Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

Vitse-prezident
Vitse-prezident
Vitse-prezident
Vitse-prezident
(G‘aznachilik xizmati)
Vitse-prezident
Direktorlar kengashi
Prezident

Kapital qo‘yilmalarni byudjetlashtirish

Pul oqimlarini boshqarish

Tijorat banklari va investitsion banklar bilan 
aloqalar
  Kreditlarni boshqarish

Dividend to‘lovlari va xususiy aktsiyalarni sotib 
olish

Moliyaviy tahlil va rejalashtirish

Investorlar bilan aloqalar

Sug‘urta / risklarni boshqarish

Birlashishlar va qo‘shib olishlar tahlili

Ijarani boshqarish (pensions manag-t)

Soliq tahlili va soliqlarni rejalashtirish


mutaxassis,   amaliy   muammolar   (pul   oqimlarini   boshqarish,   korporativ   tuzilma
faoliyati   haqidagi   tezkor   ma’lumotlar   bilan   ichki   va   tashqi   foydalanuvchilarni
ta’minlash, investitsion loyihalarni baholash, soliq imtiyozlari va engilliklaridan
maksimal foydalanish, moliyaviy resurslarni qidirib topish va jalb qilish hamda
boshqalar)ni hal qilish qobiliyatiga ega, shuningdek strategik vazifalar (birlashish
va   qo‘shib   olishlar,   investorlar   bilan   o‘zaro   hamkorlik   samaradorligi   tahlili   va
boshqalar)ni hal qila oladigan bo‘lishi lozim.
Korporativ   moliyani   boshqarish   nazariyasi   va   amaliyoti   iqtisodiy
taraqqiyotdan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda. Hozirgi
kunga kelib korporativ moliyani boshqarishning muhim nazariy asoslari sifatida
amal qilayotgan kontseptsiyalari quyidagilardir:
- pul oqimlari kontseptsiyasi;
- pul mablag‘larining vaqt bo‘yicha qiymati kontseptsiyasi;
- risk va daromadlilik kontseptsiyasi;
- bozor samaradorligi haqida gipoteza;
- portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlarni baholash modeli;
- kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi;
- agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar.
Keltirib o‘tilgan korporativ moliyani boshqarish kontseptsiyalarining har biri
xususida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Pul   oqimlari   kontseptsiyasihar   qanday   korporativ   tuzilma   (MChJ,   AJ   va
boshqalar) faoliyat ko‘lami va turidan qat’iy nazar o‘z moliyaviy munosabatlarini
pul   mablag‘lari   harakati   asosida   ishlashini   anglatadi.   Pul   oqimlari   harakatini
tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablag‘larining kirib kelishi
va chiqib ketishidagi o‘zaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi. Bunda vaqt va
miqdor   omili   birlamchi   e’tibor   talab   qiladi.   Ya’ni   moliyaviy-xo‘jalik   faoliyati
natijasi korporativ tuzilma ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘lari miqdori
korporativ   tuzilmadan   chiqib   ketayotgan   pul   miqdoridan   katta   bo‘lishi   lozim,
boshqa tomondan esa olinadigan pul mablag‘larining kelib tushish vaqti chiqib
ketish   vaqtidan  qisqaroq  bo‘lishi  talab  etiladi.  Keltirilayotgan  bu  ikki  jihat   har
qanday korporativ tuzilma uchun moliyaviy barqarorlik va to‘lovga layoqatlilikni
ta’minlashdan   tashqari   faoliyat   samaradorligiga  erishishga   ham  xizmat   qilishini
qayd etib o‘tishimiz lozim. Aynan har bir pul oqimining soliq oqibatlariga alohida
e’tibor qaratish ham lozim bo‘ladi.
Pul   mablag‘larining   vaqt   bo‘yicha   qiymati   kontseptsiyasi  korporativ
moliyaning   fundamental   asoslaridan   biri   hisoblanadi.   Mazkur   kontseptsiyaga
muvofiq   biz   turli   vaqtlarda   egalik   qiladigan   pul   mablag‘lari   bir   xil   bo‘lmagan
qimmatga   egalik   qiladi.   Ustiga-ustak   biznesda   va   kundalik   hayotimizda   pulga
egalik qilish vaqti pul mablag‘larining miqdoriga nisbatan katta ahamiyatga ega.
Masalan,   milliy   pul   birligining   bugungi   qimmati   bir   qancha   vaqt   o‘tgandagina
nisbatan   qadrliroq.   Ya’ni   u   ayni   paytda   joriy   iste’molni   qanoatlantirishga
sarflanishi yoki kelajakda qo‘shimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida
qo‘yilishi   mumkin.   Ma’lum   vaqtdan   so‘ng   zarur   miqdordagi   pul   mablag‘lariga
egalik qilish uchun korporativ tuzilma ma’muriyati mavjud pul mablag‘ini


hozirning o‘zida yo‘naltirish lozim bo‘ladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi
pul oqimlari pul mablag‘larining joriy vaqtdagi qiymatidan kelib chiqqan holda
baholashni amalga oshirish lozim. Pul mablag‘larining joriy qiymati va kelgusi
qiymatini baholash uchun moliyachilar pul oqimlarini diskontlash bo‘yicha maxsus
metodikadan   foydalanadilar.   Pul   mablag‘larining   vaqt   bo‘yicha   qiymati
kontseptsiyasidan   kelib   chiqqan   holda   soliqlarni   faqat   oxirgi   sanada   amalga
oshirishga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish