XVIII bob. AKSIYADORLIK JAMIYATINI QAYTA
TASHKIL ETISH VA TUGATISH
18.1. Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida qayta tashkil etish masalalariga ham
duch kelinadi. Bunda tashkiliy-huquqiy shakllarni o‘zgartirish, boshqa korporativ
tuzilmalar bilan o‘zaro birlashish, qo‘shib olish yoki ajralib chiqish amaliyotlari
ko‘p kuzatiladi.
Milliy qonunchilikka ko‘ra aksiyadorlik jamiyatni qayta tashkil etish
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish,
bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish,
qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat
organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, bundan qo‘shib
olish shaklida qayta tashkil etish mustasno.
Jamiyat boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil
etilganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qo‘shib yuborilgan yuridik shaxsning
(jamiyatning) faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona
davlat reestriga kiritgan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb
hisoblanadi.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning
faoliyati tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.
Qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz
kundan kechiktirmay jamiyat o‘z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor
etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni tugatishni yoki muddatidan ilgari
bajarishni hamda zararlarning o‘rnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma
ravishda xabardor etish orqali talab qilishga haqli:
qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish
haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan
e’tiboran o‘ttiz
kundan kechiktirmay;
bo‘lish yoki ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma
bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan e’tiboran oltmish
kundan kechiktirmay.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning huquqiy
vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar
qayta tashkil etilgan jamiyatning o‘z kreditorlari oldidagi majburiyatlari yuzasidan
solidar javobgar bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan
jamiyat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Yuridik shaxslar aksiyadorlarining
(ishtirokchilarining) qo‘shma umumiy yig‘ilishida ovoz berish tartibi qo‘shib olish
to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinayotganda qo‘shib
olinayotgan yuridik shaxsning barcha huquq va majburiyatlari topshirish
dalolatnomasiga muvofiq qo‘shib olayotgan yuridik shaxsga o‘tadi.
Jamiyat faoliyatini uning huquq va majburiyatlarini tashkil etilayotgan
yuridik shaxslarga o‘tkazgan holda tugatish jamiyatni bo‘lish deb e’tirof etiladi.
Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi
jamiyatni bo‘lish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va
shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil etilayotgan
jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning aksiyalariga va
(yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
Bo‘lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy
yig‘ilishi jamiyatni bo‘lish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning
tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxslarni tashkil etish hamda qayta tashkil
etilayotgan jamiyatning aksiyalarini tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning
aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqida qaror qabul qiladi.
Yangidan tashkil etilayotgan har bir yuridik shaxs aksiyadorlarining
(ishtirokchilarining) umumiy yig‘ilishi uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv
kengashini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jamiyat bo‘linganda uning barcha huquq va majburiyatlari taqsimlash
balansiga muvofiq tashkil etilayotgan ikki yoki bir nechta yuridik shaxsga o‘tadi.
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda, uning
huquq va majburiyatlarining bir qismini o‘tkazgan holda
bir yoki bir nechta yuridik
shaxsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv
kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish
tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning aksiyalarini
ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash
imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash
to‘g‘risidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib
chiqadi.
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining
umumiy yig‘ilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib
chiqarish tartibi va shartlari, yangi yuridik shaxsni tashkil etish, jamiyatning
aksiyalarini ajralib chiqayotgan yuridik shaxsning aksiyalariga va (yoki) ulushiga
ayirboshlash imkoniyatlari hamda bunday ayirboshlash tartibi,
taqsimlash balansini
tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs ajralib chiqqanda ajratib
chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir
qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda yuridik
shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakli etib o‘zgartirilishga haqli.
O‘zgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni o‘zgartirish,
o‘zgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.
O‘zgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni
o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni
o‘zgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari
jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga
oshirilganidan keyin ta’sis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonun hujjatlariga
muvofiq yuridik shaxsning boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi).
Jamiyat o‘zgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib
qoladi.
Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aksiyadorlik
jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar
belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: