4. Sulfid, sulfit va tiosulfat ionlar kislotali muhitda bromat ioni ta'siridan sulfat iongacha oksidlanadi. Bunda erkin bromning ajralishi tufayli oldin eritma sarg`ayadi, so`ngra ortiqcha qaytaruvchi ta'siridan bu rang yo`qoladi:
5S-+8BrO3-→ 5SO2+ 4Br2+4H2O
S2- + 4Br2 + 4H2O →SO42-+8Br-+8H+ 5S2O32- + 8BrO3- + H2O →10SO42-+4Br2+2H+ S2O32- + 4Br2 + 5H2O →2SO42-+8Br-+ 10H+
Nitrat anionining reaksiyalari Nitrat ioni kuchli mineral kislotalardan biri bo`lgan HNO3 anioni bo`lib. ko`pchilik tuzlari suvda yaxshi eriydi. Ishqoriy va ishqoriy-yer rnelallari nitratlariningsuvlieritmalari neytral muhitli. Qolgan kationlarningnitratlarbilan hosil qilgan tuzlariningsuvli eritmalari kislotali muhitga ega. Nitrat kislotaning rangsiz kationlar bilanhosil qilgan birikmalari rangsiz.
Quruq nitrat tuzlariqattiqqizdirilgandaturlimahsulotlar hosil qilibparchalanadi.Kuchlanishlar qatoridamagniydan oldinda turganmelallarning nitratlariparchalanganda nitritva kislorod:
2NaNO3 →2NaNO2 + O2 ↑
magniydan misgacha bo`lgan metallarning nitratlari parchalanganda metall oksidi, NO2 va kislorod:
2Ni(NO3)2 →2NiO+4NO2-+O2 ↑
misdan orqada joylashgan metallar nitratlari parchalanganda erkin metall, NO2 va kislorod ajraladi:
2AgNO3→ 2Ag + 2NO2 ↑ + O2 ↑
Ammoniy nitrat parchalanganda esa N2O ajraladi:
NH4NO3 → N2O + 2H2O
Nitrat ioni va nitrat kislota kislotali muhitdakuchli oksidlovchi bo`lib, qariyb barcha metallar va metalmaslarni oksidlab, yuqori oksidlanish darajasigacha oksidlaydi va reaksiyalar natijasida azot turlioksidlanish darajalarigacha qaytariladi. Bunda eritmaning konsentratsiyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Konsentrlangan eritmalarda:
NO3-+2H+ →NO2 ↑+H2O
suyultirilgan eritmalarda:
NO3-+ 4H+→ NO ↑ + 2H2O
juda suyullirilgan eritmalarda:
NO3-+10H+ →NH4++3H2O
reaksiyalar kechadi.
Nitrat va xiorid kislotalar konsentrlangan eritmalarining 1:3 aralashinasi zar suvi deb yuritilib, zar suvi juda kuchli oksidlovchi bo`lganligidan ko`plab erituvchilarda erimaydigan asl metallar. qotishmalar va boshqalarni eritadi. Zar suvining bu xususiyati, bir tomondan, atomar xlor ajratishi, ikkinchi tomondan, nitrozil xlorid hosil qilishi va komplekslashi bilan izohlanishi mumkin:
HNO3 + 3HC1 → NOCl + 2C1 + 2H2O
Au + HNO3 + 3HC1 → AuCl3 + NO ↑ + 2H2O
AuCl3 + HCl → H[AuCl]
3Pt + 4NOCl + 4C12 → 3PtCl4 + 4NO ↑
PtCl4+2HCl ↑ H2[PtCl6]
3HgS + 2NOC1 + 2C12 → 3HgCl2 + 2NO ↑ + 3S ↓
HgCl2+2Cl- →[HgCl4]2-