosabatda bo‘lish,o‘g‘rilik qilish,ko‘proq yolg‘on gapirish kabi salbiy xislatlarni o‘z ichiga oladi.

  7. Epileptik buzilishlar-xar-xil ko‘rinishda tutqanoq tutib turishi bilan namoyon bo‘ladi.

  8. Apatik-adinamik buzilishlar-tashabbuskorlik pasayishi, aqliy faoliyati sustligi,xaddan tashqari emotsional bo‘shanglik bilan xarakterlanadi.

Ruxiy rivojlanishi suslashganlikning serebral shakli miya shikastlanishlarilari, miningit, miningoinsifalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo‘lib xisoblanadi.

RRS gan bolalarni o‘qishi pasayib ketadi, biroq bu xolat o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa, bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab dasturini o‘zlashtira oladilar.

Ruxan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida, bolalarni vaqti vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriyalarda davolash foydalidir. Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari paydo bo‘lganda, u o‘quv mashxulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga soddaroq vazifalar beriladi. Sanatoriyadan davolanib qaytganlaridan so‘ng, bola o‘qishni o‘z maktabida davom ettiradi.

RRS bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab – internatlar, maktablarda kuni uzaytirilgan sinflar joriy etilgan. Ushbu muassasalarda ta’lim umum o‘rata ta’lim maktablari va bog‘chalarining dasturlari asosida olib borilib, ximoyalaydigan muloyim davolovchi maxsus tartib tashkil etadi. Ta’lim – tarbiyaviy ishlar bolalarning fkirlash qobiliyati diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, bunday bolalarga bilim berishda o‘qituvchi uning o‘ziga xos individual xsusiyatlarini etiborga olgan xolda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi.

Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o‘smirlar gigiyenasi inisitut xodimlari, jumladan N.P. Vayzman va boshqa olimlarning o‘tkazgan ilmiy tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki, RRS bolalar o‘zlashtirish jixatidan olganda sog‘lom va debil bolalar o‘rtasida oraliq o‘rinda turadi. Bu olimlar tekshirish vaqtida debil va RRS bolalarga bir xildagi topshiriqlarni berib ko‘radilar, shunda normal sog‘lom bolalar berilgan vazifani to‘g‘ri tushunib, uni kerakli tartibda bajargan bo‘lsalar, debil bolalar vazifani tushunmay bajara olmaydi, RRS bolalar esa xuddi shunday vazifani qisman tushinib, qisman bajaradi. Demak RRS bolalar aqli zaif debil bolalarga nisbatan ancha yaxshi tushunishadi va ularni bajarish uchun, ularga kerakli imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. RRS bolalarning o‘zlashtirish qobiliyati sog‘lom tengqurlariga nisbatan past bo‘lsada debil bolalardan ancha durust bo‘lganligi uchun bunday bolalarni yordamchi maktabga yuborish noto‘g‘ri, chunki ushbu maktab dasturi ular uchun soddalik qiladi. Ommaviy maktab esa bola uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratib (maxsus snif tenglashtiruvchi snif ochib) o‘z dasturini o‘zlashtirishni taminlash uchun maxsus yordam ko‘rsatishi lozim.

Bog‘cha tarbiyachilari va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari RRS bolalarning maxsus sharoitda ta’lim – tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak, ularni o‘z vaqtida aniqlab, boshqa bolalardan ajiratib olib, ota – onalariga mutaxasis psixonevrologlarga murojaat qilishga maslaxat berishlari lozim. RRS bolalar bilan inklyuziv me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengdoshlari orasida yoki maxsus muassasalarda davolanib, ximoya etish va ruxiy faoliyatini rostlashni ko‘zlab aloxida ta’lim – tarbiya ishlari olib boriladi.



O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilgan yordam tufayli ushbu toifadagi aloxida yordamga muxtoj bolalar keyinchalik yaxshi rivojlanib ketib, maktabni bitirgach oliy o‘quv yurtlarida xam muvaffaqiyatli ta’lim oladilar.


ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:


  1. Шоумаров Ғ.Б, Мамедов К.К. “Психик ривожланиши сустлашган болаларнинг психологик хусусиятлари ва деференциал диагностикаси”. “Ўқитувчи” нашрёти, Тошкент. 1987 йил.

  2. Шоумаров Ғ.Б, Мамедов К.К. “Рухий ривожланиши сустлашган болалар хақида” “Ўқитувчи” нашириёти, Тошкент. 1999 йил.

  3. www.ziyonet.uz

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish