Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

 Buyuk kolonizatsiya. 
Er. avv. I ming yillikning boshlarida ilk bor finikiyaliklar 
begona hududlarda o`zlarining tayanch nuqta (koloniya)larini barpo qila 
boshladilar. Finikiyaliklardan so`ng,yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok 
etdilar. Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik vayunon 
savdogarlari uchun savdo-sotiq olib boriladigan tayanch nuqtalar bo`lib xizmat 
qilgan.Bukaloniyalarasosanо‘rtayerdengivaqoradengizatroflaridajoylashgan.Yun 
onlarning koloniyalarni barpo qilish faoliyati er. avv. VIII-VI asrlarga to`g`ri 
keladi. Bu vaqt Buyukyunon kolonizatsiyasi davri deb ataladi
.
 
Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda,
Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko`payib 
ketganligi edi. Arxaik davrining boshlanishida aholi sonining keskin o`sishi 
natijasida demografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif 
rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning taqchilligiga olib keldi. 
Yunonistonning o`zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo`lgan yerlar deyarli 
yo`q edi. Shu sababli, aholining ortiqcha qismi begona hududlarga ko`chib ketib, 
yangi yerlarni o`zlashtirishga majbur bo`ldi.
Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. 
Kambag`allashgan jamoachi dehqonlar o`zlarining boyib ketgan zodagon 
qarindosh (evpatrid)lariga qarzi uchun qul bo`lishni xohlamadilar. Ular 
o`zlarining qarzlari uchun garovga qo`yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga 
majbur bo`ldilar. Ular uchun yagona yo`l boshqa hududlarga ketish edi. Arxaik 
Yunonistonning shaharlari bu vaqtda yirik iqtisodiy markazlarga aylandi. Savdo 
iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biriga bo`ldi. Bu shaharlarning boy 
savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yo`llarda o`rnashib qolish uchun 
savdo koloniyalari barpo qilishga harakat qildilar.
Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy kurash kolonizatsiya 
jarayonini yana bir sababi edi. Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyoti tabaqalanishni 
kuchaytirdi. Shahar aholisining turli tabaqalari o`rtasida ijtiomoiy-siyosiy kurash 
kuchayib ketdi. Yengilgan guruh shaharni tashlab ketishga majbur edi. 
Shuningdek, savdo-hunarmandchilikning rivojlanishi xomashyoga bo`lgan 
ehtiyoj va tayyor mahsulotni sotish uchun yangi hududlarni izlab topish 
zaruriyatini tug`dirdi.


133
Bundan tashqari, arxaik davrda Yunonistonning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
rivojlangan viloyatlarida. fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun bilan 
ta`qiqlangan edi. O`sib borayotgan iqtisodiyot uchun arzon ishchi kuchi-qullarga 
bo`lgan talabni qondirish uchun begona hududlardan qullarni olib kelish 
boshlandi. Yunon kolonistlari ko`p hollarda yangi qul bozorlarining 
tashkilotchilari bo`ldilar.
Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan bog`langan ijtimoiyiqtisodiy 
va siyosiy o`zgarishlar qadimgi Yunonistonning keyingi taraqqiyotini belgilab 
berdi. G`arb va Sharqda ko`p sonli yunon kolonniyalarining barpo qilinishi, 
O`rtayer dengizi savdosidan finikiyaliklarning siqib chiqarilishi yunon 
savdosining o`sishi, hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotiga olib keldi. Tovar 
sotish bozorlari, hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi. Ishchi kuchiga 
yanada ehtiyoj kuchayib, qullarning soni o`sdi. Ellada iqtisodiyotining barcha 
sohalarida qul mehnati yetakchi o`ringa chiqa boshladi. Zodagon oligarxiya ayrim 
polislarda boshqaruvni xalq tomonidan hokimiyat tepasiga chiqarilgan, o`z 
shaxsiy hokimiyatini o`rganishga erishgan kuchli va faol shaxslar bo`lgan 
tiranlarga topshirishga majbur bo`ldi. Er. avv. VI asrda arxaik davrning tugashi 
davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning ilk asoslari qurildi.
Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch 
keldilar, ba’zida do`stona aloqaga kirishdilar. Kiklad, Sporada orollari va Kichik 
Osiyo qirg`oqlarini qadimdayoq yunonlar o`zlashtirgani sababli, er. avv. VIII 
asrda aholining ko`chishi g`arbda Sitsiliya va Janubiy Italiyaga, shimoliysharqda 
Qora dengiz qirg`og`iga tomon yo`naldi. Misr va Kirenaika ham o`zlashtirildi. 
Janubiy Italiya er. avv. VIII-VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. Bu yerdagi 
kolonistlar o`zalarining kelib chiqishlarini Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar 
edilar.
Er. avv. VII-VI asrlardagi kolonizatsiya jarayonida barpo qilingan yunon 
shaharlari bir necha yo`nalishda rivojlandi. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq 
xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo`yidagi Milet 
koloniyalari savdoga ixtisoslashgan edi.
Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, Posidoniya kabi yunon 
shaharlari qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanar edi. Bu yerda spartaliklar asos 
solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi o`rinni egalladi. Shahar Sparta 
shevasini va boshqaruv uslubini to`liq saqlab qoldi.
Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari er. avv. 735-yil atrofida Naksos, 
Katanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messana) hamda Regiy koloniyalarini 
barpo qildilar. Shimolda Gaetan qo`ltig`ida Qum shahriga asos solindi. Loklar 
Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri (hozir Kap Spartivento)ni, Korinf aholisi 
Sitsiliyaga vaqt o`tishi bilan yunon g`arbini bosh markazi va metropoliya rolini 
o`ynagan Sirakuza koloniyasini barpo qildilar. Sirakuza o`z navbatida, Akr va 
Kamerina koloniyasini barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, 
rodosliklar Agrigent shahriga asos soldilar. Shunday qilib, yunonlar Sitsiliyaning 
sharqiy va janubiy qismini egalladilar. Orolning g`arbida bu yerga yunonlardan 


134
ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qilgan. Vaqt o`tishi bilan orolning g`arbida 
Finikiya yerlari qisqarib, faqat Finikiyaning uch nuqtasi:
Solunt, Panorm (hozirgi Palermo) va Motiya qoldi.
Er. avv. VI asrda yunonlarning Italiya va Sitsiliya koloniyalari 
gullabyashnadi va Bolqon Yunonistonidan ko`ra, savdo-hunarmandchilik va 
dehqonchilik yuqori darajada rivojlanib, Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu 
koloniyalarning gullab-yashnashining asosi yaxshi yo`lga qo`yilgan qishloq 
xo`jaligi, savdo-hunarmandchilik edi. Sitsiliya va Italiyadagi yunon 
koloniyalaridan g`alla Yunoniston va Kichik Osiyoga chiqarildi. Er. avv. VII 
asrda Liguriya qirg`og`idagi Rodan daryosi havzasida fokiyaliklar Massiliya 
(hozirgi Marsel), Janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos soldilar.
Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeydagi Xalkida aholisi tomonidan, Epir 
qirg`og`idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi. 
Korinfliklar Ambrakiy qo`ltig`ida Ambrakiya va Anaktorn; Illiriya qirg`og`ida 
Appoloniya va Epidamn koloniyalariga asos soldilar.
Qora dengiz qirg`oqlarida Kichik Osiyodagi yunonlarning eng kuchli savdo 
markazi Miletning fuqarolari o`nlab koloniyalarni barpo qildilar. Abidos, Sinop,
Koteo, Kerasun va Trapezund; Qora dengiz shimoli, shimoliy-g`arbiy 
qirg`oqlarida Ol’viya, Appoloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya; Bosforda
Kalxidon (megaralilar asos solgan); Qora dengizning Yevropa qirg`og`ida 
Vizantiy, Gerakleya koloniyalari qad ko`tardi. Bu koloniyalarning asosiy 
mashg`uloti savdo-hunarmandchilik va dehqonchilik edi. Qora dengiz 
shimolidagi yunon koloniyalari o`z vatanlariga eksport qildilar.
Er. avv. VII asrda Misrda ham yunonlarning tayanch nuqtalari vujudga keldi. 
Bu yerda Navkratis koloniyasi barpo qilindi. Shimoliy Afrikada Liviya 
qirg`og`ida shoir Kallimax va olim Eratosfenning vatani Kirenaga asos solindi. 
Ammo yunonlarning g`arbga siljishini Karfagen, janubiy-sharqda esa, Misr 
to`xtatdi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish