Ro’ziyeva Iroda 103-guruh Tasodifiy hodisalar va ehtimollik



Download 115,13 Kb.
bet1/2
Sana21.05.2022
Hajmi115,13 Kb.
#606383
  1   2
Bog'liq
Tasodifiy hodisalar va ehtimollik


Ro’ziyeva Iroda 103-guruh
Tasodifiy hodisalar va ehtimollik.
Ehtimolliklar nazariyasida xodisa deb, sinov natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har qanday faktga aytiladi.
Sinov natijasida albatta ro‘y beradigan hodisa muqarrar (U) hodisa deyiladi.
Sinov natijasida hech kachon ro‘y bermaydigan hodisa mumkin bo‘lmagan (V) hodisa deyiladi.
Sinov natijasida ro‘y berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa tasodifiy hodisa deyiladi.
Sinovning xar qanday natijasi elementar hodisa deyiladi.
Agar bitta sinovning o‘zida A va V tasodifiy hodisalar bir vaqtda ro‘y bermasalar, ular birgalikdamas (birgalikda bo‘lmagan) xodisalar deyiladi.
Agar sinov natijasida bir nechta hodisalardan faqat bittasi ro‘y bersa, ular hodisalarning to‘la guruhini tashkil etadi deyiladi.
Agar A va V hodisalarning hech birini ikkinchisiga nisbatan ro‘y berishi mumkin deyishga asos bo‘lmasa, bu hodisalar teng imkoniyatli deyiladi.
A hodisaning ro‘y bermasligidan iborat bo‘lgan A hodisa A hodisaga qarama-qarshi hodisa deyiladi.
Agar A va V hodisalardan birining ro‘y berishi ikkinchisining ro‘y berish yoki ro‘y bermasligiga ta’sir etmasa, bu hodisalar o‘zaro erkli (bog‘liq bo‘lmagan) xodisalar deyiladi. Aks xolda A va V hodisalar bog‘liq hodisalar deyiladi.
Sinash iatijasida teng imkoniyatli n ta elementar hodisalar ro‘y berishi munkin bo‘lsin. Biror A hodisaning ro‘y berishi uchun elementar hodisalardan m tasi kulaylik tug‘dirsin. U holda A hodisaning klassik ehtimolligi

formula bilan aniklanadi.
Ehtimollikning xossalari:
1. Mukarrar hodisaning ehtimolligi 1ga teng, ya’ni

2. Mumkin bo‘lmagan hodisaning ehtimolligi 0 ga teng, ya’ni

3. Tasodifiy A hodisaning eqtimolligi uchun

o‘rinli.
Ehtimolliklarni bevosita hisoblashda ko‘pincha kombinatorika formulalaridan foydalaniladi.
O‘rin almashgirishlar deb n ta turli elementlarning bir biridan fakat joylashishi bilan farq kiluvchi kombinatsiyalariga aytiladi. n ta turli elementlarning o‘rin almashtirishlari soni ga teng .
O‘rinlashtirishlar n ta turli elementdan m tadan tuzilgan kombinatsiyalar bo‘lib, ular bir-biridan yo elementlarning tarkibi, yo ularning tartibi bilan fark qiladi. Ularning soni

formulalar bilan topiladi.
Gruppalashlar —bir-biridan hech bo‘lmaganda bitta elementi bilan farq qiluvchi n ta elementdan m tadan tuzilgan kombinatsiyalardir. Ularning sonn
ga teng.
Hodisaning nisbiy chastotasi deb hodisa ro‘y bergan sinovlar sonining o‘tkazilgan barcha sinovlar soniga nisbatiga aytiladi:

bu erda m — hodisaning ro‘y berishlari soni, n — sinovlarning umumiy soni.
Sinovlar soni etarlicha katta bo‘lganda hodisaning statistik ehtimolligi sifatida nisbiy chastotani olish mumkin:

Geometrik ehtimollik. soha D sohaning qismi
(bo‘lagi) bo‘lsin. Agar sohaning o‘lchamini (uzunligi, yuzi, hajmi) mes orkali belgilasak, tavakkaliga tashlangan nuqtaning D sohaga tushish ehtimolligi
ga teng.
1-misol. Qutida 3 ta oq, 7 ta qora shar bor. Undan tavakkaliga olingan sharning oq shar bo‘lishi ehtimolligini toping.
Echish. A olingan shar oq ekanligi hodisasi bo‘lsin. Mazkur sinov 10 ta teng imkoniyatli elementar hodisalardan iborat bo‘lib, ulariing 3 tasi A qodisaga qulaylik tug‘diruvchidir. Demak,

2-misol. Guruhda 12 talaba bo‘lib, ularning 8 nafari a’lochilar. Ro‘yxat bo‘yicha tavakkaliga 9 talaba tanlab olindi. Tanlab olinganlar ichida 5 talaba a’lochi talaba bo‘lishi ehtimolligini toping.
Echish. Sinovning barcha chumkin bo‘lgan teng imkoniyatli elementar hodisalari soni ga teng. Bularning ichidan tasi tanlab olingan talabalar ichidan 5 tasi a’lochi talabalar hodisasi (A) uchun qulaylik tug‘diradi. SHuning uchun

3-misol. Qirqma alifboning 10 ta harfidan «matematika» so‘zi tuzilgan. Bu harflar tasodifan sochilib ketgan va qaytadai ixtiyoriy tartibda yig‘ilgan. YAna «matematika» so‘zi hosil bo‘lishi ehtimolligini topipg.
Echish. A - «Matematika» so‘zi xosil bo‘ldi hodisasi. Teng
imkoniyatli mumkin bo‘lgan elementar hodisalar soni bo‘lib,
A xodisaga kulaylik yaratuvchilari bo‘ladi. Bu erda matematika so‘zida «m» 2 marta, «a» 3 marta, «t» 2 marta takrorlanishi hisobga olinadi.
4-misol. Telefonda nomer terayotgan abonent oxirgi ikki raqamni esdan chiqarib qo‘ydi va fakat bu raqamlar har xil ekanligini eslab qolgan holda ularni tavakkaliga terdi. Kerakli raqamlar terilganligi ehtimolligini toping.
Echish. A — ikkita kerakli rakam terilganlik hodisasi bo‘lsii. Hammasi bo‘lib, o‘nta raqamdan ikkitadan iechta o‘rinlashtirishlar tuzish mumkin bo‘lsa shuncha, ya’ni ta turli raqamlarni terish mumkin. SHuning uchun klassik ehtimollikka ko‘ra

5-misol. Fransuz tabiatshunosi Byuffon (XVIII asr) tangani 4040 marta tashlagan va bunda 2048 marta gerbli tomon tushgan. Bu sinovlar majmuasida gerbli tomon tushishi chastotasini toping.
Echish.

6-misol. R radiusli doiraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Tashlangan nuktaning doiraga ichki chizilgan muntazam uchburchak ichiga tushishi ehtimolligini toping.
Echish. — uchburchakning yuzi, —doiraning yuzi bo‘lsin (63-shakl). A — nuqtaning uchburchakka tushishi hodisasi. U holda



7-misol. [0, 2] kesmadan tavakkaliga ikkita x va u sonlari tanlangan. Bu sonlar tengsizlikni qanoatlantirishi ehtimolligini toping.
Echish. nuktaning koordinatalari

tengsizliklar sistemasini kanoatlantiradi. Bu — (x, u) nukta tomoni 2 ga teng kvadrat nuqtalari to‘plamidan tavakkaliga tanlanishini bildiradi.
Bizni kiziqtirayotgan A hodisa tanlanadigan (x,u) nukta shtrixlangan figuraga tegishli bo‘lgan holda va fakat shu holda ro‘y beradi. (64-shakl). Bu figura koordinatalari tengsizlikni qanoatlantiradigan nuqtalarning to‘plami sifatida hosil kilingan. Demak, izlanayotgan ehtimollik shtrixlangan figura yuzining kvadrat yuziga nisbatiga teng, ya’ni

Demak, ,

Download 115,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish