Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar
to‘g‘risida ma’lumot
57
№
Aksiyadorli
k jamiyati
nomi
Joylashg
an
hudud
Tarmoq (yuqori
turuvchi
tashkilot)
Muomaladagi aksiyalar
Min
g
so‘m
da
Nom
in
ali
Min
g
dona
da
1
G‘ozg‘on
marmar
Navoiy
"O‘zqurilish
materiallari" AJ
767 565,9
1
934,0
396,880
2
Granit
Samarqan
d
"O‘zbekiston temir
yo‘llari" AJ
1 322 943,2
2
179,0
607,253
3
Guliston
ekstrakt-yog‘
Sirdaryo
"O‘zpaxtasanoateksp
or
t" XK
1 139 805,8
1
999,0
570,188
4
Gurlan dehkon
bozori
Xorazm
Hokimiyat
3 533 555,0
1
000,0
3 533,555
5
Davr-bank
Toshkent
sh
Moliyaviy tashkilotlar
40 000
000,0
5
000,0
8 000,0
6
Daromad plyus
IF
Toshkent
sh
Moliyaviy tashkilotlar
631 904,0
500,0
1 263,808
7
GM Uzbekistan
Andijon
"O‘zavtosanoat" AK
344000017,
2
1,0
344000017,
2
8
Doyche Kabel
AG Tashkent
Toshkent
sh
"O‘zeltexsanoat" AK
744 440,9
1
330,0
559,73
9
Don xalq rizqi
Qashqada
ry
o
"O‘zdonmaxsulot" AK
2 005 992,0
2
160,0
928,7
1
0
Dori-darmon
Toshk
ent sh
"Dori-darmon" AK
86 309
600,0
4
300,0
20 072,0
1
1
Dunyo-M
Qashqada
ry
o
"O‘zdonmaxsulot" AK
11 266
272,0
2
000,0
5 633,136
1
2
Jizzax
akkumulya
tor zavodi
Jizzax
"O‘zavtosanoat" AK
75 494
442,2
1
013,0
74 549,895
57
Korporativ axborotlar yagona portalidan olindi.
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlik jamiyatlari
aksiyalari nominal qiymati har xil. Hattoki bir so‘mlik aksiyalar ham muomalaga
chiqarilgan. Respublikamizdagi barcha aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan
chiqarilgan aksiyalar haqida ma’lumotlar bilan Korporativ axborotlar yagona
portali – www.openinfo.uz orqali batafsil tanishish mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustavida aksiyadorlar olgan aksiyalarning soni va
nominal qiymati belgilab qo‘yiladi. Bunga misol sifatida “Kvarts” aksiyadorlik
jamiyatining 2015 yil 17 iyulida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustavi 4.2-bandini
keltiramiz: “Jamiyatning ustav kapitali 23 963 940 000 (yigirma uch million
to‘qqiz yuz oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m bo‘lib, 23 963 940
(yigirma uch million to‘qqiz yuz oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq) ta oddiy
aksiyaga bo‘lingan. Aksiyaning nominal qiymati 1000 (bir ming) so‘mdan iborat.
Jamiyat ustav kapitalida aksiyadorlar ulushi va ularning nisbati foizlarda:
- davlat ulushi – 23 942 490 000 (yigirma uch milliard to‘qqiz yuz qirq ikki
million to‘rt yuz to‘qson ming) so‘m, ya’ni ustav kapitalining 99,91 foizini tashkil
etadi;
- jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtirilgan ulush – 21 450 000 (yigirma bir
million to‘rt yuz ellik ming) so‘m, ya’ni ustav kapitalining 0,09 foizini tashkil
etadi”
58
.
Aksiyadorlik jamiyai ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga
qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan e’lon qilingan aksiyalarning soni
va nominal qiymati belgilanishi mumkin. Bunga ham misol sifatida “Kvarts”
aksiyadorlik jamiyati ustavidan 4.4-bandni keltiramiz. “Jamiyat umumiy qiymati
10 000 000 000 (o‘n milliard) so‘m bo‘lgan qo‘shimcha e’lon qilingan 10 000 000
(o‘n million) ta oddiy aksiyani chiqarish huquqiga ega. Har bir aksiya nominal
qiymati 1000 (ming) so‘mni tashkil etadi”.
Jamiyat ustaviga jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari haqida nazarda
tutilgan qoidalar bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi
qaror, odatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
tomonidan qabul qilinadigan qarorlar asosida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalar
bo‘yicha esa dividendlari miqdori ustavda qat’iy belgilab qo‘yiladi.
Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar jamiyat tomonidan
joylashtirilgan taqdirda e’lon qilingan aksiyalarning soni ushbu qimmatli
qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur
miqdordan kam bo‘lmasligi lozim. Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar
ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida
ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
Aksiyalarga bo‘lgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo
hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan
tasdiqlanadi.
58
www.kvarts.uz
– Kvarts aktsiyadorlik jamiyati rasmiy vebsaytidan olindi.
Aksiyadorlik jamiyat qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga muvofiq korporativ
obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga
haqli. Jamiyatning korporativ obligatsiyalari jamiyat aksiyalariga
ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat mol-mulk bilan ta’minlangan korporativ obligatsiyalarni ularni
chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish sanasidagi o‘z kapitali miqdori doirasida
chiqarishga haqli.
Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish, shu jumladan
aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni chiqarish aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra yoki, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror
qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra
amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra
aksiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda,
mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan
qabul qilinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini va boshqa qimmatli qog‘ozlarini
joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk,
shuningdek pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan
mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish
chog‘ida uning aksiyalariga haq to‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi
ta’sis shartnomasida (o‘zgartish to‘g‘risidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida,
qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash esa, ularni
chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilab qo‘yiladi.
Jamiyatning
qo‘shimcha
aksiyalariga
ushbu
aksiyalarni
chiqarish
to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to‘lanishi lozim.
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini bajarmaganlik uchun
neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga to‘lanadigan haq sifatida kiritilayotgan
mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar o‘rtasidagi shartnomaga
muvofiq chiqariladi.
Agar jamiyatning puldan o‘zga vositalar bilan haqi to‘lanayotgan aksiyalari
va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan
eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning
aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-
mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi
zarur.
Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari hamda boshqa
qimmatli qog‘ozlari haqi sifatida to‘lanishi mumkin bo‘lgan mol-mulk turlariga
cheklovlar belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |