Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

Qo‘shimcha topshiriqlar
1. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyatidagi farqli jihatlar 
bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring.
Taftish komissiyasi
Ichki audit xizmati
1.
2.
......
1.
2.
......
2. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati hisobotini shakllantirish 
bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring.
Taftish komissiyasi
Ichki audit xizmati
1.
2.
......
1.
2.
......


IX bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA HISOBDORLIK,
AXBOROTLARNI OSHKOR ETISH VA SHAFЕDRASIFЕDRASIOFЕDRASILIK
9.1. Korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va
shaffoflikni ta’minlashning tashkiliy xususiyatlari
Hisobdorlik,   axborotlarni   oshkor   etish   va   shaffoflik   korporativ
boshqaruvning   eng   asosiy   prinsiplari   hisoblanadi.   Mazkur   prinsiplarga   yuqori
darajada   amal   qilinishi,   avvalo   aksiyadorlar   huquqlari   va   manfaatlarining
ta’minlanishiga   xizmat   qiladi.   Shundan   kelib   chiqqan   holda   bu   prinsiplarning
mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Hisobdorlik   prinsipi   korporativ   boshqaruvning   ijroiya   va   nazorat
organlarining belgilangan tartibda hisobot berib borishlarini nazarda tutadi.
Amaldagi   qonunchilikda   aksiyadorlik   jamiyati   kuzatuv   kengashining
a’zolari,   jamiyat   direktori   va   boshqaruvi   a’zolari,   shuningdek   ishonchli
boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda
jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar
bo‘lishi   belgilab   qo‘yilgan.   Agarda   masala   bo‘yicha   bir   nechta   shaxs   javobgar
bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik asosida tashkil
etilishi ham nazarda tutilgan.
Jamiyatga zarar etkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda ishtirok
etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari,
boshqaruv   a’zolari   javobgar   bo‘lmaydi.   Shu   o‘rinda   affillangan   shaxs   bilan
tuzilgan bitimni o‘rganishni amalga oshirgan shaxslar bitim bo‘yicha xulosa va
yakunlarning   ishonchliligi   uchun   javobgar   ekanligini   alohida   qayd   etib   o‘tish
zarur.
Kamida   bir   foiziga   egalik   qiluvchi   aksiyador   (aksiyadorlar)   jamiyatga
etkazilgan   zararlarning   o‘rnini   qoplash   to‘g‘risidagi   da’vo   bilan   jamiyatning
kuzatuv  kengashi  a’zosi,  direktori  yoki boshqaruv  a’zosi,  shuningdek  ishonchli
boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
Keltirilayotgan jihatlar boshqaruv organlarining javogarligi va hisobdorligini
nazarda   tutadi.   Ulardan   tashqari   nazorat   organlarining   ham   hisobdorligi
belgilanganligini qayd etib o‘tishimiz zarur.
Aktivlarining   balans   qiymati   eng   kam   ish   haqi   miqdorining   yuz   ming
barobaridan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit
xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Jamiyatning   ustavida   jamiyat   kuzatuv   kengashiga   hisobdor   bo‘lgan   va
korporativ   qonun   hujjatlariga   rioya   etilishi   ustidan   nazorat   qilish   vazifasini
bajaruvchi jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi
mumkin.   Korporativ   maslahatchining   faoliyati   jamiyat   kuzatuv   kengashi
tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Bizga   ma’lumki,   axborotlarni   oshkor   qilish   maqsadidan   qat’iy   nazar
manfaatdor   shaxslarning   korporativ   tuzilma   faoliyati   bilan   bog‘liq   axborotlarni
erkin olish imkoniyati yaratilganligi bilan izohlanadi. Shu boisdan moliyaviy


qarorlar qabul qilish, turli xil diskriminatsiyalarning oldini olish va axborot olish
bo‘yicha   nomutanosiblikni   bartaraf   etish   uchun   korporativ   boshqaruvda
axborotlarni   oshkor   qilish   talab   qilinadi.   Natijada   investorlar,   shu   jumladan
potentsial   investorlar,   xodimlar,   davlat   organlari   va   boshqa   manfaatdor
shaxslarning   oshkor   qilingan   axborotlar   bilan   tanishish   imkoniyatlari   yuzaga
keladi. Ular olingan axborotlar asosida emitent moliyaviy holatini tahlil qilishlari,
faoliyat istiqbollaridan kelib chiqqan holda emitent faoliyati, jumladan qimmatli
qog‘ozlari bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy   hamkorlik   va   taraqqiyot   tashkilotining   korporativ   boshqaruv
prinsiplariga ko‘ra “Korporativ boshqaruv infratuzilmasi korporatsiya faoliyatiga
daxldor barcha muhim masalalar, jumladan mulkchilik va kompaniya boshqaruvi,
faoliyat   natijalari,   moliyaviy   holat   bo‘yicha   axborotlarni   o‘z   vaqtida   va   to‘liq
oshkor qilinishini ta’minlashi shart”
38
.
Axborotlarni   oshkor   qilish   bo‘yicha   talablar   O‘zbekiston   Respublikasi
Fuqarolik   kodeksi,   “Aksiyadorlik   jamiyatlari   va   aksiyadorlarning   huquqlarini
himoya   qilish   to‘g‘risida”gi,   “Qimmatli   qog‘ozlar   bozori   to‘g‘risida”gi,
“Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida”gi,   “Mas’uliyati   cheklangan   va   qo‘shimcha
mas’uliyatli   jamiyatlar   to‘g‘risida”gi   Qonunlar,   “Aksiyadorlik   jamiyatlarining
korporativ   veb-saytlariga   qo‘yiladigan   talablar   to‘g‘risida”gi   Nizom,   “Qimmatli
qog‘ozlar   bozorida   axborot   taqdim   etish   va   e’lon   qilish   qoidalari”da   belgilab
qo‘yilgan.
Yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjatlari asosida aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan  axborotlar  bilan  ishlashni  tashkil  etish,  ularni oshkor  qilish  tartibini
belgilash maqsadida “Axborot siyosati to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishi va
ichki foydalanish maqsadida joriy etilishi mumkin.
Axborotlar siyosatining asosiy maqsadi – aksiyadorlar, investorlar, qimmatli
qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek boshqa manfaatdor
shaxslarning kompaniya va uning faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarga
bo‘lgan talabini qondirish orqali kompaniya faoliyatining ochiqligi va shaffofligini
ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kompaniyaning axborotlar siyosatining asosiy tamoyillarini belgilash;
- barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida ishonchli va haqqoniy
axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
- barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida axborot taqdim etish
qoida va tartiblarini belgilash;
- kompaniya axborotlarining xavfsizligini ta’minlash;
- kompaniya axborotlarining oshkoraligi va shaffofligini oshirish hisobiga
kompaniyaning   investitsion   jalb   etish   qobiliyati   o‘sishini   ta’minlaydigan
qo‘shimcha axborotlarning oshkoralik tamoyillarini belgilash.
38 
G20/OECD Principles of Corporate Governance. OECD 2015. 
https://www.oecd.org/daf/ca/Corporate-Governance-Principles- 
ENG.pdf


Axborotlar   siyosatining   asosiy   prinsiplari   bo‘lib,   doimiylik,   tezkorlik,
qulaylilik,   to‘liqlilik,   teng   huquqlilik,   tenglik,   axborot   resurslarining
himoyalanganligi hisoblanadi.
- doimiylik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni manfaatdor shaxslarga
doimiy taqdim etib borish;
- tezkorlik   –   manfaatdor   shaxslarni   kompaniyaning   moliyaviy   faoliyatiga
ta’sir etuvchi muhim voqealar va faktlari bilan qisqa muddatlarda xabardor qilish;
- qulaylik – manfaatdor shaxlarning erkin foydalanishi uchun kompaniya
faoliyatiga oid axborotlarni oshkor etilishini turli xil yo‘llar orqali amalga oshirish;
- to‘liqlik – manfaatdor shaxslarning kompaniya to‘g‘risida to‘liq tassavurga
ega   bo‘lishini   ta’minlash   uchun   kompaniyaning   amaldagi   faoliyati   va   u   uchun
salbiy bo‘lgan ma’lumotlarni ham inkor etmagan holda taqdim etish;
- teng huquqlilik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni olishda barcha
manfaatdor shaxslar uchun huquqlarning tengligi;
- tenglik   –   kompaniyaning   tijorat   manfaatlarini   ta’minlagan   holda
kompaniya faoliyatining ochiqliligi va shafofligi o‘rtasidagi tengligini ta’minlash.
Bunda maxfiy axborotlarning himoyalanganligi; insayderlarga doir axborotlarning
taqdim etilishida amaldagi qonunchilik talablariga amal qilish ta’minlanishi shart;
- axborot resurslarining himoyalanganligi –tijorat siri yoki boshqa maxfiy
hisoblangan   axborotlarni   amaldagi   qonunchilikka   muvofiq   axborot   xavfsizligini
ta’minlash.
Kompaniya faoliyati to‘g‘risida tarqatilayotgan axborot 3 guruhga bo‘linadi:
- majburiy oshkor etiladigan axborotlar;
- qo‘shimcha oshkor etiladigan axborotlar;
- erkin oshkor etiladigan axborotlar.
Kompaniya tomonidan axborotlarning oshkor etilishi va tarqatilishi quyidagi
yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
- korporativ axborotlar yagona portali (
www.openinfo.uz
);
- fond birjasining rasmiy veb-sayti (
www.uzse.uz
);
- aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-sayti;
- ommaviy axborot vositalari (OAV);
- internet portallarida joylashtirish;
- bosma nashrlarda chop etish;
- manfaatdor   shaxslar   bilan   axborot   seminarlari   va   boshqa   turdagi
uchrashuvlarni   tashkil   etish;   (shu   jumladan,   telekonferentsiyalar,   veb-
translyatsiyalar, veb-kastlar);
- amaldagi  qonunchilik, kompaniya  Ustavi  va  kompaniya  ichki me’yoriy
hujjatlariga   muvofiq   aksiyadorlarga   axborotlar   va   ularning   talabiga     binoan
hujjatlar nusxalarini taqdim etish;
- amaldagi   qonunchilik,   kompaniya   Ustavi,   kompaniya   ichki   me’yoriy
hujjatlari   va   kompaniyaning   Boshqaruv   organlari   qarorlariga   muvofiq
kommunikatsion   vositalardan   foydalangan   holda   boshqa   yo‘llar   bilan   mazkur
Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni oshkor etish.


Amaldagi   qonunchilik   asosida   majburiy   oshkor   qilinishi   lozim   bo‘lgan
axborotlar borasida quyidagi paragraflarda to‘xtalib o‘tamiz.
O‘z navbatida alohida ta’kidlash kerakki, hisobdorlik va axborotlarni oshkor
etib   borish   aksiyadorlik   jamiyatlari   faoliyati   shaffofligini   ta’minlashga   hamda
faoliyatning qonuniyligi va samaradorligiga xizmat qiladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish