Ro`yxatga olindi: №


XVI bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA FЕDRASIOYDANI



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

XVI bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA FЕDRASIOYDANI
TAQSIMLASH MEXANIZMI
16.1. Aksiyadorlik   jamiyatlarida   foydani   taqsimlash   va   dividend
siyosatining tashkiliy xususiyatlari
Aksiyadorlik   jamiyatlarida   foydani   taqsimlash   masalasi   korporativ
boshqaruv oldidagi jiddiy masalalardan biridir. Chunki har bir aksiyador kiritgan
ulushidan kelib chiqqan holda foydaning tegishli qismini olishga intiladi. Boshqa
tomondan   aksiyadorlik   jamiyatining   hisobot   davrini   foyda   bilan   yakunlashini
ta’minlagan boshqaruvchilar ham foydaning ma’lum bir qismini mukofot tarzdida
olishni xohlaydi. Shuningdek aksiyadorlar oldida aksiyadorlik jamiyati faoliyatini
yanada rivojlantirish maqsadida erishilgan foydani reinvestitsiyalash masalasi ham
turadi. Foydani taqsimlashda yuqorida keltirilayotgan har bir jihat inobatga olinishi
shart. Aks holda tomonlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi, natijada esa korporativ
nizolar   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   Bundan   tashqari   foydaning
aksiyadorlar   o‘rtasida   taqsimlanishida   faoliyatni   kengaytirish   maqsadida
qo‘shimcha resurslar jalb qilish imkoniyatlarini ham hisobga olish lozim. Umuman
korporativ   boshqaruvda   foydani   taqsimlash   mexanizmi   haqida   quyida   to‘xtalib
o‘tamiz.
O‘zbekiston   Respublikasi   Soliq   kodeksi,   “Mahsulot   (ishlar,   xizmatlar)ni
ishlab   chiqarish   va   sotish   xarajatlarining   tarkibi   hamda   moliyaviy   natijalarni
shakllantirish   tartibi   to‘g‘risida”gi   Nizom   asosida   aksiyadorlik   jamiyatlari
moliyaviy-xo‘jalik   faoliyati   hisobot   davri   yakunlari   bo‘yicha   moliyaviy   natija
shakllantiriladi. Bunda barcha soliq majburiyatlari bajarilgach, korxona ixtiyorida
qolgan foyda taqsimlanmagan foydaga o‘tkaziladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav kapitalining
o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira
fondi   ustavda   belgilangan   miqdorga   etguniga   qadar   sof   foydadan   har   yilgi
majburiy   ajratmalar   orqali   shakllantiriladi.   Foydadan   har   yilgi   ajratmalarning
miqdori   jamiyat   ustavida   nazarda   tutiladi,   ammo   bu   miqdor   jamiyat   ustavida
belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lmasligi
kerak.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   korporativ   boshqaruvda   foydani   taqsimlashda
zaxira fondlarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Boshqa   mablag‘lar   mavjud   bo‘lmagan   taqdirda,   jamiyatning   zaxira   fondi
jamiyatning   zararlari   o‘rnini   qoplash,   jamiyatning   korporativ   obligatsiyalarini
muomaladan   chiqarish,   imtiyozli   aksiyalar   bo‘yicha   dividendlar   to‘lash   va
jamiyatning  aksiyalarini qaytarib  sotib  olish  uchun  mo‘ljallanadi.  Bunda  zaxira
fondidan   boshqa   maqsadlar   uchun   foydalanish   mumkin   emas.   Aksiyadorlik
jamiyatlarida ustav asosida kelgusi davr xarajatlari bilan bog‘liq boshqa fondlar
ham tashkil etilishi mumkin.
Korporativ   boshqaruvda   foydani   taqsimlash   masalasi   avvalo   Kuzatuv
kengashi   tomonidan   ko‘rib   chiqiladi.   So‘ngra   Kuzatuv   kengashi   tomonidan
aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishiga  masala  kiritiladi.  Bunda  foydani  taqsimlashda


zaxira fondiga ajratmalar qilish, reinvestitsiyalash natijasida qo‘shimcha aksiyalar
chiqarish,   oddiy   va   imtiyozli   aksiyalar   bo‘yicha   dividendlar   to‘lash   masalalari
ko‘rib chiqilishi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib tegishli
qarorlar qabul qilinadi.
Dividend  –  bu   sotilgan   aksiyalar,   ulushlar,   paylar   soniga   muvofiqlikda
mulkdorlar o‘rtasida aniq bir davr bo‘yicha taqsimlanadigan korxona foydasining
bir   qismidir.  Dividend   siyosati  –   korxonaning   bozor   qiymatini   va   mulkdorlar
turmush   farovonligini   oshirish   maqsadida   foydaning   iste’mol   qilinadigan   va
reinvestitsiya   qilinadigan   qismlari   o‘rtasidagi   proportsiyani   optimallashtirishga
yo‘naltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir qismidir.
Dividend   siyosatida   aks   etadigan   olingan   foydani   taqsimlash   bo‘yicha
korxona   va   mulkdorlar   o‘rtasidagi   moliyaviy   munosabatlar   murakkab   va   ko‘p
qirrali hisoblanadi. Shuning uchun dividendlarning iqtisodiy mohiyati va paydo
bo‘lish   tabiatidan   boshlab   uning   tarkibiy   qismini   ko‘rib   chiqish   maqsadga
muvofiq.
Investor   tomonidan   korxona   kapitaliga   pay,   ulush,   aksiyalarga   tikilgan
(qo‘yilgan) pul mablag‘lari haqiqatda uning korxonaga egalik qilish huquqini va
o‘z   navbatida   olingan   foydani   taqsimlashda   ishtirok   etish   huquqini   beradi.
Umuman   mazkur   huquqni   amalga   oshirish   vaqtida   foydaning   turli   shakllardagi
qismlarini   ta’sischilar   foydasiga   o‘tkazish   ko‘rinishida   amalga   oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida mazkur huquqdan foydalanish an’anaviy tarzda foydani
taqsimlashda   ishtirok   etish   va   dividendlar   to‘lanishi   (dividend   olish)   shaklida
amalga oshiriladi.
Kapital   taqdim   etishdan   olinadigan   boshqa   daromadlardan,   masalan
foizlardan   farqli   ravishda   dividend   to‘lovlari   majburiy   hisoblanmaydi,   ularning
miqdori   oldindan   ma’lum   bo‘lmaydi.   Aksiyadorlik   jamiyatlarida   dividendlar
miqdori   direktorlar   kengashi   taklifi   asosida   aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishi
qaroriga asosan belgilanadi va odatda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan olinadigan
natijalarga bog‘liq bo‘ladi.
Dividendlar   olish   huquqi   imtiyozli   aksiyalar   kabi   oddiy   aksiyalarga   ham
beriladi.   Rivojlangan   mamlakatlarda   imtiyozli   aksiyalar   bo‘yicha   odatda   qa’iy
belgilangan dividendlar to‘lanadi. Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra aksiyadorlik
jamiyati   ustavida   dividendlar   miqdori   qat’iy   pul   summasida   yoki   imtiyozli
aksiyalarning   nominal   qiymatiga   nisbatan   foizlarda   belgilab   qo‘yilishi   lozim.
Umuman aksiyadorlik jamiyati tomonidan joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning
nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar faqatgina jamiyat tomonidan barcha
xarajatlar qoplangandan so‘ng, muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar va olingan
kreditlar   bo‘yicha   foizlar,   soliqlar   va   imtiyozli   iktsiyalar   bo‘yicha   dividendlar
to‘langandan   so‘ng   to‘lanadi.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   oddiy   aksiyalar
egalarining korxona faoliyati bo‘yicha olingan foydaning bir qismiga egalik qilish
huquqi eng oxirgi navbatda qanoatlantiriladi.
AJlari   faoliyat   samaradorligi   bevosita   olingan   foyda   va   aksiyadorlarga
to‘lanayotgan dividend miqdori bilan belgilanishidan kelib chiqqan holda


mamlakatimizda dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari va takomillashtirish 
masalalari xususida quyida to‘xtalib o‘tamiz.
Dividend   siyosatidagi   asosiy   muammo   olingan   foydaning   aksiyadorlar
o‘rtasida dividend ko‘rinishida to‘lanadigan qismi va foydaning biznesni yanada
rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismi o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilash
bo‘yicha qaror qabul qilishnining murakkabligi bilan izohlanadi.
Dividend   siyosatining   oqilona   yuritilishi   o‘z   navbatida   AJlari   faoliyatida
quyidagilarga imkon beradi (16.1-rasm):
16.1-rasm.  Oqilona   dividend   siyosati   orqali   erishish   mumkin   bo‘lgan

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish