Ruboiy va uning turlari
Reja:
Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi.
Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar va ma’no tanosubi.
3, Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar
Fardlarda Navoiy hikmatlarining aks etishi.
Fariddiddin Attorning “Muxtornoma” asaridan qalbni, xulqni, go‘zallashtirishga da’vat etuvchi besh mingdan ortiq ruboiy joy olgan. Mavlono Jaloliddin Rumiyning devonida bir yarim mingga yaqin ruboiy berilgan. Ular Xayyomning inson umri g‘animatligi, dunyoning o‘tkinchiligi to‘g‘risidagi SHarqu G‘arbda shuhrat topgan. Sрarq poetikasida ruboiy faqat hazaj bahrining axrab va axram tarmoqlarida yozilishi va albatta to‘rt misradan iborat bo‘lishi qat’iy belgilangan. Abu Ali ibn Sino, SHayx Najmiddin Kubro, Mirzo Abdulqodir Bedil singari donishmandlar o‘zlarining ma’rifiy aloqiy, ilohiy qarashlarini ruboiylarida ifodalashgan.
Janrlar an’ana tarzida avvaldan mavjud bo‘lishi tabiiydir. Ammo uni mavzu, uning zamirida turgan hayot materiali, mazmun yo fikr tanlaydi.
Ruboiy – lirikaning mo‘‘jaz janrlaridan biri bo‘lib, dastlab fors-tojik adabiyotida folklor ta’sirida paydo bo‘ldi, keyinchalik turkiy adabiyotdan ham mustahkam o‘rin oldi.
Ruboiy (arabcha, to‘rtlik so‘zidan) – axloqiy-falsafiy, ishqiy mavzularda yaratiladigan to‘rt misradan iborat yaxlit, tugallangan she’r. Dastlab fors-tojik she’riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud.
“Haft qulzum” asaring muallifi Qabul Muhammad ruboiy janriga shunday ta’rif beradi: “Bilgilki, ruboiy lug‘atlarda ikki baytli she’r deganidir. Vazn va qofiyada to‘rttala misrasi ham muofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi. Ruboiyda aksar birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi misralar qofiyadosh bo‘ladi. Maboda uchinchi misra ham kelsa , unga “ruboiy tarona” deb yuritiladi”.
«FUNUNU-L-BALOG‘A»dan: Ruboiy to‘rt misra’ bo‘lur. Avvalg‘i va ikkinchi va to‘rtinchi misra’ida qofiya keltirurlar. Va uchinchi misra’i ixtiyordur. Agar qofiya keltursalar ruboiyi musarra’ derlar.
Eron olmi Muallim Nojiy ruboiyning har to‘rtala misrasi qofiyalangan shakliga “ruboiyi musarra (“kushodu ravshan” ravshanu oshkor” deb nom beradi. Ruboiyning bu turi Alisher Navoiy asarida “ruboiya” deb ataladi.BuhaqdaNavoiy “Mezonul-avzon” asaridashundayyozadi: “Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” hamderlar, hazaj bahrining “axram” va “axrab”idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xush oyanda vavaznedur bag‘oyatra boyanda”.
Ruboiyni ta’riflash XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida ham aytib o‘tildi.
To‘rt misra’ligina bo‘lub, 1-, 2-, 4-misra’i qofiyadosh, 3- misra’i qofiyasiz bo‘lg‘an tizmalarga ruboyi deyiladir. Ruboyi forsi(y)ga maxsus bir tizim shaklidir. Bizga forslardan kelgandir. Buning maxsus vazni bordir. Arab-fors aruzini chig‘atoychada yozg‘an Navoyi ruboiy uchun “hazaj” bahridan yigirma to‘rt vazn borligini so‘ylaydir. Biroq bu yigirtma to‘rt vazn bir-biriga shuncha yaqindirkim, Navoyining o‘zi ham, misollarini ko‘rsatganda aralashtirib yuboradir” (Fitrat)
Jumladan, Navoiy poetikasi masalalarini maxsus o‘rganish Hodi Zarifning«Ruboiy», «Lutfiy va Navoiy» nomli maqolalarida tilga olinib, shoirlirikasining g‘oyaviy-badiiy mohiyati, o‘zbek poeziyasi an’analariningNavoiy she’riyati taraqqiyotida tutgan o‘rni kabi sohalarda jiddiyfikrlar bayon qilinadi.
Bundan tashqari, A. Haytmetovning (Navoiy lirikasi) tadqiqotlarida ruboiy bilan bog‘liq fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslikdagi ruboiy janri bilan bog‘liq fikrlarni umumlashtirgan I.Haqqulov shunday ta’rif beradi “ o‘ziga xos kompozitsion qurilishga, qofiya va badiiy pritsiplarga ega, falsafiy, ijtimoiy, ishqiy va axloqiy mavzulardagi, hazajning mahsus vaznida yoziladigan she’r shakliga ruboiy deyiladi”.
Ruboiy janri bilan bog‘liq adabiyotshunoslikda yana bir muammo mavjud. Turk adabiyotshunosi Muallim Nojiy “Ruboiy yana “tarona” va “dubaytiy” nomlari bilan atalur”,- deydi. O‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ruboiy, tarona, dubaytiy bir-birigia sinonim bo‘lgan so‘zlarmi degan savol tug‘iladi.
Dubayti va tarona rub
oiyga sinonim bo‘lgan degan qarash fors-tojik va o‘zbek adabiyotshunosligida ham mavjud. “Bizningcha bunday deyishga asos yo‘q. Ularning har ikkalasi ham lirikaning o‘ziga xos mustaqil bir janrlaridir”,-deb ta’kidlaydi I. Haqqulov. Adabiyotshunos olim o‘z fikrini 15 asrda yashagan Vahid Tabriziyning “Jami’ muxtasar” asarida keltirilgan fikr bilan asoslaydi: Unda shunday yozilgan: “Dubayti-ikki baytdan iborat she’r turi. Uning ruboiyga o‘xshash 1,2,4- misralari qofiyadosh bo‘ladi. Ammo vazn e’tibori bilan dubaytiy ruboiydan farq qiladi”.
“Dubaytiy – deb yozadi Fazlulloh Safo – nomidan anglashilganidek, ikki baytli she’rdir. Unda birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi misralar o‘zaro qofiyalanib, uchinchi misrani qofiyalash shoirning xoxishiga bog‘liqdir. Ba’zan dubaytiyda faqat 2, 4 misralar hamqofiya bo‘lishi mumkin. Uning asosiy vazni hazaji musaddasi maqsur yoki mahzufga mos keladi”. I. Haqqulovning ta’kidlashicha, bir qancha manbalarda ham shu fikr ta’kidlangan.
Demak, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib ruboiy va dubaytiy o‘rtasidagi farqlarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Dubaytiy janridagi she’rlar hazaji musaddasi mahzuf (maqsur) vaznida yoziladi.Ruboiy esa hazajning axramyoki axrab shajaralaridan birida yozilishi kerak.Dubaytiyning juft misralarigina ham qofiyalanishi mumkin.Ruboiy esa o‘zining qat’iy qofiya sistemasiga ega
Bundan tashqari ruboiy va dubayti o‘rtasidagi farq faqat shaklda emas, balki mazmunda ham farq bor.Dubaytiy tematikasining tub mohiyati ishq tuyg‘ulari, muhabbat hayollari, orzu-armonlarishkil etadi. Ruboiyda esa falsafiy, axlqiy , ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar ham ifoda etiladi (I. Haqqulov).
Tarona termini ruboiyganisbat berilganda esa, asosan ikki maqsad ko‘zda tutiladi. Birinchida, ruboiy vaznlarining o‘ynoqiligi, ravonligi nazarda tutilsa, ikkinchidan, agar ruboiyning to‘rt misrasi ham bir xilda qofiyalangan bo‘lsa, “ruboiyi tarona” deyiladi va bu bilan undagi ohangdorlik ta’kidlanadi. (lug‘atlarda tarona - kuy, qo‘shiq deb izohlangan) Demak, ruboiyning 2 xil turi bor:
1) Xosiy ruboiy yoki ruboiyi xosa(qofiyalanishi: a-a, b-a):
2) Taronayi ruboiy yoki ruboiya(qofiyalanishi: a-a, a-a):
Ruboiy muayyan kompozitsiyaga ega bo‘lib, unda mumtoz ruboiy talablariga ko‘ra, to‘rt unsur mavjud bo‘ladi. Mazkur unsurlar to‘rt misrada aytilmoqchi bo‘lgan falsafiy, axloqiy yoki didaktik fikrning ma’lum bir yaxlitlikka erishishini ta’minlaydi. SHu ma’noda to‘rt misrani quyidagi unsurlarga taqsimlash mumkin:
1) tezis – unda ruboiyda aytilmoqchi bo‘lgan fikr, boshqacha aytganda ruboiy mavzusi bayon qilingan bo‘ladi;
2) antitezis – bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi;
3) moddai ruboiy – to‘rtinchi misrada aytilmoqchi bo‘lgan fikr uchun ko‘prik vazifasini o‘taydi;
4) sintez– xulosa.
Lekin bu unsurlarning doimiy mavjud bo‘lish talabi nisbiy bo‘lib, ko‘pincha tezis va antitezisning o‘rniga faqat moddai ruboiy va sintezning qo‘llanilganligini kuzatish mumkin.
Har qanday adabiy shakl mazmun tomoni bilan qimmatli. Mazmun uchun xizmat qilmagan shaklning ahamiyati to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas.Ruboiyda ham mazmun asosiy rolni bajaruvchi omil. SHoirlar ruboiyda ishq haqida ham, falsafa haqida ham, axloq haqida ham – xullas she’riyatda foydalanish mumkin bo‘lgan deyarli barcha temalarda qalam yuritganlar. Biroq ruboiy mundarijasinin etakchi yo‘nalishlariga qarab, shartli bo‘lsa-da tematik tomondan uch guruhga ajratish mumkin
Falsafyi ruboiylarIshqiy ruboiylarTa’limiy –axloqiy ruboiylar.
Shoir ruboiylarida ham dunyoviy muhabbatning zavqbaxsh onlari
san’atkorlik bilan berilgan:
Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq.
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.
O‘tmishda oriflar “Ko‘ngil bo‘lmasa, ishq qaerni vatan aylar. Ishq bo‘lmasa ko‘ngil nima ishga yarar” degan ekan. Yuqoridagi ruboiyning mavzusi ishq.
Navoiy she’riyatida ishq va ko‘ngil tushunchalari doim bir-birini taqazo qilib kelgan.Ishq hoqimlikka, ko‘ngil tobelikka mahkum. Ishq –o‘t alanga yoqar.
Ko‘ngil shu olovda yonar. YUqoridagi ruboiyda oshiq ko‘nglini “g‘amu dard ila qon” aylagan “ul qonni” ko‘z yo‘lidan ravon aylagan, “har qatrani beiz pihon qilgan” va niyahoyat “bedillikni” oshkor aylagan ISHQdir.
Navoiyshunoslikda shoir ishqi bilan turli xil fikrlar aytilgan.Ibn Arabiyning shunday fikri bor: “...xotin –qizlarning qadrini va ularning sirlarini (nozikliklarni) anglagan kimsa ularni sevishda zohidlik qilmas, bil’aks, ayollarni sevmak, oriflik kamolidir”
Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
YUz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.
Shoir banday ta’rif bilan ikki maqsadni amalga oshirgan. Birinchidan, go‘zallik va nafosatda yorning tengsizligini ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchidan, shu go‘zallik va nafosat Allohning zuhuri ekanligiga urg‘u beradi.
Ma’lumki, A.Navoiy asarlarini ularning iloihy-irfoniy manbalaridan tashqarida o‘rganib bo‘lmaydi. Jumladan, «Zumar» surasining 60-oyat karimasida o‘qiymiz: «Qiyomat kunida Alloh sha’niga yolg‘on so‘zlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda ko‘rasiz». Ko‘rinadiki, yolg‘onchilik inson atvorida eng yomon illat sifatida qoralanadi.
Balo un-insoni min al-lison – Insongabalo tildan kelur.
Co‘zdin kishikim g‘amu balo hosilidur,
Har nuktada tili desabalodoxilidur.
Besirfadegan kishiga tili qotilidur,
Alqissa, kimsaning balosi tilidur .
Qur’oni karim "Qasas" surasininng 88-oyatida o‘qiymiz: «Allohga qo‘shib boshqa «iloh»ga iltijo qilmang! Undan o‘zga iloh yo‘qdir. Uning “o‘zi”dan boshqa barcha narsa halok bo‘luvchidir.
Gardunki, xaloyiqqa vafosi yo‘q aning,
Javr ichra kichik-uluqqa posi yo‘q aning.
Har kimki, kichik bo‘lsa baqosi yo‘q aning,
Sen oni ulug‘ bilki, fanosi yo‘q aning
«Kishilarning yomoni xalq undan ehtiyot bo‘ladigan odamdir»degan Hazrat Ali hikmat she’riy tarjima qilingan. Hazrat Alining bu hikmati ikki narsaga diqqatimizni tortadi: Biri insonlarning yomon toifasi; ikkinchisi – har bir odamning shaxsiy xususiyatiga xalqning munosabatidir. Qanday odamni yomon deb hisoblash lozimligi Qur’oni karim va hadislarda takror-takror keladi: qasamxo‘r savdogar, takabbur kambag‘al, zinokor keksa, zolim podshoh, g‘azabi tez kelib, sekin qaytuvchi banda, qo‘shnilar yomon degan kimsa va hokazo.
Alisher Navoiy o‘z ruboiysida odamlarni o‘zining yaramas qiliqlari bilan bezdirgan kishini birinchi o‘ringa chiqaradi va uning atvoridagi nuqsonlarni birma - bir sanab beradi:
El qochsabirovdin el yamoni bil oni,
Ahvolidaidbornishoni bil oni,
Fe’lichra ulus baloyijoni bil oni,
Olameliningyamonyamoni bil oni
– Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri vafo, uchdan biri saxiylikdir.
Uch qism ila iymong‘a bino fahm ayla,
Avvalg‘isini oning hayo fahm ayla,
Ikkinchisini dog‘i vafo fahm ayla,
Uchunchinibilmasang, saxofahmayla .
Hayo, vafo va saxiylik – iymon binosining ustunlaridir. Bu go‘zal xulqlar insonlarni doim yaxshilik cari etaklaydi, yomon ishlardan saqlaydi. Rasululloh(s.a.v): «Hayo faqat yaxshilik keltiradi»,-degan hadislari orqali esa hayoning yaxshilikni harakatga keltiruvchi kuch sifatidagi qudratini ta’kidlaganlar. Bu erda ham –ahdga vafo iymonning yana bir nishonasi sifatida keltirilgan. «Ahdga vafo qilmaganlarning dini yo‘q»,-deya hukm chiqaradilar ahdga vafoda ibrat bo‘lgan zot - Rasuli akram (s.a.v).
Ma’lumki, har qanday ijodkor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga hayotdan tanlagan voqealari, ulardan sizib chiqqan saboqlarni munosib shaklda mukammal badiiy ifodalay olsagina erishadi. Alisher navoiy o‘zining qator qarashlari uchun ruboiy janrini tanladi.
Asosiy g‘oya tashuvchi hikmatli so‘z – Hazrat Ali aforizmini Alisher Navoiy ruboiyning oxirgi misrasida (ba’zan baytida) beradi. Qolgan misralar esa ulug‘ shoirning erkin ijodining mahsulidir. Ayni misralar jasoratli xalifa hikmatlari Navoiyni nimalarga ilhomlantirganini kuzatish imkoniyatini beradi. Chunonchi:
Mo nadimamansakata – Kim sukutsaqlasa,nadomatqilmaydi.
Harkimsa
ki, nuktasifarovonbo‘lmas,
Tilranjigaqolmoqlig‘iimkonbo‘lmas,
Ko‘pso‘zlaguchig‘ag‘ayrinuqsonbo‘lmas,
Harkimkixamushbo‘ldi, pushaymonbo‘lmas[105].
Bu o‘rinda aforizm – to‘rtinchi misraga jo bo‘lgan. Bunday hollarda Navoiyda hikmatda ifodalangan g‘oyani o‘zining teran falsafiy mushohadalari bilan boyitish imkoniyati kengayadi. Masalan, tahlil qilayotganimiz ruboiyning uchinchi misrasi Hazrat Alining «Ayb ul-kalomi taviyluhu» – Gapning aybi uzunligidadir, degan aforizmining she’riy ifodasidir.
Alisher Navoiy «Nazm ul-javohir» tarkibidagi ruboiylarda qofiyai tarona qo‘llashi, ko‘pgina to‘rtliklarning radifli bo‘lishiga erishishi, misralarni turfa badiiy san’atlar bilan bezashi barobarida, o‘sha badiiy yaratmalar tilining mumkin qadar sodda, aniq bo‘lishiga intilgan. Haya ul-mar’i satruhu – Kishining hayosi uning pardasidir.
Avji sharaf uzra oftob o‘ldi hayo,
Bo‘stoni saodatg‘a sahob o‘ldi hayo,
Mazmum xasoilg‘a hijob o‘ldi hayo,
El aybig‘a go‘yoki niqob o‘ldi hayo .
Ruboiydagi “o‘ldi hayo” radifi ikki jihati bilan ahamiyatlidir: Birinchidan, ruboiydagi asosiy g‘oyani tashuvchi so‘z birikmasi sifatida qo‘llangan bo‘lsa; ikkinchidan, bu so‘z ruboiy ohangdorligi va ta’sirchanligini ta’minlagan. Xuddi shunday fikrni asardagi boshqa radifli ruboiylarga nisbatan ham aytish mumkin.
G‘iyos ul-lug‘ot»da keltirilishicha, "Talmeh" deb o‘z so‘zlari mag‘zida Qur’oni majid oyatlari va hadislardan namunalar keltirish"
Salamat ud-dini mavt ul-ulamai – Dinning raxnasi olimlarning o‘limidir.
Ilm o‘ldi sharaf din aro har oying‘a,
Bormoq bo‘lur o‘rgangali oni Ching‘a.
Dinda ulamo mujib erur tazying‘a,
O‘lmoqlik alarga raxna soldi ding‘a .
Ko‘pchilik kitoblarda: «Misralar oxiridagi ohangdosh so‘zlar qofiya deyiladi», - deb yozilgan. Ohangdosh so‘zlarning qofiya bo‘lishi to‘g‘ri, ammo qofiya faqat misra oxiridagina kelmaydi. Qofiya misra boshida ham, misra o‘rtasida ham, misra oxirida ham kelishi mumkin. Masalan, Navoiyning quyidagi ruboiysida qofiya misra boshida kelgan.
Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmoq ondin ortiq bo‘lmas,
Ondin seni ko‘psevarmen, ey umri aziz.
“Xazoyinul-maoniy”ni yakunlovchi janr fard bo‘lib, (ar. “yakka”, “yolg‘iz”) bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she’r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‘lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. SHu ma’noda fardlar ko‘pincha aforizm xarakteriga egabo‘ladi:
G‘ofil o‘lma, nazardin itsaadu,
SHam’ o‘churganda, el ko‘rinurmu...
Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida uchraydi. Fard (yakka, yolgiz) - fakat bir baytdan iborat she’r; yozma adabiyotning eng kichik janri: Navoiyning
“Muruvvat – barchabermakdur, emak yuq,
Futuvvat barcha щtakdur, demak yuk;”
fardining uziyok bu janrning shaklan kiska, lekin mazmunan juda salmokdor bulishini kursatadi. Xazratning “Favoyid ul-kibar” devonidan 86 ta fard urin olgan va ularda Alisher Navoiy Olam va Odam x,akidagi turfa karashlarini xar tukis bayon etganini kuzatish mumkin. 82 tasi qofiyali, 4 tasi esa qofiyasizdir. Fardlarning barchasi “Favoyidul-kibar” devoniga kiritilgan. Navoiy fardlari shoirning hayotiy tajribalari mahsuli bo‘lmish chuqur mushohadalari va mantiqiy xulosalarini o‘zida aks ettirish bilan birga, shoir she’riy dahosining ayrim qirralari haqida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Fard – ikki misrali janr, albatta unga murabba mazmunini joylash qiyin. Fardda, birinchi misrada ko‘pincha bir fikr o‘rtaga tashlanadi, u – g‘oya, kompozitsion markaz hisoblanadi, ikkinchi misrada esa bu fikr qiyosiy shaklda muhokama, tahlil etilib, xulosa qilinadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin: (dam urmoq” jumlasi vositasida ikki ma’no: nafas chiqarmoq va gapirmoq ma’nolari anglashilyapti va bu orqali iyhom san’ati vujudga keltirilgan:
Kishi aybing, desa, dam urmag‘ilkim, ul erur
ko‘zgu,
Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu.
Yoki:
Kishi aybini yuziga qilma izhor
Taammul ayla o‘z aybingg‘a zinhor.
Ushbu hikmatlar “do‘st do‘stning oynasi”, “Avval o‘zinga boq keyin nog‘ora qoq” kabi xalq maqollari mazmuniga hamohang ko‘rinadi. Maqolladn farqli ravishda mazkur hikmatlarda ulug‘ shoirning ma’rifiy qarashlari yorqinroq aks etgan. Ya’ni fardda insoniy munsabatlar sharti – andishali bo‘lish, o‘z holidan ogohlikka erishish hamda kamiliklarni mardona tan olish haqida so‘z boradi.
G‘oya farddagi bu ikki misrani bir-biriga bog‘lovchi mantiqiy rishtadir, misralar esa kompozitsiya unsurlariga aylanadi. Ammo ruboiy sig‘imi bundan kattaroq, biroq bu imkoniyat fardni kamsitish uchun dastak bo‘la olmaydi, sig‘imining kichikligi fardning aybi emas, balki o‘ziga xosligidir. Demak, gap faqat hayot materiali yo ma’noning katta yo kichikligidagina emas.
Dnyovu o‘qbo ikkisi jam’ o‘lmas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutsa, bo‘lur g‘arq.
E’tobo bersak, fardlarning ikkinchi misrasida xalq hikmatlari keltirilishi shoirning fikrini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fard mazmunini sodalashtirib, xalqona ohinga moslaydi.
Andoqko‘rundi sabza arosindalolalar,
Kim sabzxatlarilgidaoltunpiyolalar (A.Navoiy)
Bu fardning birinchi misrasida maysalar orasida lolalar ko‘ringanligidan xabar berilyapti, ikkinchi misrada esa bu lolalar yor
qo‘lidagi piyolalarga o‘xshatilayotir. Demak, birinchi misradagi kechinma vafikrni ikkinchi misra rivojlantiryapti. Bu o‘rinda, albatta, fikr harakati borligi o‘z-o‘zidan ma’lum, lekin bu harakat juda oddiy. Kechinma harakatidagi oddiylik, ruboiy va ikki yo to‘rt misrali, qisqa qit’alar uchun ham begona emas
Fardlarda esa buyuk Navoiy san’atkorligi yanada ravshan ko‘zga tashlanadi. Masalan, mumtoz adabiyotimizda ko‘zning tashbehi aksariyat qotil, lab esa obi hayot manbai sifatida tilga olinadi.
Navoiy ana shu ancha sayqalanib qolgan tashbehlardan quyidagicha sahli mumtane yaratgan:
Ikki ko‘zingu labing g‘amidin
Men xasta o‘lib-o‘lib tirildim.
Baytda «o‘lib-o‘lib» so‘zining ikki bor takrorlanishidan har ko‘zing uchun bir marta jon berdim, ammo labing xayoli meni tiriltirdi, degan ma’no chiqadi.
Belu og‘zingdin, dedilarkim, degil afsonae,
Boshladim filholkim: «Bir bor edi, biryo‘qedi».
Buerda «bir bor» deganda ingichka belni, «yo‘q» deganda og‘izni
Anglash lozim. Quyidagi fardda ham ajoyib so‘z o‘yini ishlatilgan:
O‘q edi, eytongki, otting joni mavuslattuni,
Bu jihatdin yoruma dermen seni har subhidam.
Vuslat – etishish, qovushish, uylanish
Fardning birinchi ma’nosi: ey tong, vuslat tuni jonimga o‘q
otting (menga yor vaslinasibetgan tun), ana shujihatdan seni men
«yorishma» deb qarg‘ayman.
Ikkinchi ma’nosi: vasl tuni jonimga otgan o‘qingni, ey tong, har subhidam yorimga aytib, shikoyat qilaman.
Рухсора Belline, [03.02.21 16:37]
[Переслано от Дилдора]
Lirik tur va uning janrlari
Lirik turning spеtsifik xususiyatlari. Lirik qahramon
tushunchasi Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari Hozirgi
shе'riyatdagi lirik janrlar xususiyati.
Lirika (yun. cholgu asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan
shakllangan bolib, ozining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning
bеlgilovchi xususiyati sifatida uning tuygu-kеchinmalarni tasvirlashi
olinadi. Ya'ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqеlikni
tasvirlamaydi, uning uchun voqеlik lirik qahramon ruhiy
kеchinmalarining asosi, ularga turtki bеradigan omil sifatidagina
ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqеlik lirik qahramon qalb
prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrogi, lirikada kеchinmani
tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik "parchalari", dеtallargina
olinadi.
Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba'zan u lirik subyеkt
dеb ham yuritiladi). Kopincha lirik qahramon dеganda muallif
tushuniladiki, bu har doim ham togri bolavеrmaydi. Zеro, shoir
ozining kеchinmalarini tasvirlashi ham, ozganing ruhiyatiga kirgan
holda osha "ozga shaxs" kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Bu
orinda yana bir muhim masala shuki, shе'rda hatto shoir oz
kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir
orasiga tеnglik alomati qoyib bolmaydi. Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi,
har bir inson qalbida mavjud bolishi mumkin bolgan barcha qalblar
imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga kora, shoir ozganing holatiga
kirishi, ma'lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kеchinmasini
his qilishi ham mumkin. Masalan, Cholponning "Mеn va boshqalar"
shе'ri garchi lirik "mеn" tilidan bеrilgan bolsa-da, uning lirik
qahramoni shoir emas, balki ozbеk qizining umumlashma obrazi
ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan
farqli olaroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyеktning
noplastik obrazi yaratilgani bois ham u oquvchi tasavvurida tashqi
korinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrogi,
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
197
197
oquvchi ozini uning ornida koradi, uning kеchinmalariga turtki
bеrgan holatni his qiladi, konglidan kеchgan kеchinmalarni oz
konglida ham kеchiradi,— ozini korolmaydi. Masalan, tubandagi
shе'rni shu jihatdan kozdan kеchirishimiz mumkin:
Koksimga qoyilgan bu boshni endi
Gohida koz qiyib, gohida qiymay
Va buning ustiga sеni unutolmay
Yashash axir mеnga kop qiyin.
"Bora-bora sеvib kеtarman
Mеn erimni balki kеyinroq",—
Dеgan xayol bilan yashaysan,
Mеndan kora sеnga qiyinroq.
(U.Qochqor)
Shе'rni oqigan kitobxon lirik qahramonni — qaysidir sababga
kora sеvgilisiga yеtisholmagan, endilikda ozining oilasida sokin va
totuv umrguzaronlik qilayotgan, turmush ortogini-da samimiy
hurmat qiluvchi va ayni paytda sеvgisini ham unutolmagan odamni
tasavvur qiladi, osha odamning ruhiy holatiga kirib, uning
kеchinmalarini qalbdan otkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon
bilan rеal shoir tеng emas, ya'ni, shu shе'rni yozish uchun shoirning
albatta sеvgilisiga yеtisholmagan va hamon osha sеvgisini qomsab
yashayotgan odam bolishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili
shuki, siz, ya'ni shе'rxon, bu holatni his qilasiz, holbuki, unda
tasvirlangandеk hayotiy holatni rеal hayotda boshdan kеchirmagansiz,
faqat, Tolstoy aytmoqchi, qalbingizda mavjud bolishi mumkin bolgan
barcha qalblar imkoniyat tarzida yashaydi.
Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik
asarlarni ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz.
Avtopsixologik lirika dеganda lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati
mos tushgan, ikkalasi bir-biriga yaqin bolgan shе'rlar tushuniladi.
Ya'ni, avtopsixologik shе'rlarda shoir oz qalbiga murojaat qiladi, oz-
ozini ifodalaydi. Agar avtopsixologik lirikaga mansublik uchun shoir
shaxsiyati va lirik qahramon orasidagi yaqinlik (aynan moslik emas)
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
kifoya dеb qarasak, u holda lirik asarlarning aksariyati avtopsixologik
xaraktеrga ega ekanligi ma'lum boladi. Shoir shaxsiyati bilan lirik
qahramonning mos tushmasligi ochiq korinib turgan shе'rlarni ijroviy
lirika (rus adabiyotshunosligida “ролевая лирика”) dеb yuritamiz. Bu
xil shе'rlarning ijroviy lirika dеb nomlanishiga sabab shuki, ularda
shoir ozga shaxs ruhiyatiga kiradi, goyo uning rolini oynaydi va
asarda uning qalbini suratlantiradi. Shuni yodda tutish lozimki,
mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy va h.)
bularning har biriga birdеk singishib kеtavеradi (ya'ni, avtopsixologik
lirika ham, ijroviy lirika ham mazmunan falsafiy, ishqiy, siyosiy va h.
bolavеrishi mumkin).
Ma'lumki, lirik asarlar asosan shе'riy nutq shaklida yoziladi, biroq
"shе'riy asar" va "lirik asar" tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz.
Sababki, badiiy adabiyotda shе'riy yolda yozilsa-da, lirikaga aloqador
bolmagan asarlar ham mavjud (epik dostonlar, shе'riy romanlar).
Shuningdеk, lirik asar odatan hajmining kichikligi bilan xaraktеrlanadi,
sababi u odatda lirik qahramon konglida lahzalar davomida kеchgan
his-tuygu, oy-fikrni ifodalaydi. Ayni choqda, hozirgi shе'riyatda
hajman birmuncha katta shе'rlar ham uchraydiki, ularda lirik
qahramon konglida muayyan vaqt davomida kеchgan jarayonlar, his-
tuygu va oy-fikrlarning kurashi, turfa evrilishlari qalamga olinadi.
Jumladan, A.Oripovning “Bahor” shе'ri bunga yorqin misol bola oladi.
Mazkur shе'r davomida lirik qahramonning kayfiyati (shunga mos
tarzda shе'r ruhi, intonatsiyasi) bir nеcha bor ozgaradi: bahor
kеlganidan quvonish – yoqotish iztiroblari – hayot va olim haqidagi
mushohadalar – isyon – itoat – yana bahor quvonchi… Shunga
qaramay, lirik kеchinma vaqti uzaysa-da, “Bahor” shе'rida ham vaqt
hissi "hozir"ligicha qoladi.
Lirik asarlar odatda monologik nutq shakliga ega, ularda his-
tuygu, kеchinmalar lirik qahramon tilidan monolog tarzida
ifodalanadi. Biroq bu lirikaga dialogik nutq shakli bеgona dеgani emas.
Dialogik nutq lirik asarlarda ham uchraydi. Jumladan, mumtoz
shе'riyatimizdagi savol-javob asosiga qurilgan baytlar bunga misol
qilinishi mumkin:
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
"Nuqta lab ustida bejodur", desam aydi kulib:
"Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda".
(Furqat)
Mumtoz shoirlarimiz tomonidan juda kop qollangan bu usul
shе'rlarga joziba va hayotiylik baxsh etgan. Dramaning lirikaga ta'siri
olaroq, hozirgi shе'riyatda dialogik nutq salmoqli bolgan shе'rlar ham
mavjud. Misol uchun A.Oripovning “Samolyotda yozilgan shе'r”ini
olaylik:
Charh urar erdim fazoda, yulduzim yoldosh edi,
Yulduzimga tеrmulib yulduz kozimda yosh edi.
Dеr edim: - Jon yulduzim, vaslingga bir yеtkaz mani,
Dеr edi: - Kok sеvmagay sеnday gunohkor bandani.
Charh urar erdim fazoda, yulduzim yoldosh edi,
Yulduzimga tеrmulib yulduz kozimda yosh edi.
Dеr edim: - Tush, yulduzim, yoqsa zaminga sеn ozing.
Dеr edi: - Xush kormagay tashvishli yеrni yulduzing.
Korib turganimizdеk, ushbu shе'rda dramatik lavha yaratiladi, shu
bois ham unda dialogik nutq, garchi u monologik nutq tarkibiga kirgan
bolsa-da, shе'r mazmunini ifodalashda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Xuddi shu gapni U.Azimning “Buyumlar haqida ballada”, “Boysun
haqida gamgin ballada…”, X.Davronning “Qaydasan, Xurshid Davron?”,
“Dunyo gozal, dеdi” kabi shе'rlari haqida ham aytish mumkin.
Dеmak, lirik turdagi asar ham boshqa adabiy turlarga xos
xususiyatlarni qisman oziga singdiradi. Jumladan, lirik asarda
voqеlikka oid tafsilotlar (epik elеmеnt) juda kam bolib, ular
kеchinmani ifodalash, uning omillarini korsatishga yеtarli
miqdordagina olinadi. Ya'ni, bu orinda asosiy mе'yor — fragmеnt
tarzida olingan epik elеmеntlarning lirik qahramon holatini tasavvur
qilish uchun yеtarliligi. Shuningdеk, lirik asarda yana epik asarga xos
voqеabandlik, dramatik asarga xos dialogik holatlar, oziga xos "sahna"
yaratish hollari ham uchraydi. Biroq har ikki holda ham bu elеmеntlar
kеchinmani tasvirlash va ifodalashga xizmat qiladi, chunki lirik asar
uchun voqеani yoki "sahna"ni tasvirlash maqsad bololmaydi, ular
vosita xolos.
Lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratishda ham turlicha
prinsiplar mavjudligini ta'kidlash kеrak. Adabiyotshunoslikda ulardan
ikkitasi — shakl xususiyatlaridan kеlib chiqib tasniflash hamda
mazmun xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda tasniflash kеngroq
tarqalgan. Jumladan, ozbеk mumtoz adabiyotiga nazar soladigan
bolsak, unda shе'rlarning koproq shakl xususiyatlaridan kеlib
chiqilgan holda janrlarga ajratilishiga guvoh bolamiz. Masalan: ruboiy
ozining tort misradan tashkil topishi, hazaj bahrining axrab va axram
shajaralarida yozilishi, koproq a-a-b-a (kamroq a-a-a-a) tarzida
qofiyalanishi kabi shakl korsatkichlari asosida ajratiladi; tuyuq
ozining tort misradan tarkib topishi, ramali musaddasi maqsur
vaznida yozilishi, koproq a-a-b-a tarzidagi va tajnisli qofiyaga ega
bolishi bilan xaraktеrlanadi; qit'a ikki yoki undan ortiq baytdan tarkib
topadi, juft misralari ozaro qofiyalangani holda toq misralari ochiq
qoladi, vazn va mazmun jihatlaridan chеklanmaydi, — koramizki,
bularning barida shakl xususiyatlari janrni bеlgilovchi asos bolib
xizmat qiladi. Bu narsa, ayniqsa, musammatlarda (masnaviy, musallis,
murabba' va h), mustazod, tarkibband, tarjеband kabi janrlarda yana
ham yorqinroq korinadi. Bulardan korinadiki, ozbеk mumtoz
shе'riyatida ozining muayyan shakliy bеlgilariga ega bolmish turgun
shе'riy janrlar yеtakchi orin tutgan. Shunisi ham borki, badiiy tafakkur
taraqqiyotining muayyan bosqichida turgun janr shakllarining
yеtakchi mavqе egallashi umuman jahon adabiyotida kuzatiladigan
hodisadir. Masalan, Yevropa adabiyotidagi sonеt, rondo, rondеl,
tеrsina, oktava kabi shakllar fikrimizni dalillash uchun yеtarli. Badiiy
tafakkur rivojining kеyingi bosqichlarida jahon adabiyotida turgun
shakllarni inkor qilish, shе'riyatning qat'iy ramkalar doirasidan
erkinlik tomon intilishi kabi umumiy tеndеnsiya kuzatiladi. Buning
natijasi olaroq, lirik asarlarni janrlarga ajratishda endilikda shakl
xususiyatlaridan, aniqrogi, tashqi shakldan kеlib chiqish imkoni yoq.
Shuningdеk, lirikani janrlarga ajratishda faqat mazmundan kеlib
chiqish (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika qabilida ajratish) ham
maqbul emas. Boz ustiga, bu holda janr mohiyatini buzib tushungan
bo`lib chiqiladi. Zеro, janr ma'lum bir mazmunni shakllantirish va
ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasi ekanligi ayon haqiqatdir.
Ma'lumki, klassik shе'riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turgun
janrlar (gazal, ruboiy, qasida va b.), shuningdеk, xorijiy
adabiyotlardan ozlashgan turgun shе'riy shakllar (sonеt, rondo,
tanka, xokku va b.) hozirgi shе'riyatda ham oz bolsa-da qollanadi.
Buning ustiga, adabiyotshunos faqat hozirgi adabiyotni organish bilan
chеklanmaydi, u, ayniqsa, nazariy masalalarni organish va xulosalar
chiqarish jarayonida umuman jahon adabiyoti matеrialiga tayanadi.
Shunga kora, ozbеk shе'riyatida qollanilgan shе'riy janrlarni,
bizningcha, tubandagicha janr turlariga ajratish mumkin:
1) shakl xususiyatlariga kora (bandning tarkiblanishi,
qofiyalanish tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: gazal, mustazod, tuyuq,
ruboiy, tarjiband, tarkibband, musammatlar;
2) anjumanga moljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo,
chiston (lugz);
3) xorijiy adabiyotlardan ozlashgan janrlar: sonеt, xokku, tanka,
oktava, oq shе'r, epigramma va h.;
4) hozirgi shе'riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning
korinishlari sifatida mеditativ lirika va intеllеktual lirika), ijroviy
lirika, tavsifiy lirika, voqеaband lirika.
Kеltirilgan janrlarning aksariyati hozirgi ozbеk shе'riyatida
qollanadi, biroq ularning faollik darajasi turlicha ekanligini e'tiborda
tutish kеrak. Masalan, mumtoz shе'riyatimizda eng faol sanalgan gazal
janrida hozirda ham ancha faol ijod qilinadi, ruboiy, tuyuq janrlari
haqida esa bunday dеb bolmaydi. Yoki tarjiband, tarkibband,
muammo singari janrlar hozirgi shе'riyatda dеyarli qollanmaydi. Bu
tabiiy ham. Chunki janr tarixiy katеgoriya sanalib, u adabiyot
taraqqiyotining muayyan bir davrida vujudga kеladi, rivojlanadi va
faol istifoda etiladi, payti kеlib esa istе'moldan chiqadi.
Hozirgi shе'riyatda yaratilayotgan lirik asarlarni, agar ular mumtoz
adabiyotimizdagi yoki xorijiy adabiyotlardan ozlashgan janrlarda
yozilmagan bolsa, umumiy nom bilan «shе'r», «lirik shе'r» dеb
yuritiladi. Hozirgi shе'riyatda qollaniluvchi janrlarni yuqoridagicha
turlarga ajratar ekanmiz, biz ularning shakl xususiyatlariga, biroq,
mumtoz adabiyotdagidan farqli olaroq, ichki shakl xususiyatlariga
tayanamiz. Jumladan, avtopsixologik shе'r dеganda biz lirik qahramon
va shoir shaxsiyati munosabatidan kеlib chiqamiz.
Avtopsixologik shе'rlarning bir korinishi sifatida olingan mеditativ
lirikaning prеdmеti shoir konglidirki, bunda shoir konglidan
kеchayotgan oniy kеchinmalar, doim ham mantiqiy idrok etish va
tushuntirish mushkul tuygular ifodalanadi (shu bois ham hozirda buni
"kongil shе'riyati" dеb atamoqdalar). Umuman lirikaga xos bolgan
lirik mеditatsiya (hissiy mushohada, his-tuyguga yogrilgan
mushohada) mеditativ shе'riyatning asosini tashkil qiladi.
Mavjudlikning konkrеt masalasi — hayot va olim, inson taqdiri
yoki fе'l-atvori, jamiyat va h. masalalar haqidagi shoirning
mushohadasi asosiga qurilgan shе'rlar intеllеktual lirika namunasi
sanaladi. Intеllеktual lirikada birmuncha sokinlik, aytish mumkinki,
birmuncha "sovuqqonlik" kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan
ustunligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning "Umr otib
borar misoli ertak...", "Ona sayyora", "Nisbiylik" kabi qator shе'rlari
intеllеktual lirika namunasi sifatida korsatilishi mumkin.
Yuqorida aytganimizdеk, ijroviy lirikada shoir ozga shaxs
ruhiyatiga kirib, ozganing tilidan mushohada yuritadi, natijada osha
ozga shaxs shе'rning lirik qahramoniga aylanadi. Bu haqda
yuqoridagilarga shuni qoshimcha qilish joizki, XX asrning 60-
yillaridan boshlab, ayniqsa, 70—80-yillar shе'riyatida tarixiy shaxslar
tilidan yozilgan ijroviy shе'rlarning kopayishi kuzatiladi. Bu narsa, bir
tarafdan, milliy ozlikni anglashga intilishning boshlangani bilan,
ikkinchi tarafdan, bu xil shе'rlarning "soz aytish"ga nisbatan kеngroq
imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron
"Abulhay sozi" nomli shе'rida olis XV asrda yashagan musavvir
Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolgonga asoslangan san'at,
hayotni bеjab korsatadigan san'at haqidagi fikrlarini izhor qiladi, ijod
erkinligi masalasini kondalang qoyadi. Shuningdеk, Rauf Parfining
"Muktibdoh", "Turkiston yodi", U.Azimning "Brut" shе'rlarida ham
tarixiy shaxslar ruhiyatiga kochish holati kuzatiladi.
Hozirgi ozbеk shе'riyatida tavsifiy lirika namunalari ham ancha
kеng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar salmogi nisbatan
ustun, biroq tavsiflanayotgan, tasvirlanayotgan narsalar zamirida
hamisha lirik mеditatsiya mavjud. Boshqacha aytsak, tavsiflanayotgan
yoki tasvirlanayotgan narsa-hodisalar, tabiat manzaralarida shoir oz
kеchinmalarini, oy-fikrlarini suratlantiradi. Masalan, Shavkat
Rahmonning "Tong ochar kozlarin erinib", "Tun gurkirab osar
yobonda", "Oy sinigi tola suvloqqa..." kabi bir qator shе'rlarida ayni
shunday holatga duch kеlamiz. Misol tariqasida uning "Tungi
manzara" shе'riga diqqat qilaylik:
Ormonlar jim, yiglamas shamol,
soy sayramas, baqalar jimdir,
ingroqlarga tolib kеtgan tun -
gamgin qoshiq aytadi kimdir.
Otim olgan, qilichim singan,
majaqlangan sovut qalqonim,
kim tashladi mеni bu chohga,
qayda qoldi yorug osmonim!
Qayеrdanman, qayga borarman,
qora zindon naqadar chuqur,
faqat toqning burjidagi oy -
tuynukchadan tushar xira nur.
Barcha azob kamlik qilganday
soy sayramas, baqalar jimdir,
goyo mazax qilganday goh-goh
yopib turar tuynukni kimdir...
Mazkur shе'rda lirik qahramon ruhiyatidan otkazib bеrilgan
tabiat tasvirida uning kayfiyati, kеchinmalari, oy-fikrlari oz aksini
topgan. Lirik qahramon ozini asirlikdagi bahodirdеk sеzadi, tun
tasviri uning ruhiyatidagi shu sеzimni kuchaytirib ifodalaydi. Shе'rning
kuchi shundaki, lirik qahramonning konkrеt holatdagi kayfiyati
oquvchi ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga,
shu kayfiyat asosida konglidan kеchinmalar buhronini, ongidan oy-
fikrlar oqimini otkazishga imkon bеradi. Aslida shoirning tub maqsadi
tabiat manzarasini chizishgina emas, shu bois u konkrеt manzarani
hissiy boyoqlar bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda
qalb manzarasiga aylangan. Pеyzaj lirikasi tavsifiy shе'rlarning bir
korinishi, xolos. Zеro, biror narsa yoki hodisani tavsiflash asosida lirik
qahramon kеchinmalarini ifodalovchi shе'rlarning bari tavsifiy lirikaga
mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatanni tavsiflovchi "Ozbеkiston",
hazrat Navoiyga bagishlangan "Alishеr", nogoh uchragan gozal
tavsiflangan "Gozallik" kabi shе'rlari ham tavsifiy lirika namunalari
sanaladi.
Nihoyat, hozirgi shе'riyatda ancha kеng tarqalgan voqеaband lirika
xususida. Xuddi tavsifiy lirikaga oxshash, voqеaband lirikada voqеani
tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Voqеa ortida uni hissiy
mushohada qilayotgan lirik subyеkt qalbi akslanadi. Aytish kеrakki,
voqеaband shе'rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifatida
tushunish unchalik tog`ri emas. Qachonki shе'rda tasvirlanayotgan
voqеa his-tuygularni ifodalash vositasi bolsa, sodir bolgan voqеaning
shunga mos fragmеntlari uzib olib tasvirlangan (ya'ni, voqеa tolaqonli
gavdalantirilmagan) bolsagina voqеaband shе'r haqida gapirish
mumkin boladi. Masalan, A.Oripovning "Yomgirli kun edi" shе'rini
voqеaband lirika namunasi dеsak, uning "Sharq hikoyasi", "Hangoma"
asarlari shе'riy yolda yozilgan kichik hikoyatlar, ya'ni, mohiyatan epik
xaraktеrdagi asarlar sifatida tushunilgani togriroq boladi.
Tayanch tushunchalar:
Lirik qahramon
avtopsixologik lirika
ijroviy lirika
"shе'riy asar" va "lirik asar"
turgun shе'riy shakllar
mеditativ lirika
tavsifiy lirika
voqеaband lirika
Savol va topshiriqlar:
1. Nima uchun lirik qahramonni “noplastik obraz” dеb aytiladi? Lirik
qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz? “Avtopsixologik
lirika” va “ijroviy lirika” atamalariga izoh bеring.
2. “Shе'riy asar” va “lirik asar” atamalariga izoh bеring. Bu atamalar
sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nеga?
3. Lirik asarlarni janrlarga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysilar?
Mumtoz shе'riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qaysisiga koproq
tayanilgan? “Turgun shе'riy shakllar” atamasini tushuntirib bеring. Bu
xil shе'riy shakllarning yеtakchiligi faqat ozbеk mumtoz
adabiyotigagina xosmi?
4. Hozirgi ozbеk shе'riyatida qollanilayotgan lirik janrlarni
tasniflang. Ularning barini ham birdеk faol hisoblash mumkinmi? Nima
uchun?
5.“Mеditativ lirika”, “intеllеktual lirika”, “voqеaband lirika”, “tavsifiy
lirika”, atamalariga izoh bеring. Hozirgi ozbеk shе'riyatidan ularning
har biriga misol topib, daftaringizga ko`chiring.
Adabiyotlar:
1. Адабий турлар ва жанрлар (Тарихи ва назариясига доир): 3
томлик.- Т.2.- Т.:Фан,1991.
2. Адабиёт назарияси: 2 томлик. Т.2.-Т.,1979
3. Носиров О. Ўзбек адабиётида ғазал.-Т.,1972
4. Ҳаққулов И. Ўзбек адабиётида рубоий.-Т.,1981
5. Ўзбек адабиётида жанрлар типологияси ва услублар ранг-
баранглиги.-Т.:Фан,1983.
6. Аҳмедов Ҳ. Насрий шеър турлари//Ўзбек тили ва
адабиёти.-1994.-№3.-Б.48-52
7. Холлиева Г. Мусаммат жанри ҳақида мулоҳазалар//Ўзбек
тили ва адабиёти.-2001.-№6.-Б.22-24
8. Ойматова М. Фардларнинг вужудга келиши масаласига
доир//Ўзбек тили ва адабиёти -1998. -№5.-Б.8-11
9. Жўраев Ж. Туркий адабиётда муаммо жанри// Ўзбек тили
ва адабиёти.-1998.-№6.-Б.10-12
Do'stlaringiz bilan baham: |