AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Davlat korporativ boshqaruvda qanday tartibda ishtirok etadi?
2. Davlat korxonalarini va davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish
bo‘yicha jahon amaliyotida eng keng tarqalgan modellar.
3. Oltin aksiya amaliyoti va qo‘llanish xususiyatlari.
4. Davlatning yagona aksiyador sifatida korporativ boshqaruvni amalga
oshirishi.
5. Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning asosiy prinsiplari.
6. Xo‘jalik boshqaruvi organlari orqali davlatning korporativ boshqaruvdagi
ishtiroki.
7. Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning modellari.
8. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish
tartibi.
9. O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida davlat
ishtirokini tahlil qiling.
Testlar
1. Davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki yo‘nalishlarini
belgilang.
a) korporativ boshqaruv amaliyoti bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni
qabul qiladi, faoliyat nazoratini olib boradi, bevosita o‘z ulushini kiritadi;
b) aksiyadorlarning muntazam dividend olishini ta’minlaydi, aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi ustidan nazorat o‘rnatadi;
c) vakil qo‘yish orqali kuzatuv kengashi va ijroiya organi faoliyati
muvofiqligini ta’minlaydi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish vaqtini
belgilaydi;
d) davlat vakilini qo‘yish orqali qarorlar qabul qiladi, moliya inspektorini
tayinlaydi.
2. Davlatning korporativ boshqaruvda bevosita ishtiroki nimalar asosida
amalga oshiriladi?
a) AJ ovoz beruvchi aksiyalariga to‘liq, faqat nazorat paketiga yoki ustav
kapitalida ma’lum bir ulushga egalik qilish, oltin aksiya amaliyotini joriy etish;
b) davlat vakilini qo‘yish orqali qarorlar qabul qiladi, aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishini o‘tkazish vaqtini belgilaydi;
c) kuzatuv kengashi va ijroiya organi faoliyati muvofiqligini ta’minlaydi;
d) ijroiya organi to‘liq davlat tomonidan shakllantiriladi, boshqaruv huquqini
beruvchi imtiyozli aksiyalarni joriy etadi.
3. Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki kamchiliklari qaysi
javobda keltirilgan?
a) AJ mustaqilligini chegaralaydi, veto qo‘yish huquqining berilishi qaror
qabul qilishning kechikishiga olib keladi, boshqa aksiyadorlarning huquqlari
chegaralanadi;
b) monopoliya tartibga solib turiladi va narxlar barqarorligi ta’minlanadi,
professional boshqaruv amalga oshiriladi;
c) yirik aksiyadorlik jamiyatlari bankrotligining oldi olinadi va tugatilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi;
d) strategik ahamiyatga ega iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat
nazorati o‘rnatiladi, professional boshqaruv amalga oshiriladi;
4. Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki afzalliklari keltirilgan
javobni belgilang.
a) monopoliya tartibga solib turiladi, strategik tarmoqlarida samarali davlat
nazorati o‘rnatiladi, yirik aksiyadorlik jamiyatlari bankrotligining oldi olinadi va
tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
b) xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
boshqa aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishiga olib keladi;
c) davlatning haddan tashqari ko‘p aralashuvi korporativ tuzilmaning
mustaqilligini chegaralaydi;
d) xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
aksiyadorlik jamiyatlariga investorlarning qiziqishlari nisbatan past bo‘ladi.
5. “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish” masalasi 2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasining qaysi yo‘nalishida berilgan?
a) 3.4-yo‘nalishida;
b) 2.3-yo‘nalishida;
c) 4.1-yo‘nalishida;
d) 3.1-yo‘nalishida.
6. “Davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarini tashkil etishini cheklash, bu
borada bozorga xos mexanizmlarni ishlab chiqish, davlatning ayrim funktsiyalarini
xususiy sektorga o‘tkazish darkor”ligi Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning qaysi
ma’ruzasida berilgan?
a) 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida;
b) Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak;
c) Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz;
d) Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi.
7. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida davlat boshqaruvini saqlab qolish
vositasi sifatida amal qilib, davlat vakilining alohida huquqlarga ega bo‘lishini
ta’minlashga qaratilgan amaliyot qanday nomlanadi?
a) oltin aksiya;
b) boshqaruv huquqini beruvchi imtiyozli aksiya;
c) veto aksiyasi;
d) davlat aksiyasi.
8. Davlat tomonidan kompaniyalarni moliyalashtirish va daromad olish
vositasi hisoblanmaydi, oldi-sotdi qilinmaydigan aksiya qanday nomlanadi.
a) oltin aksiya;
b) davlat boshqaruvi huquqini taqdim etuvchi aksiya;
c) imtiyozli aksiya;
d) davlat aksiyasi.
9. Oltin aksiya amaliyotining asoschisi kim?
a) Margaret Tetcher;
b) Toni Bler;
c) Ronald Reygen;
d) Teodor Ruzvelt.
10. Qachon Evropa arbitraj sudi tomonidan oltin aksiya amaliyotini bekor
qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan?
a) 2008 yilda;
b) 1980 yilda;
c) 2017 yilda;
d) 1998 yilda.
11. Vazirlar mahkamasining “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini
boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi
to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilingan?
a) 2007 yil 24 iyulda;
b) 1999 yil 5 fevralda;
c) 1996 yil 26 aprelda;
d) 2014 yil 6 mayda.
12. «Oltin aksiya» qanday aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin?
a) ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yoki bu ulush 25 foizdan
oshmaydigan jamiyatlarda;
b) ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan oshmaydigan jamiyatlarda;
c) ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan aksiyadorlik
jamiyatlarida;
d) ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq jamiyatlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |