Ro`yxatga olindi: №


 Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

7.3. Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish
Har   qanday   turdagi   manfaatlar   qarama-qarshiligini   bartaraf   qilish   uchun
kompaniyaning Boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor shaxslari, xodimlari
quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
- qonunchilik,   me’yoriy   hujjatlar,   kompaniya   ustavi   va   ichki   hujjatlari
talablariga amal qilish;
- kompaniyaning   daromadliligini   strategik   va   biznes-rejada   belgilangan
ko‘rsatkichlarga etkazilishini ta’minlash;
-
manfaatlar   qarama-qarshiligini   keltirib   chiqaruvchi   qarorlar   va
harakatlardan cheklanish;
- kompaniyaning samarali boshqarilishini ta’minlash;
- kompaniyaning   jinoiy   faoliyatdan   olingan   daromadni   legallashtirish   va
terrorizmni   moliyalashtirish   kabi   noqonuniy   faoliyatga   kirib   qolishining   oldini
olish;
- kompaniya faoliyati uchun asosiy daromad manbalari bo‘lgan faoliyatning
maksimal daromadlilikka etkazilishini ta’minlash;
- qonunchilik   talablariga   asosan   har   chorakda   kompaniya   kuzatuv
kengashiga hisobotlar berish;
- kompaniya ustavi va ichki hujjatlariga muvofiq ichki nazoratni joriy qilish;
- qonunchilikda   belgilangan   yirik   bitimlar,   alohida   yoki   o‘zaro   bog‘liq
bo‘lgan   birgalikdagi   summasi   belgilangan   miqdordan   oshuvchi   bitimlarni
vakolatidan kelib chiqib kompaniya kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi qarori asosida amalga oshirish;


- nazorat   organlari   tomonidan   barcha   yirik   va   affillangan   shaxslar   bilan
amalga   oshirilgan   bitimlarni   doimiy   o‘rganib   borilishini   ta’minlash   va   nazorat
qilish;
- qonunchilikda belgilangan hollarda va zaruriyat tug‘ilganda kompaniya 
kuzatuv kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda aktivlarning bahosini aniqlash
uchun mustaqil ekspertlarni jalb qilish;
- affillangan shaxslar hisobini yuritish;
- kompaniyaning   vakolatli   organining   oldindan   roziligisiz   affillangan
shaxslar bilan bitimlar tuzmaslik;
- yuqori organ ruxsatisiz boshqa tashkilotlar boshqaruv va nazorat
organlariga kirmaslik (a’zo bo‘lmaslik);
- kompaniyaning   axborot   siyosati   va   qonunchilik   talablariga   muvofiq
kompaniya   faoliyati   to‘g‘risidagi   axborotlarni   o‘z   vaqtida   va   to‘liq   oshkor
qilinishini ta’minlash;
- aksiyadorlarga,   nazorat   qiluvchi   organlarga,   kreditorlarga,   boshqa
manfaatdor taraflarga hamda reklama maqsadida taqdim qilinadigan moliyaviy va
boshqa hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash;
- kompaniyaning   xodimlari   va   mansabdor   shaxslari   tomonidan   ularning
xizmat vazifasini bajarishda ma’lum bo‘lgan kompaniya to‘g‘risidagi axborotlarni
o‘z shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligini ta’minlash;
- ommaviy   axborot   vositalari   va   boshqa   axborot   tarqatish   vositalaridagi
kompaniya   to‘g‘risidagi   salbiy   axborotlarning   haqqoniyligi   va   to‘g‘ri
yondashilganligini nazorat qilib borish. Tarqatiladigan har bir salbiy va noto‘g‘ri
axborotlarni o‘rganib borish va ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish;
- kompaniya ichki nazorat tizimidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf
qilish;
- boshqaruv organlari va nazorat organlari a’zolariga to‘lanadigan
mukofotlarning adekvatligini ta’minlash, ularning miqdorini erishilgan yutuqlar 
natijasiga mutanosibligini ta’minlash;
- professional va korporativ etika tamoyillarini ta’minlash.
Kompaniyaning   Boshqaruv   va   nazorat   organlari,   mansabdor   shaxslar,
xodimlar va mijozlar o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishining
oldini olish va uni boshqarish maqsadida quyidagilar ham amalga oshirilishi shart:
-O‘zbekiston   Respublikasining   “Aksiyadorlik   jamiyatlari   va
aksiyadorlarning   huquqlarini   himoya   qilish   to‘g‘risida”gi   Qonuni,   normativ
hujjatlar, kompaniya ustavi  va ichki hujjatlari talablariga muvofiq minoritar va
majoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash;
-qonunchilik talablariga muvofiq oshkor qilinishi lozim bo‘lgan axborotni
o‘z vaqtida aksiyadorlarga etkazilishini ta’minlash;
-hisoblangan dividendlarni o‘z muddatida to‘lanishini ta’minlash;
-aksiyadorlarga   qarama-qarshiliklarni  tug‘dirishi  mumkin  bo‘lgan  savollar
bo‘yicha asosli axborotlarni taqdim qilish;


-raqobatchi  tashkilotlar aksiyalarini  sotib  olish  bo‘yicha  bitimlar  tuzishda
hamda   boshqa   tashkilotlarning   boshqaruv   organlariga   ishtirok   etish   uchun
kompaniyaning boshqaruv organlari qiziqishi bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash;
-kompaniya   kuzatuv   kengashi   tomonidan   qabul   qilinadigan   qarorlarning
ob’ektiv, betaraf va jamiyat rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligini ta’minlash
maqsadida uning tarkibiga mustaqil nomzodlarni kiritishga intilish.
Kompaniyaning   boshqaruv   va   nazorat   organlari,   mansabdor   shaxslari,
xodimlar   hamda   mijozlar   o‘rtasida   manfaatlarning   qarama-qarshiligi   kelib
chiqishining oldini olish va uni boshqarish maqsadida kompaniyaning boshqaruv
va   nazorat   organlari,   mansabdor   shaxslari,   xodimlar   quyidagilarni   amalga
oshirishlari lozim:
-belgilangan tartibda kompaniya to‘g‘risidagi axborotlarni berib borish;
-tijorat   siri   va   qonunchilik   talablari   asosida   oshkor   qilinmasligi   belgilab
qo‘yilgan axborotlardan foydalanishda ularning sirligini ta’minlash;
-xizmat   ko‘rsatishda   oshkor   qilingan   tariflar   bo‘yicha   va   shartnomada
kelishilgan summada to‘lovlarni undirilishini ta’minlash;
-kompaniya   ishchanlik   obro‘yiga   salbiy   ta’sir   qiluvchi   taraflar   bilan
ishlamaslik;
-o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishda professional va vijdonan yondashish;
-xodimlar   va   mijozlar   tomonidan   oshkora   xatoliklarga   (shu   jumladan
shartnoma   imzolashda,   talabnoma   berishda)   yo‘l   qo‘yilganda   bu   xatodan   o‘z
maqsadi yo‘liga foydalanmaslik va bu xatoni to‘g‘rilashga amaliy yordam berish;
-shartnoma   asosida   taraflarga   xizmat   ko‘rsatish   davomida   tavsiyalar
berishda bu boradagi mavjud axborotlarni vijdonan tahlil qilgan holda tavsiyalar
berish;
-kompaniyaning   faoliyati   davomida   yig‘ilgan   hamda   xizmat   yoki   tijorat
sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar va tajribalar yig‘ilgan qog‘oz, magnit tasma,
elektron yoki boshqa vositalardagi axborotlar tegishli boshqaruv organi ruxsatisiz
nusxa olish, sotish, birovga berish, almashtirish va boshqa shu kabi tarqatilishini
oldini olish tizimini takomillashtirish.
Mansabdor   shaxslar   va   xodimlar   tomonidan   o‘z   xizmat   vazifasini   ijro
etishda   kompaniya   hamda   ular  o‘rtasida   manfaatlarning  qarama-qarshiligi  kelib
chiqishining oldini olish maqsadida ular quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
-biznes etikasi normalari va professional etika tamoyillariga rioya etish;
- shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
- kompaniya bilan raqobatdosh tashkilotlar aksiyalarini sotib olish yoki ustav
kapitaliga ishtirok etishda yuqori boshqaruv va nazorat organini bildirgan holda bu
kabi operatsiyalarni amalga oshirish;
- manfaatlar   qarama-qarshiligini   keltirib   chiqaruvchi   holatlarni   vujudga
kelishidan oldin yuqori boshqaruv organini bu to‘g‘rida o‘z vaqtida ogohlantirish;
- kompaniya bilan tijorat operatsiyalari olib borayotgan yoki olib borishi
rejalashtirilgan mansabdor shaxs, yoki uning oila a’zolarining moliyaviy qiziqishi
mavjud bo‘lgan,yoki affillangan tashkilotlar to‘g‘risida yuqori mansabdor shaxsga
yozma bildirish;


- kompaniya hamda mansabdor shaxs yoki uning oila a’zolarining moliyaviy
qiziqishi mavjud bo‘lgan yoki affillangan tashkilot munosabatlariga bevosita ta’sir
qiluvchi har qanday harakatlar qilishdan cheklanish;
- kompaniya manfaatlari bilan manfaatlari qarama-qarshi bo‘lgan har qanday
tashkilotning   boshqaruv   organi   tarkibiga   kirishidan   oldin   kompaniya   kuzatuv
kengashi roziligini olish;
- boshqa   tashkilotlarga   o‘rindoshlik   asosida   ishlash   hohishi   va   bu   ish
kompaniyaning manfaatlariga zid emasligi to‘g‘risida yuqori mansabdor shaxsni
ogohlantirish.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish