Ro`yxatga olindi: №


AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish yo‘nalishlari.
2. Aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘shib yuborish tartibi.
3. Aksiyadorlik jamiyatlarini qo‘shib olish tartibi.
4. Aksiyadorlik jamiyatlarini bo‘lish tartibi;
5. Aksiyadorlik jamiyatini ajratib chiqarish tartibi;
6. Aksiyadorlik jamiyatlarining o‘zaro birlashish tartibi;
7. Aksiyadorlik jamiyatlarining qayta tashkil etilishiga ruxsat berish tartibi.
8. Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish tartibi.
9. Aksiyadorlik jamiyatlarini tugatishda aksiyadorlar bilan munosabatlar.
Testlar
1. Tashkiliy-huquqiy shaklni o‘zgartirish, boshqa korporativ tuzilmalar bilan
o‘zaro   birlashish,   qo‘shib   olish   yoki   ajralib   chiqish   amaliyotlari   aksiyadorlik
jamiyatlarida umumiy holda qanday nomlanadi?
a) qayta tashkil etish;


b) korporativ birlashish;
c) korporativ o‘zgarish;
d) korporativ tugatilish.
2. Aksiyadorlik   jamiyatlari   qayta   tashkil   etish   to‘g‘risida   qaror   qabul
qilingan sanadan e’tiboran necha kundan kechiktirmay o‘z kreditorlarini bu haqda
yozma shaklda xabardor etishi shart?
a) 30 kundan;
b) 30 ish kunidan;
c) 7 ish kunidan;
d) 60 kundan;
3. Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda ularning har biriga tegishli 
barcha huquq va majburiyatlar topshirish dalolatnomasiga muvofiq kimga o‘tadi.
a) yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga;
b) tugatuvchiga;
c) qo‘shib yuborilgan yuridik shaxslar mulkdorlariga;
d) ro‘yxatdan chiqaruvchi davlat organiga.
4. Bir yoki bir nechta yuridik shaxs faoliyatini tugatib, ularning huquq va 
majburiyatlarini boshqa yuridik shaxsga o‘tkazish nima deb e’tirof etiladi?
a) jamiyatni qo‘shib olish;
b) ajratib chiqarish;
c) jamiyatni tugatish;
d) jamiyatni bo‘lish.
5. Qo‘shib olish amaliyoti qanday hujjat asosida amalga oshiriladi?
a) qo‘shib olish to‘g‘risida shartnoma;
b) ta’sis shartnomasi;
c) qo‘shib olinayotgan sub’ektni tugatish shartnomasi;
d) hamkorlik shartnomasi.
6. Qo‘shib   olish   tartibi   va   shartlari,   shuningdek   qo‘shib   olinayotgan
jamiyatning aksiyalarini (ulushlarini) qo‘shib olayotgan jamiyatning aksiyalari va
(yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi qaysi hujjatda belgilab qo‘yiladi?
a) qo‘shib olish to‘g‘risida shartnomada;
b) yangi ustavda;
c) qo‘shib olinayotgan sub’ektni tugatish shartnomasida;
d) qo‘shma hamkorlik shartnomasida.
7. Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinayotganda qo‘shib
olinayotgan   yuridik   shaxsning   barcha   huquq   va   majburiyatlari   qaysi   hujjatga
muvofiq qo‘shib olayotgan yuridik shaxsga o‘tadi?
a) topshirish dalolatnomasiga;


b)qo‘shib olish to‘g‘risidagi shartnomaga;
c) qo‘shma yig‘ilish qaroriga;
d) yangi ustavga.
8. Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan 
yuridik shaxslarga o‘tkazgan holda tugatish nima deb e’tirof etiladi?
a) jamiyatni bo‘lish;
b) jamiyatni tugatish;
c) ajratib chiqarish;
d) nazoratdan chiqish.
9. O‘zbekiston   amaliyotiga   ko‘ra   tovar   bozorida   faoliyat   ko‘rsatuvchi
yuridik shaxslarning o‘zaro birlashuviga qanday holatlarda monopoliyaga qarshi
organ roziligi talab etiladi?
a) oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan jami tushumi EKOIHning yuz 
ming baravaridan ortiq bo‘lsa;
b) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 450 million 
AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
c) ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati eng kam oylik ish 
haqining ellik ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa
d) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million 
AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa.
10. O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tijorat banklarining o‘zaro birlashuviga 
qanday holatlarda monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etiladi?
a) o‘zaro birlashayotgan banklar aktivlarining jami balans qiymati 450 
million AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
b) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million 
AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
c) bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqeini egallab 
turgan bo‘lmasa;
d) O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tijorat banklarining o‘zaro birlashuviga 
yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli 
yozuvni faqat qaysi holatda kiritadi?
a) qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor
qilinganidan keyin;
b) tugatish to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etilgandan so‘ng;
c) bankrotlik qo‘zg‘atilib, tugatish komissiyasi o‘z faoliyatini yakunlagach;
d)
jamiyat
mol-mulkining
aksiyadorlar
o‘rtasida
taqsimlanishi
yakunlangach.


12. Aksiyadorlik jamiyatlari tugatilishida chiqarilgan aksiyalar qaysi
hujjatga asosan bekor qilingan hisoblanadi?
a) emission qimmatli qog‘ozlar yagona davlat reestri;
b) tugatish komissiyasi qarori;
c) tugatish balansi;
d) bankrotlik xulosasi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish