Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular tomonidan
muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
49
№
Hududlar
Aksiyadorlik jamiyatlari
Chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar hajmi
So
ni
Jamiga
nisbatan
foizda
Millia
rd
so‘m
da
Jamiga
nisbatan
foizda
1
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
22
3,34
70,6
0,2
2
Andijon
43
6,53
662,9
2,2
3
Buxoro
38
5,77
124,1
0,4
4
Jizzax
18
2,73
306,8
1,0
5
Qashqadaryo
47
7,13
181,5
0,6
6
Navoiy
22
3,34
833,5
2,7
7
Namangan
29
4,40
151,4
0,5
8
Samarqand
32
4,86
90,8
0,3
9
Surxondaryo
23
3,49
54,4
0,2
1
0
Sirdaryo
17
2,58
172,2
0,6
1
1
Toshkent viloyati.
49
7,44
1110,5
3,6
1
2
Farg‘ona
46
6,98
435,8
1,4
1
3
Xorazm
29
4,40
79,9
0,3
1
4
Toshkent shahri
244
37,03
26189,3
86,0
JA
MI
659
100,0
30463,5
100,0
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat
ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi Toshkent
shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 milliard so‘mlik, ya’ni jamiga
nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan. Bu borada eng past ko‘rsatkich
Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtai nazaridan investitsiya
institutlari, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosabatlarga kirishadi.
Bunda “investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya
aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik
shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”
50
.Keltirilayotgan ta’rifdan ham
ko‘rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorida
faoliyat ko‘rsatadi va korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalarga
kirishadi.
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra,“aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa
kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya fondlari hamda yuridik va
jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda
ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik va
jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa
ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida
49
Қимматли қоғозлар марказий депозитарийси маълумотлари асосида тузилди.
50
O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda.
nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy
ajratmalar bo‘lmish byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli
ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat unitar korxonalari, fond va
tovar birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak”
51
.
Shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida ham auditorlik
tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar
o‘z faoliyati davomida auditorlik tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga
kirishishga majbur. Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi
talab etilishi ham korporativ tuzilmalar va auditorlik tashkilotlarining o‘zaro
hamkorligiga xizmat qiladi.
Xaridorlar va mol etkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar o‘z-
o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan xarakterli. Chunki belgilab
olingan faoliyatni amalga oshirish orqali qo‘yilgan maqsadga erishish, ya’ni
foydani maksimallashtirish uchun xaridorlar va mol etkazib beruvchilar bilan
moliyaviy munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va taklif asosida
shakllanadi. Shuningdek ma’lum bir holatlarda aktivlarning bozor bahosini
aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar
o‘z faoliyatlari davomida ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish
uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.
Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash tashkilotlari
xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar ham mavjud. “Garov
to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan
garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali
amalga oshiriladi”
52
. Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, “Baholashni
o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash
ob’ektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash ob’ektlarini
davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish
yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;baholash
ob’ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda;baholash ob’ektlari
sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda;baholash
ob’ektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz
kechilayotganda;baholash ob’ektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush
tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash ob’ektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan
taqdirda ham, shu jumladanmol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka
krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki
bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib
olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib
qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan
nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir”
53
, deb belgilab qo‘yilgan.
51
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
52
O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
53
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ tuzilmalar bank
kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini baholash yuzasidan
baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat
garovni baholash, balki qimmatli qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va
hokazolarda ham namoyon bo‘ladi.
Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishi
natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi texnologiyalar, asosiy
vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib
olish imkoniyati cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan
samarali bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq imtiyozlaridan samarali
foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq xatoliklarini bartaraf etish va
hokazolarga e’tibor qaratiladi. Bu haqda to‘rtinchi bobda atroflicha to‘xtalib
o‘tamiz.
Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari, yuridik xizmatlar
ko‘rsatuvchi sub’ektlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, birjalar va boshqa ijtimoiy
hamda bozor infratuzilmalari sub’ektlari bilan ham moliyaviy munosabatlarga
kirishishlari mumkin.
Bugungi kunda korporativ moliyaviy munosabatlarda birlashishlar va
qo‘shib olishlar operatsiyalari xalqaro miqyosda keng qo‘llanilib kelinayotgan
amaliyotlardan biri ekanligidan kelib chiqqan holda mazkur masalaga e’tibor
qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotda har qanday korporativ tuzilma rivojlanish
strategiyasini belgilashda o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida yoki boshqa mustaqil
iqtisodiy sub’ektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi. Shu
boisdan korporativ birlashishlar va qo‘shib olishlar bugungi kunda korporativ
moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Bunda bir
kompaniya tomonidan boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o‘rnatilishi natijasi
hisoblangan qo‘shib olish operatsiyalari, shuningdek ikki yoki undan ortiq
kompaniya yanada yirikroq kompaniyani tashkil etish maqsadida o‘zaro
birlashishlari hisobiga yangi kompaniyalar faoliyati tashkil etilishi kabilarni
alohida qayd etib o‘tishimiz mumkin. Birlashish va qo‘shib olish bitimlari orqali
yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad biznesga qo‘shimcha elementlarni
birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompaniyaning strategik ustunligini
ta’minlashdan iborat. Moliyaviy jihatdan yuqori salohiyatga ega kompaniyalar
bozorda yanada raqobatbardosh bo‘lgan kompaniyani tashkil etish maqsadida
nisbatan kuchsiz bo‘lgan kompaniyalarni o‘ziga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Shuningdek, moliyaviy jihatdan o‘zaro teng kuchga ega kompaniyalar bozorda o‘z
ulushini ko‘paytirish yoki o‘z samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro
birlashadilar. Keltirib o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi
kompaniyalar ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali
qo‘shib olishlariga rozi bo‘ladi. Chunki, ular keskin raqobat muhitida o‘zlarining
mustaqil ravishda jon saqlab qola olishlariga ko‘zlari etmaydi. Korporativ
birlashish va qo‘shib olish operatsiyalari aniq hisob-kitoblarga qat’iy ravishda
asoslanishini ham unutmaslik lozim. Chunki bunday operatsiyalar
muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi natijasida biznesning tugatilish holatlari ham ko‘p
uchraydi.
Korporativ tuzilma pul mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida turli
maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining o‘z maqsad va vazifalari
belgilanadi. Pul fondlarini shakllantirish orqali korporativ tuzilma o‘z faoliyatini
kerakli mablag‘lar bilan ta’minlashga intiladi,faoliyatini kengaytirib boradi; pul
oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika
jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o‘zlashtiradi va joriy etadi;
sub’ektlarni iqtisodiy rag‘batlantiradi; byudjet, bank va hokazolar bilan hisob-
kitoblarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |