XII bob. KORPORATIV MOLIYAVIY SIYOSAT VA UNING
ASOSIY YO‘NALISHLARI
12.1. Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali ishlashi uning har
bir bo‘g‘in faoliyat samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Bunda moliya tizimining
asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni
samarali tashkil etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir
mamlakatda alohida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin.
Moliya tizimining aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga
taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar
iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat
qiladi. Bunda korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun,
ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga
taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaning moliya
tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida yuzaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin va
korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim.
Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida
ham xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shunday holatda
mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy
taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv
jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Chunki tashqi savdo munosabatlarida
aynan davlatlar bilan bir qatorda korporativ tuzilmalar ham faol ishtirok etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish orqali yuqori foyda olish va
mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish hamda moddiy farovonligini
oshirishhisoblanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti
sotuvchi va (yoki) xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Umuman bozor
munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini
kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul
mablag‘larining sub’ektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning
yuzaga kelish asosiy shartidir. Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini
shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning
asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa
“o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka
ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob
beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la
oladigan va ularni amalga oshira
oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda
da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot”
45
ni anglatadi. Respublikamizda
korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlari sifatida aksiyadorlik
jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni keltirishimiz mumkin. 2017 yil
1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari
soni 659 tani tashkil etadi (12.1-rasm).
12.1-rasm.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik
Do'stlaringiz bilan baham: