Ro`yxatga olindi: №


 Ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

8.3. Ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi
36
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini   himoya   qilish   to‘g‘risida”gi   Qonuniga   asosan   aktivlarining   balans
qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan
36 
Мазкур параграф Ўзбекистон Республикаси валюта биржасининг “Ички аудит хизмати тўғрисида”ги Низоми асосида 
тайёрланди.


aksiyadorlik jamiyatida ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati 
jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi va tarkibiy bo‘linmalari,
vakolatxona va filiallari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga,
ta’sis   hujjatlariga   va   ichki   me’yoriy   hujjatlarga   rioya   qilinishini   tekshirish   va
monitoring   olib   borish   yo‘li   bilan   ular   ishini   nazorat   qilish   va   baholash,
ma’lumotlarning   buxgalteriya   hisobi   va   moliyaviy   hisobotda   aks   ettirilishining
to‘liqliligi   va   ishonchliligini   ta’minlash,   xo‘jalik   operatsiyalarini   amalga
oshirishning   belgilangan   qoidalari   va   taomillari,   aktivlarning   saqlanishi   hamda
aksiyadorlik jamiyatini boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga
rioya etish bo‘yicha ichki audit xizmati faoliyatini nazarda tutadi. O‘z navbatida
ichki   audit   xizmati   aksiyadorlik   jamiyatlari   Kuzatuv   kengashining   qarori   bilan
tashkil etiladi va ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Kuzatuv   kengashini   ishonchli   axborot   bilan   ta’minlash   va   ichki   audit
amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga doir takliflarni
tayyorlash;
- ichki   audit   jarayonida   aniqlanadigan   kamchiliklarni   bartaraf   etish
yuzasidan   boshqaruv   organlariga   tavsiyalarni   tezkorlik   bilan   kiritish,   ularning
bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funktsiyalari hisoblanadi:
- har   yili   Kuzatuv   kengashi   tomonidan   tasdiqlanadigan   rejaga   muvofiq
tegishli   yo‘nalishlar  bo‘yicha   har   chorakda   tegishli  tekshirishlar   o‘tkazish   yo‘li
bilan ichki auditni amalga oshirish;
- tuziladigan   xo‘jalik   shartnomalarining   qonun   hujjatlariga   muvofiqligi
yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
- buxgalteriya   hisobini   yuritishda   va   moliyaviy   hisobotni   tuzishda
O‘zRVBning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq,
bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
- texnik   topshiriqlarni   ishlab   chiqishda,   tashqi   auditorlik   tashkilotlarining
takliflarini   baholashda   hamda   auditorlik   tekshirishlarini   o‘tkazish   uchun   tashqi
auditorlik   tashkilotini   tanlashda   tavsiyalarni   tayyorlashda   Kuzatuv   kengashiga
ko‘maklashish.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega:
- ichki   auditni   amalga   oshirish   davomida   paydo   bo‘ladigan   masalalar
bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatining hujjatlarini (rahbar buyruqlari, farmoyishlari,
boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning
tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), mansabdor va mas’ul shaxslaridan
og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;
- ichki   auditni   o‘tkazishga   ko‘maklashish   uchun   tegishli   mutaxassislarini
jalb etish.
Ichki audit xizmati majburiyatlari quyidagilar:
- ichki   auditni   amalga   oshirishda   amaldagi   qonun   hujjatlari   va   tegishli
Nizom talablariga rioya qilish;
qilish;


- belgilang
an 
talablarg

muvofiq 
ichki audit hisobotlarini tuzish;
- moliya va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
- ichki  auditni  amalga  oshirishda  olingan  axborotning  mahfiyligiga rioya
- mansabdor  shaxslar  va  boshqa  xodimlar  tomonidan  zarar  etkazilganidan
dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol Kuzatuv kengashiga 
xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
- aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o‘z
vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
Ichki   audit   xizmati   qonun   hujjatlariga   va   aksiyadorlik   jamiyati   ta’sis
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ichki   audit   xizmati   xodimlari   oxirgi   o‘n   yilning   kamida   ikki   yilida
buxgalteriya   hisobi,   audit,   moliya   yoki   soliq   nazorati   sohasida   amaliy   (shu
jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) ish stajiga ega bo‘lishi va quyidagi talablardan
bittasiga javob berishi kerak:
- ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga
tengligi  e’tirof  etilgan xorijiy davlat  ta’lim  muassasasida   olingan oliy  iqtisodiy
ma’lumotga ega bo‘lish.
Ichki audit xizmati xodimida tegishli ichki auditor sertifikati bo‘lishi shart.
Ichki   audit   xizmati   xodimlarining   soni   ikki   nafar   ichki   auditordan   iborat   etib
belgilanadi. Ichki audit xizmati xodimlariga ish haqi aksiyadorlik jamiyati shtat
jadvaliga asosan belgilanadi. Ichki audit xizmati xodimining kasb darajasi tegishli
litsenziyaga   ega   bo‘lgan   ta’lim   muassasalarida   muntazamlilik   asosida   ularning
malakasini   oshirish   vositasida   saqlanishi   kerak.   Ichki   audit   xizmati   xodimi
Kuzatuv kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Ichki   audit   xizmati   xodimini   Kuzatuv   kengashining   qarori   bo‘yicha
lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi. Bundan o‘z-
o‘zidan   ichki   audti   xizmatining   Kuzatuv   kengashiga   bevosita   bo‘ysunishini
ko‘rishimiz mumkin.
Ichki   audit   xizmati   tasdiqlangan   biznes-rejaning   bajarilishini,   korporativ
boshqaruv   prinsiplariga   rioya   qilinishini,   buxgalteriya   hisobi   va   moliyaviy
hisobotning   holatini,   soliqlar   va   boshqa   majburiy   to‘lovlar   to‘g‘ri   hisoblab
chiqilishi   va   to‘lanishini,   moliya-xo‘jalik   faoliyatini   amalga   oshirishda   qonun
hujjatlariga   rioya   etilishini,   aktivlarning   holatini,   ichki   nazoratning   holatini
tekshirish va ularning monitoringini olib borish yo‘li bilan faqat ichki auditdan
o‘tkazadi. Kuzatuv kengashi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni
o‘tkazishning boshqa yo‘nalishlari ham belgilanishi mumkin.
O‘tkazilgan   tekshirishlar   natijalari   bo‘yicha   ichki   audit   xizmati   xodimi
tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi. Unda:
a) biznes-reja   bajarilishini   tekshirish   natijalari   to‘g‘risidagi   hisobot
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- uning bajarilishining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tahlili;


- uning   bajarilishi   ta’minlanmagan   taqdirda   aybdor   mansabdor   shaxslar
shaxsan ko‘rsatilgan holda aniqlangan sabablar bayoni;
b) korporativ   boshqaruv   prinsiplariga   rioya   qilishni   tekshirish   natijalari
to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning samaraliligi,
uning   qatnashchilari   (aksiyadorlar)ning   qonuniy   huquq   va   manfaatlariga   rioya
etilishi tahlili;
- korporativ boshqaruv sohasida qonun hujjatlari buzilishi holatlari bayoni
(ta’sis   hujjatlariga   rioya   qilish,   umumiy   yig‘ilishlar   va   boshqaruv   organlari
majlislari o‘tkazilishi, dividendlar to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi va
hokazolar);
v) O‘zRVBning buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti holatini tekshirish
natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- buxgalteriya   hisobini   yuritish   va   moliyaviy   hisobotlarni   tuzishning
belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
- aniqlangan   buxgalteriya   hisobotini   yuritish   va   moliyaviy   hisobotni
tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;
g) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va majburiy to‘lovlar
hisob-kitobi to‘g‘riligini baholash;
- soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan tartibi
buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani belgilashda chetga chiqishlarni bayon
qilish;
- moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya
qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi
kerak:
- amalga   oshirilgan   moliya-xo‘jalik   operatsiyalarining   qonun   hujjatlariga
muvofiqligini baholash;
- ichki   audit   davomida   aniqlangan   amalga   oshirilgan   moliya-xo‘jalik
operatsiyalarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligini bayon qilish;
d)   ichki   nazoratning   holatini   tekshirish   natijalari   to‘g‘risidagi   hisobot
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- ichki   nazorat   tizimini   va   uning   faoliyat   ko‘rsatishidagi   mavjud
kamchiliklarni bayon etish;
- tarkibiy bo‘linmalaridagi ijro intizomining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar,
uning aniq xodimlari ishidagi mavjud kamchiliklar.
Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan o‘tkazishning
asoslanishini   hamda   ularning   harakati,   amalda   mavjudligi   va   saqlanishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Shuningdek o‘tkaziladigan tekshirishlar bo‘yicha barcha hisobotlarda Ijroiya
organi va tarkibiy bo‘linmalari, vakolatxona va filiallari faoliyati baholanishini,
aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni buzishlarni bartaraf etishga doir


tavsiyalarni,   tasdiqlaydigan hujjatlarning   to‘liq paketini o‘z ichiga oladigan 
yakuniy qism bo‘lishi kerak.
O‘tkazilgan   ichki   audit   yakunlari   bo‘yicha   ichki   audit   xizmati   xodimi
tomonidan imzolanadigan yig‘ma hisobot tuziladi. Yig‘ma hisobot tahliliy qismni,
yakuniy  qismni   va  tasdiqlaydigan  hujjatlarning  to‘liq  paketini  o‘z  ichiga  olishi
kerak. Yig‘ma hisobotning tahliliy qismi ichki audit xizmati xodimi tomonidan
o‘tkazilgan   tekshirishlar   natijalari   to‘g‘risidagi   umumlashtirilgan   axborotni   o‘z
ichiga   olishi   kerak.   Hisobotning   yakuniy   qismi   esa   Ijroiya   organi,   tarkibiy
bo‘linmalari,   vakolatxona   va   filiallari   faoliyatiga,   shuningdek   aksiyadorlik
jamiyatining likvidligiga umumiy bahoni; aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni
buzishlarni   bartaraf   etish   bo‘yicha   ichki   audit   xizmatining   tavsiyalarini   hamda
moliya-xo‘jalik   faoliyati   samaradorligini   oshirishga,   korporativ   boshqaruvni
takomillashtirishga   doir   umumlashtirilgan   takliflarni   o‘z   ichiga   olishi   kerak.
Yig‘ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi
zarur.
Yig‘ma   hisobotlar   bevosita   Kuzatuv   kengashiga   uning   ko‘rib   chiqish   va
tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. Hisobotlar nusxalari tasdiqlangandan keyin ijro
etuvchi organiga taqdim etilishi kerak. Ijro etuvchi organi ichki audit natijasida
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Ichki   audit   xizmati   tekshirish   davomida   aniqlangan   qonun   buzilishlarini
bartaraf   etish,   shuningdek   umuman   aksiyadorlik   jamiyatining   moliya-xo‘jalik
faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va zarur
darajada bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatishi kerak.
Ichki audit xizmati quydagilar bo‘yicha javobgar hisoblanadi:
- o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari buzib ko‘rsatilganligi;
- taqdim   etilgan   yoki   xizmat   vazifalarining   bajarilishi   munosabati   bilan
ma’lum   bo‘lgan   aksiyadorlik   jamiyatining   sirini   tashkil   etadigan   axborotning
maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;
- olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi.
Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida aniqlangan qonunni
buzishlarni   bartaraf   etish   va   moliya-xo‘jalik   faoliyati   samaradorligini   oshirish
yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlarga baho berilishi uchun javob beradi. Kuzatuv
kengashi har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi
hisobotini   eshitadi,   aniqlangan   kamchiliklarni   bartaraf   etish   va   korxonaning
moliya-xo‘jalik   faoliyati   samaradorligini   oshirish   yuzasidan   chora-tadbirlar
ko‘radi.
Rivojlangan   mamlakatlar   amaliyotida   direktorlar   kengashi   ichki   audit
xizmatidan quyidagi funktsiyalarni bajarishni talab qiladi
37
:
- biznes jarayoni va birlashgan nazorat tizimining davomli tahlilini yuritish;
- nazorat tizimlarining ko‘lami va samaradorligini baholash;
- boshqaruv va moliyaviy faoliyatning ustidan doimiy nazoratni olib borish;
- korporativ missiya, siyosat va vazifalardagi yutuqlarni baholash;
- resurslardan samaraliroq foydalanish yo‘llarini aniqlash;
37 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 375


- kompaniya aktivlarining qiymati va mavjudligini tasdiqlash;
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar yoki tovlamachiliklarga qarshi 
maxsus tekshirishlarni o‘tkazish;
- bitimlar va ularning ijrosini tahlil qilish;
- bitimlar bo‘yicha muammolarni aniqlash;
- tashkilot qiymati va ish yuritish yoki etika kodekslari tahlilini o‘tkazish;

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish