15.3. O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi
398-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xoldinglar to‘g‘risida”gi Nizom
«Aksiyadorlik
jamiyatlari
va
aksiyadorlarning
huquqlarini
himoya
qilish
to‘g‘risida
», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xoldinglar tashkil etish va ularning
faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
Xoldinglarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik sub’ektlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari
kiradigan aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi. Aksiyalar (paylar,
ulushlar)ning nazorat paketi o‘zida korxona sarmoyasida qatnashishning istalgan
shaklini ifodalaydi. Ushbu shakl xolding qatnashchilari umumiy yig‘ilishida va
uning boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi yoki rad
etilishining so‘zsiz huquqini ta’minlaydi. Aksiyalarining nazorat paketlari xolding
aktivlariga kiruvchi korxona sho‘’ba korxona hisoblanadi. Sho‘’ba korxonalar
mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Xolding O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan
istalgan faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Xolding boshqa xoldingning sho‘’ba korxonasi bo‘lishi mumkin.
Xolding aktivlari:
a) qimmatli qog‘ozlar;
b) muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek xolding
mablag‘lari hisobiga sotib olingan yoki hosil qilingan mulklar;
v) pul mablag‘lari va boshqalar hisobidan tashkil topadi.
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki to‘liq uning asosida, shu jumladan
xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan tashkil
etilishi mumkin.
Xolding aktivlari tarkibiga, sho‘’ba korxonalar aksiyalari nazorat paketlari
bilan bir qatorda, aksiyalarning paritet paketlari (qatnashchi ikkita bo‘lgan taqdirda
50 foiz) va boshqa xo‘jalik jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari
(aksiyalarning nazorat paketlari emas) kirishi mumkin.
Xolding amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga
oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishga
haqli bo‘ladi.
Sho‘’ba korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan
javob beradi, bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalarning nazorat paketi qiymati
ham shu jumlaga kiradi. Bosh xolding ta’sis shartnomasida qayd etilgan shartlarda
sho‘’ba korxonaning qarzlari bo‘yicha javob berishi mumkin.
Sho‘’ba korxona o‘zining xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalari paketi
miqdoridan qat’i nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga egalik qilishi
mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham shu jumlaga kiradi.
Sho‘’ba korxonalar aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida xoldingning
vakillari mazkur sho‘’ba korxona aksiyalarining nazorat paketiga muvofiq ovozga
ega bo‘ladilar. Ro‘yxati ustavda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan sho‘’ba korxonalarni
rivojlantirishning strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali
ko‘pchilik haqidagi norma belgilab qo‘yiladi.
Xoldinglar yuridik shaxs hisoblanadi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar
bozori to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari
asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu
jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding muassislari va qatnashchilari
bo‘lishlari mumkin.
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning qatnashish xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
bilan tartibga solinadi.
Xoldingning nomiga «xolding» so‘zi qo‘shilgan bo‘lishi hamda uning turi
(«AJ» aksiyadorlik jamiyati) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Xolding tashkil etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik sub’ektlarini
davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda mazkur
Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga ko‘maklashish hamda
ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati amalga oshirilishi uchun tashkil
etiladi. Xoldingga yoki uning sho‘’ba korxonalaridan biriga xolding
kompaniyaning sho‘’ba korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) uchinchi
shaxslar tomonidan sotilishi huquqi berilishiga, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan biror-bir shaklda
belgilab qo‘yilishi huquqi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
savdo, moddiy-texnika ta’minoti, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat,
kommunal xo‘jalik, transport (temir yo‘l, aviatsiya, truboprovod transporti va
mutlaq ravishda xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashqari),
xalq badiiy hunarmandchiligi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga
muvofiq Davlat tasarrufidan
chiqarilmaydigan yoki davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishda, sotib
olish va ijaraga berishda cheklashlarga ega bo‘lgan davlat korxonalari va mol-
mulki asosida xoldinglar tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar
yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkil etilayotgan xoldinglar barcha turdagi xo‘jalik uyushmalari
(ittifoqlar, kontsernlar, konsortsiumlar, korporatsiyalar va boshqalar)ning yoki
korxonalarning boshqa birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining
huquqiy vorislari bo‘lishi mumkin emas.
Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona bo‘linmasining)
sho‘’ba korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona mehnat jamoasining roziligi
bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunday rozilik umumiy yig‘ilishda barcha xodimlarning
yarmidan ko‘pining ovozi bilan qabul qilinadi.
Sarmoyasining 50 foizdan ortig‘ini boshqa emitentlarning qimmatli
qog‘ozlari va o‘zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding
hisoblanadi.
Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va o‘zga
moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol-mulk kirishi mumkin.
Aktivlari tarkibi ta’sis etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan talabga muvofiq
kelmaydigan moliyaviy xolding davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir
yil mobaynida uni bajarish uchun zarur bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi
kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning aksiyalari
emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazgan organning taqdimnomasi asosida
xo‘jalik sudi tomonidan moliyaviy xoldingni tugatish to‘g‘risida qaror qabul
qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Moliyaviy xoldinglar mutlaq darajada investitsiya faoliyati yuritishga
haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy
organlari (keyingi o‘rinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar)
moliyaviy xoldinglar ustav fondiga korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish
tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan
ortig‘ini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo‘shishga haqli emaslar.
Moliyaviy xolding sho‘’ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat
faoliyatiga aralashishga haqli emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat sho‘’ba
korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding
vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho‘’ba korxonalari boshqaruvining
boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moliyaviy xolding o‘ziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli qog‘ozlarning
tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga
haqli emas. Fond birjasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalar
bilan amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda
xoldinglar tashkil etilishi mumkin.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar tashkil etish
to‘g‘risidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
Taklifda:
xolding tashkil etish zarurligi asoslanishi, uning faoliyati maqsadi va
vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
tashkil etilayotgan xoldingga kiritilishi taklif etilayotgan korxonalar
(bo‘linmalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar
(bo‘linmalar) tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar berilgan bo‘lishi;
xolding boshqaruv organlarining vakolatlarini, xoldingning sho‘’ba
korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilovchi xoldingning ta’sis
hujjatlari loyihalari mavjud bo‘lishi kerak.
Arizaga ilovada sho‘’ba korxonalar sifatida xolding tarkibiga kiritish taklif
etilayotgan korxonalar (bo‘linmalar) mehnat jamoalarining qarori bo‘lishi lozim.
Ushbu qaror mazkur Nizomning II bo‘limi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan
bo‘lishi lozim.
Qayta o‘zgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar
asosida tashkil etilayotgan xoldingning muassislari davlat mulkini boshqarishga
vakil qilingan organlar, shuningdek paylar, ulushlar, aksiyalar ko‘rinishidagi o‘z
mablag‘larini qo‘yish xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar
bo‘lishlari mumkin. Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan.
Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish tartibida uning
tarkibidan yuridik mustaqil (sho‘’ba) korxonalarni ajratgan holda xolding tashkil
etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil
qilingan organlar:
butun korxonaning yoki ajratib chiqarilayotgan bo‘linmalarning ustav
sarmoyasini ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini baholaydilar, zarurat bo‘lganda
ehtimol tutilgan o‘zga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun
ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Yuridik mustaqil korxonalarning aksiyalari paketlarini birlashtirish tartibida
xolding kompaniya tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda davlat
mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
tashkil etilayotgan xolding kompaniyaga kiritilayotgan, yoxud xo‘jalik
mustaqilligiga ega bo‘layotgan va umumiy asoslarda davlat tasarrufidan
chiqarilishi kerak bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini aniqlaydilar;
- korxonalar mehnat jamoalarining qarorlarini va (yoki) ularning
korxonalarni xoldingning sho‘’ba korxonalariga aylantirishga roziligini hisobga
oladilar;
qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishning ehtimol tutilgan usullarini ko‘rib
chiqadilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga investorlarni xolding
qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Korxona (ajralib chiqadigan bo‘linma) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi.
O‘zga investorlarning ishtirokisiz tashkil etilayotgan xoldingning ustav
fondiga qo‘shiladigan mulk qiymati qonun hujjatlariga muvofiq baholanadi.
O‘zga investorlar ishtirokida xolding tashkil etishda kompaniya
qatnashchilari tomonidan qo‘shiladigan ulushlar miqdori mol-mulkning bozor
bahosidan kelib chiqib, tomonlarning roziligiga ko‘ra baholanadi.
Sho‘’ba korxonalarga (bo‘linmalarga) aylantiriladigan korxonalar xodimlari
davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organning roziligi bilan tasdiqlangan
ro‘yxatlarga va yopiq obuna natijalariga muvofiq ular tomonidan berishga va
sotishga mo‘ljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qo‘shishlari mumkin.
Eslatib o‘tilgan aksiyalarning o‘rniga sho‘’ba korxonalarning xodimlariga xolding
aksiyalari beriladi (nominal qiymati bo‘yicha sotiladi).
Xolding tashkil etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini boshqarishga vakil
qilingan organ tomonidan qabul qilingan taqdirda:
sho‘’ba korxonalarning aksiyalari paketlari davlat mulkini boshqarishga
vakil qilingan organ tomonidan xolding ustav sarmoyasini to‘lash tartibida
qo‘shiladi. Bunda xolding ustav sarmoyasi aksiyalarning ushbu paketlari va unga
muassislar tomonidan beriladigan boshqa aktivlarning jami nominal qiymatiga
teng bo‘ladi;
sho‘’ba korxonalarning qolgan aksiyalari davlat mulkini boshqarishga vakil
qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun beriladi;
xolding aksiyalari uning qatnashchilari o‘rtasida ularning ulushlariga
muvofiq taqsimlanadi.
Davlat mulkida bo‘lgan xolding aksiyalari sotilishi kerak.
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir muddatga
davlat mulkiga biriktirib qo‘yishga, agar bunga aksiyalari xolding kompaniya
aktivlari tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar uchun amaldagi qonun hujjatlari
bilan yo‘l qo‘yilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi.
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar:
- nodavlat yuridik shaxslar aksiyalarining nazorat paketlarini ixtiyoriy
birlashtirish;
- nodavlat xo‘jalik jamiyati tomonidan boshqa xo‘jalik jamiyatlari
aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan tuziladi.
Xoldinglar yilning har choragida o‘z balanslarini, foyda va zararlar
schyotlarini, shuningdek boshqa korxonalarning o‘zlariga tegishli aksiyalari
haqidagi to‘liq ma’lumotlarni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
axborotni e’lon qilishga majburdirlar.
Xolding tomonidan istalgan korxonaning (shu jumladan o‘zining sho‘’ba
korxonasining) aksiyalarining 5 foizidan ortig‘ining oldi-sotdisi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bitim tuzilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda albatta e’lon
qilinishi kerak.
Xoldinglar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xolding kompaniyalari va ular
tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni quyidagi rasmda keltirilgan (15.4-rasm).
15.4-rasm. Respublikamizdagi xolding kompaniyalari va lar tarkibidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |