Ba'zi birikmalarning eruvchanligi
7.5-jadval
Eruvchanligi
|
Uchraydigan moddalar
|
Kislotalar va «Zar suvi»ila crimaydi
|
AgCI, AgBr, AgJ. BaSO4, SrSO4, PbSO4, Al2O3, SiO2
|
HCI da erimaydi
|
AgCI, Hg2Cl2, PbCI2, PbS, Ag2S, CoS. NiS. BaSO4, SrSO4, PbSO4, Sb2O5, SnO2
|
HCI da eriydi
|
Ag+, Hg2+,Pb2+
|
H2SO4 da eriydi
|
Ca2+, Sr2+,Ba2+, Pb2+
|
Suvda eriydi
|
III-V gruppa kalionlarning karbonat, fosfat, sulfat va silikatlari
|
3. Qayd etilgan usullar asosidaqattiqnarnunaeritmagao'tkaziladivauningbirqismikationlarni, ikkinchiqismianionlarnivauchinchiqismiturliqo'shimchaanalizlaruchunajratiladi.
Nazorat savollari:
1. I-VI guruh kationlari sifat reaksiyalari qanday bajariladi?
2. I va II guruh anionlari kation va anionlar aralashmasidan qanday ajratib olinadi?
3. ClO3-, BrO3-, Se2-, Te2- ushbu I guruh anionlari aralashmadan qanday ajratib olinadi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M.S.Mirkomilova “Analitik kimyo” Toshkent-«O`zbekiston» 2003y
2.K.R.Rasulov “Analitik kimyo” G`.G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2004 yil
3.V.N. Alekseev. “Yarim mikrometod bilan kimyoviy sifat analiz kursi”
4.O. Fayzullayev. “Analitik kimyo asoslari” A. Qodiriy nomidagi “Xalq merosi” nashriyoti-2003y.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabaning Analitik kimyo fanidan chuqur bilim olishidagi mustaqil ta’lim ishining asosiy maqsadi – bо‘lajak mutaxassislarni dunyoqarashini, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bо‘yicha salohiyatini oshirish, ular ongida milliy g‘oya asoslarini shakllantirish; kafedra jamoasi rahbarligi va uzluksiz nazorati ostida talabada muayyan о‘quv vazifasi va topshiriqlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni rivojlantirishdir.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday о‘zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy baholashlarda о‘z aksini topadi. Shu sababli reyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JN va ON ballari ishlarining miqdoriy tarkibiga kiritilgan.
Fanning ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari talabani mustaqil ravishda kо‘p ishlashini talab qilishi sababli, qо‘shimcha mustaqil ish turlari, jumladan, referatlar va boshqa nazorat ishlarini tayyorlash kо‘zda tutilmagan.
Amaliy dars mashg‘ulotlarida nazariy bilimlar mavzuga oid kо‘p variantli masalalar yechish orqali mustahkamlanadi.
О‘quv laboratoriya mashg‘ulotlariga talabalar mustaqil holda asosiy darslik, о‘quv qо‘llanma, ma’ruza matni materiallari va laboratoriya ishlarini bajarish uchun belgilangan о‘quv-uslubiy qо‘llanmalardan foydalanib tayyorgarlik kо‘radilar.
Talaba mustaqil ta’limni tashkil etishida talabaning ilmiy ijodiy ishlari, ilmiy maqolalar tayyorlashi, ilmiy anjumanlar, konferensiyalarda va hokazolarda qatnashishi ham e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |