Uyga vazifa:
Topshiriq 1. 100 ming tonnali aslaha portlatilganda, undan 5 km uzoqlikda joylashgan g’isht zavodi binolariga bo’ladigan to’lqin zarbasi ta’siridagi inshootlarning barqarorligini aniqlang ? Aslaha havoda portlatilgan bo’lib, uning g’isht zavodiga bo’ladigan ta’sirining maksimal chetlanishi 4 km ni tashkil etadi. Zavod qurilmalari metall karkassiz g’isht bilan qurilgan. G’ishtni pishirish sexi metall karkasli plitalardan qurilganganligi ma’lum.
Topshiriq 2. 1 mG tonnali aslaha portlatilganda undan 10 km uzoqlikda joylashgan aholi yashash Obyektlariga bo’ladigan to’lqin zarbasi ta’siridagi shaxsiy uylarining barqarorligini baholang ? Aslaha havoda portlatilgan bo’lib, uning aholi yashash massiviga bo’ladigan ta’sirining maksimal chetlanishi 5 km ni tashkil etadi. Aholi uylari g’ishtli materiallardan, devorlari engil karkasli konstruksiyalardan tashkil topgan, elektr manbai er ustidan, suv ta’minoti er osti trubalari orqali o’tkazilgan.
Topshiriq 3. Aholi yashash qishlog’ida er silkinishining taxminiy kuchi 7 ball atrofida. Qishloq xududida ko’pchilik yashash uylari 1 qavatli metall karkassiz g’ishtli uylar hisoblanadi. Uy bo’lmalari yog’ochli materiallardan qurilgan. Suv o’tkazuvchi trubalar, temir betonli estakadalarda joylashgan. Qishloqda 1 ta yuqori qavatli temir betonli konstruksiya qurilgan. Yer silkinishi ofatida qishloqdagi uylar va maishiy konstruksiyalarning barqarorlik darajasini baholang ?
11-misol. 500 ming tonnali aslaha portlatilganda, undan 6 km uzoqlikda joylashgan mashinasozlik zavodi qurilmalariga bo’ladigan yorug’lik nurlanishi ta’sirida zavod Obyektlarining barqarorligini baholang ?
Portlash havoda ro’y bergan bo’lib, aslahaning obyekt ga bo’ladigan ta’sir aniqligining maksimal chetlanishi Rchet = 8,8 km . Sex binosi g’ishtdan qurilgan, metall karkazsiz, bo’lmalari temir betonli plitalardan tashkil topgan; devorlarning yong’in bardoshlik chegarasi 2,5 soat; uy yopqich temir beton konstruksiyali plitadan -1 soat, tom yopqich yumshoq materiallerdan iborat ; eshik va romlar yog’ochdan tashkil topgan.
Echish. 1) Ilovadagi 13 jadvaldan foydalanib, 500 ming tonnali aslaha portlatilganda, 5,2 km uzoqlikda yuzaga keladigan yorug’lik impulsini topamiz :
Uyorug’ .nur max= 1200 kDj/m2
2) Ilovadagi 14 jadvaldan foydalanib, sex qurilmasining yong’inbardoshlik darajasini topamiz. U - 2 darajali yong’inbardoshli qurilma ekan. Sex qurilmasi va uni tashkil etuvchi elementlarning yong’in bardoshlik qiymatlarini 15 jadvalga yozib qo’yamiz.
3) Ilovadagi 16 jadvaldan sex qurilmasining yong’inbardoshlik toifasi aniqlanadi va u “G” toifaga kirar ekan.
4) Ilovadagi 17 jadvaldan foydalanib, qurilmadagi qurilish elementlarining yorug’lik impulsi qiymati ta’sirida qurilmalarning yonuvchanligi topiladi: jumladan eshik, romlar, bo’yalggan bo’yoqlar 300 KDJ/m2;
5) Yorug’lik nurlanishining minimal impulsida yuzaga keladigan qurilmadagi yong’inga qarab sex qurilmasining barqarorlik chegarasi aniqlanadi :
Uyorug’ .nur = 300 kDj/m2
Bundan ko’rinadiki, sex qurilmasi yorug’lik nurlanishiga bardoshli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |