Ру7хыйлы3 тийкарлары п1ни бойынша тест сора7лары



Download 85 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi85 Kb.
#906109
Bog'liq
ОН тестлари1-вариант


«Ma’naviyatshunoslik» fanidan oraliq nazorat testlari
1-вариант
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida»gi farmoni qachon imzolangan?
A) 1994 yil 23- aprel
B) 1994 yil 23- may
C) 1995 yil 26- aprel
D) 1993 yil 12 –mart

2. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg’unlikda odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo’ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Bu qarashlar qanday nomlanadi?


A) qadriyat
B) e`tiqod
C) ishonch
D) mafkura
3. Shaxsning o’z-o’zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, hayrihohlik, iymonlilik, halollik, e`tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to’g’rilik – bular:
A) ma`naviyatning qonunlari
B) ma`naviyatning tamoyillari
C) ma`naviyatning kategoriyalari
D) ma`naviyat omillari
4. Insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga etib kelgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklari majmui – bu:
A) madaniyat
B) qadriyat
C) ashyo
D) meros
5. O’tmish avloddan keyingi avlodga vorislik asosida qoldirilgan, zamonda barqarorlik sinovidan o’tgan, saralangan, insoniyatning hozirgi va kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladigan moddiy va ma`naviy madaniyat majmui – bu:
A) madaniy meros
B) tarixiy meros
C) madaniy meros
D) ma`rifiy meros
6. Axloq shaxs ma’naviyati bilan bog’liqmi?
A) axloq shaxs ma’naviyatining o’zagini tashkil etadi
B) ular orasida farq yo’q
C) ma’naviyat-inson ruhiyati bilan, axloq- harakatlarp bilan bog’liq
D) bu - shaxsning bilim darajasi bilan belgilanadi
7. «Madaniyat» so’zi qaysi tildan olingan va u nimani anglatadi?
A) lotin. «cultura» tarbiya, ta`lim
B) lotin. «cultura» yerga ishlob bermoq, tarbiya, takomillashish, ta`lim
C) yunon. «cultura» yerga ishlob bermoq
D) yunon. «cultura» tarbiya, takomillashish, ta`lim
8. Jamiyatning qaysi sohasida odamlarning, siyosiy kuchlarning hokimiyatga egalik qilishi, uni saqlab turish, mustahkamlash va amalga oshirishga qaratilgan ongli xatti-harakati amalga oshiriladi?
A) ma`navi ysoha B) siyosiy soha
C) ijtimoiy soha D) iqtisodiy soha
9. Qaysi milliy dinlarda jannat va do’zox to’g’risida ta`limot mavjud?
A) Yahudiylik
B) Zardshtiylik
C) Zardshtiylik, yahudiylik
D) Hinduizm
10. Eramizning II-III asrlarida quldorlik tuzumi o’zining inqiroz va buzilish bosqichida ushbu inqirozning g’oyaviy ifodasi sifatida payda bo’lgan oqimni ko’rsating:
A) Mazdakizm B) Zardushtiylik
C) Moniylik D) Lokayata
«Ma’naviyatshunoslik» fanidan oraliq nazorat testlari
1-вариант 11. Falsafaga yo’l borliqni chuqur tushunib etishga imkon beradigan tabiatshunoslik fanlari orqali o’tadi deb hisoblagan mutafakkir kim?
A) Ibn Sino
B) Forobiy
C) Xorezmiy
D) Beruniy
12. Forobiyning fikricha, shahar-davlatning ichki vazifasi – bu:
A) kelajak avlod to’g’risida g’amxo’rlik qilish
B) boshqa davlatlar bilan ahil qo’shnichilikni o’rnatish
C) shahar mudofaasini tashqil qilish
D) aholisining baxt-saodatini ta`minlash
13. Qoraqalpog’iston Respublikasining boshqaruv shaklini ko’rsating?
A) parlamentlik
B) prezidentlik
C) aralash
D) totalitar
14. Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1992-yil 9-aprelda
B)1993-yil 9-aprelda
C) 1991-yil 9-aprelda
D) 1992-yil 8-dekabrda
15. Qoraqalpog’iston Respublikasidan chiqqan O’zbekiston Qahramonlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan: 1) O.Saitova, 2) A.Uteniyazov, 3) T.Qayipbergenov, 4) V.Pak, 5) I.Yusupov, 6) A.Adilov, 7) G.Xojaniyazov, 8) S.Sagatov, 9) S.Seytnazarov, 10) M.Erniyazov, 11) A.Dosnazarov.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 9, 10, 11
B) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10
C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 9, 10
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11
16. Erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan sanktsiyalanadigan va tartibga solinadigan, ularning o’z-aro va farzandlariga nisbatan munosabatlaridagi huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradigan shakli – bu:
A) huquqiy me`yorlar B) oila
C) fuqarolik nikoh D) nikoh
17. Nikoh kim tomonidan sanktsiyalanadi va tartibga solinadi?
A) din B) oila
C) davlat D) jamiyat
18. Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekistanda ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan, ularga safarbar etuvchi kuchga ega bo’lgan g’oyalar, maqsadlarni o’zida mujassam etgan -
A) ijtimoiy fenomen asosi B) safarbarlik vositasi
C) milliy o’zlikni anglash yo’li D) ruhiy, ma`naviy kuch-quvvat manbai
19. Milliy istiqlol g’oyasi mustaqillikni qo’lga kiritish yo’lida qanday namoyon bo’ladi: 1) xalqni, millatni safarbar etishga qodir, mustaqillik, erkinlik, demokratiya qaror topish uchun umumxalq kuch-g’ayratini birlashtiruvchi, ezgu g’oyalar majmui; 2) fuqarolarning ishonchi va e`tiqodini oshirib, jamiyatni turli xavf-xatarlardan himoya qilish, yagona xalq bo’lib birlasha olish, ijtimoiy organizm sifatida o’z-o’zini saqlab qolish, asrab-avaylash, o’ziga xos vam os demokratik jamiyat qurishga yordam beruvchig’oyalar majmui; 3) mustaqillikni rivojlantirishga yo’naltirilgan konцeptual g’oya sifatida?
A) 1,2 B) 2,3
C) 1 D) 2
20. Milliy istiqlol g’oyasi mustaqillikni mustahkamlash bilan bog’liq qanday namoyon bo’ladi: 1) xalqni, millatni safarbar etishga qodir, mustaqillik, erkinlik, demokratiya qaror topish uchun umumxalq kuch-g’ayratini birlashtiruvchi, ezgu g’oyalar majmui; 2) fuqarolarning ishonchi va e`tiqodini oshirib, jamiyatni turli xavf-xatarlardan himoya qilish, yagona xalq bo’lib birlasha olish, ijtimoiy organizm sifatida o’z-o’zini saqlab qolish, asrab-avaylash, o’ziga xos va mos demokratik jamiyat qurishga yordam beruvchi g’oyalar majmui; 3) mustaqillikni rivojlantirishga yo’naltirilgan konцeptual g’oya sifatida?
A) 3 B) 1,3
C) 2 D) 1
«Ma’naviyatshunoslik» fanidan oraliq nazorat testlari
1-вариант
21. Har qanday g’oya ...
A) iqtisodiy harakterga ega
B) ijtimoiy harakterga ega
C) siyosiy harakterga ega
D) ma`naviy harakterga ega
22. G’oyaning eng muhim xususiyati bu
A) jamiyat xavfsizligini muhofaza kilishi
B) insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni xarakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanligi
C) jamiyatda g’oyaviy tarbiyani amalga oshirishi
D) mafkuraviy immunitetni shakllantirish
23. Milliy mafkura kimga xizmat qiladi?
A) inson manfaatlarini himoya qilishga
B) respublikaning barcha aholisiga
C) O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga
D) iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga
24. Globalilashuv murakkab integratsion jarayonlarning yig’indisi bo’lib, u insoniyat jamiyatining … sohasini qamrab oladi.
A) barchasi
B) iqtisodiy
C) ijtimoiy-siyosiy
D) madaniy
25. Quyidagi iboralar globallashuvning zamonaviy ko’rinishining qaysi birini tavsiflaydi: «Borgan sari ko’p sonli tovarlar ko’pchilik mamlakatlarning kuch solishlari orqali ishlab chiqarila boshlaydi. Lekin undagi transmilliy korporatsiyalar (TMK)ning aksariyati AQSH, G’arbiy Evropa va YAponiya kapitaliga tegishli. Ular o’rtacha yoki katta bo’lmagan mamlakatlarning iqtisodiyotlarini ikkinchi planga surib tashlaydi yohud o’zlariga bo’ysuntirib oladi»?
A) global iqtisodiyot
B) global kommunikatsiya
C) global siyosat
D) global madaniyat
26. Transmilliy korporatsiyalar – bu .. davlatlardir
A) «geografik»
B) «iqtisodiy»
C) «moliyaviy»
D) «ijtimoiy»
27. Xalqaro valyuta fondi, Jahon rekonstruktsiya va taraqqiyot banki kabi nodavlat moliyaviy manbalar – bu … davlatlardi.
A) «geografik»
B) «iqtisodiy»
C) «moliyaviy»
D) «ijtimoiy»
28. Insoniyatning g’arbiya bo’lmagan areallari iqtisodiy globallashuvning … aylanmoqda globalizatsii
A) predmetiga B) subyektiga
C) asosiy kuchiga D) obyektiga
29. Diniy sohadagi globallashuvga an`anaviy madaniyatlarning reaktsiyalarining asosiy tiplari qanday: 1) tajovuzkor qarshilik, 2)adaptatsiya,3) sekulyarizatsiya, 4) an`anaviy dinni, uning global me`yorlarni va qadriyatlarni saqlash tomoniga evolyutsiya qilishi bilan asrab qolinishi?
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2
C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4
30. Nima uchun so’nggi davrda diniy aqidaparastlik jiddiy e`tiborga olinmoqda?
A) chunki u o’tmishga yuzlangan va aqidaviy soflik uchun kurashmoqda
B) chunki u jamiyatdagi keskin tajovuzkor kuchlar bilan tig’iz bog’lanmoqda
C) chunki u jamiyatdagi jinoiy kuchlar bilan tig’iz bog’lanmoqda
D) chunki u jamiyatdagi ijobiy kuchlar bilan tig’iz bog’lanmoqda
«Ma’naviyatshunoslik» fanidan oraliq nazorat testlari
1-вариант
31. Yurtimizda uchinchi Renessans qaysi davrga to’g’ri kelganini ko’rsating:
A) XIX-XX asrlar
B) XIV-XV asrlar
C) XXI asr
D) IX- XII asrlar
32. Bugungi kunda qaysi g’oya umummilliy harakatga aylanib bormoqda?
A) «Uchinchi Renessans» g’oyasi
B) «Yuksalish» umummilliy harakati
C) Harakatlar Strategiyasi
D) «Yangi O’zbekiston» g’oyasi
33. Yurtimizda ikkinchi Renessans qaysi davrga to’g’ri kelganini ko’rsating:
A) IX-XII asrlar
B) XIX-XX asrlar
C) XXI asr
D) XIV-XV asrlar
34. Mustaqillikning qanday jihatlari mavjud: 1. Siyosiy mustaqillik; 2. Iqtisodiy mustaqillik; 3. Ma`naviy mustaqillik; 4. Madaniy mustaqillik
A) 1,2
B) 1,2,3
C) 1,2,3,4
D) 1,2,4
35. Jamiyat tayanchi -
A) fuqaro
B) komil inson
C) oddiy inson
D) davlat
36. Globallashuv – bu:
A) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
B) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida moliyaviy-iqtisodiy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
C) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida ijtimoiy-siyosiy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
D) insoniyatning katta qismining telekommunikatsiya va informatsion texnologiyalar asosida madaniy aloqalarning yagona tizimiga tortilishi
37. Globallashuv jarayonining institutsionallashuvi nimada namoyon bo’ladi?
A) xalqaro tashkilotlarning vujudga kelishida
B) Turli davlatlarning hamkorligida
C) BMT tuzilishida
D) davlat manfaatlarining xalqaro miqiyosda himoya qilinishida
38. Quyidagi iboralar globallashuvning zamonaviy ko’rinishining qaysi birini tavsiflaydi: «Uning eng ta`sirchan va qudratli subyekti AQSH hisoblanadi. G’arb davlatlari o’zlarining iqtisodiy va harbiy qudratiga tayana o’tirib, yoki o’zlarining juda ta`sirchan xalqaro tashkilotlarini tuzadi, yoki ularni o’zlarining aytganiga yurgizadi»?
A) global kommunikatsiya B) global siyosat
C) global iqtisodiyot D) global madaniyat
39. Diniy globallashuvda qanday muammolar ko’zga tashlanmoqda: «globalistik qadriyatlar» buzadi 1) din bilan bog’liq mafkurani, 2) etnoslarning milliy o’zligini anglash xarakterini, 3) dinning jamiyat hayotidagi o’rni va rolini.
A) 1, 2 B) 2, 3
C) 1, 2, 3 D) 1, 3
40. Globallashuv nimalar bilan tavsiflanadi: 1) global makonning tutashligi, 2) yagona jahon xo’jaligi, 3) umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, 4) global kommunikatsiyalar?
A) 1, 2, 4 B) 1, 2
C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish